saqlab qolishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday sharoitda iloji boricha ko’proq
harakat qilishadi. Buning asosiy yo’li ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishdir.
Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqilona jihatlarini yaratadi,
xarajatlarni kamaytiradi, talon-toroj va lapashanglikka qarshi kurashadi1.
Xarajatlarni pasaytirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, fan-texnika yangiliklarini
ishlab chiqarishga joriy qilish orqali erishiladi. Xar bir ishlab chiqaruvchining resurslarni
tejashga intilishi, ularni samarali taqsimlanishini ta’minlaydi.
O’zgarayotgan sharoitga yuqori darajada tezda moslashuvchanlik
ham bozorning
ustunligi hisoblanadi.
Bozor mexanizmi yuqori darajada samarali tarzda zarur tovarlar ishlab chiqarishi va
xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Chunki, jamiyat talabiga mos bo’lmagan tovarlar realizatsiya
qilinmaydi. Natijada uning egalari sarflangan xarajatlarini qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar.
Ana shu xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga tezda moslashishga majbur qiladi.
Natijada ana shu ishlab chiqarish tarkibi va hajmi talab asosida shakllanadi va unga
binoan resurslar ham taqsimlanadi.
«Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysundirish,
mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, kon’yunktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish
tutish imkoniyatini beradi»2.
Fan-texnika yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish novatsiyaga moyilligi bozor
iqtisodiyotining yana bir ustunligidir.
Raqobat kurashi natijada bankrot bo’lmaslik, sinmaslik uchun har bir ishlab chiqaruvchi
va xizmat ko’rsatuvchi boshqalarga nisbatan kamroq xarajat qilishga, sifatliroq mahsulot
ishlab
chiqarishga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga intiladi. Bu
maqsadlarga erishishda asosiy rolni fan-texnika yangiliklari o’ynaydi. Shuning uchun bozor
mexanizmi yangiliklar qidirish, ixtirolar qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishga doimiy
amal qiluvchi stimul yaratadi.
«Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini
dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb-mahoratiga munosib baho beradi»3.
Bozor iqtisodiyoti turli-tuman ehtiyojlarni qondirish tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash
imkoniyati kengligi bilan ham ajralib turadi. Bozor iqtisodiyotini yuqorida va boshqa boblarda
sanab o’tilgan belgilari tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi. Bu o’z
navbatida
xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini kengaytiradi. Bozor iqtisodiyotining boshqa boblarda ham
ko’rilgan ijobiy tomonlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Uni umuminsoniy
iqtisodiyotga aylantiradi.
Bozor iqtisodiyoti shubhasiz afzallikka ega, lekin uni har qanday kamchilik va qarama-
qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarash xato, bozor iqtisodiyotini xolisona baholashdan
yiroq. Uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari mavjud:
1.Bozor iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muhofaza qilish,
atrof-muhitni
talab darajasida saqlashni, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga
chiqarmaydi.
2. Ish bilan va narxlar darajasi stabilligini kafolatlamaydi.
3.Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyati cheklanadi. Tezda foyda
keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan tadqiqot, nazariy izlanishlar
rag’batlantirilmaydi.
4.Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin
sarflangan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, katta mablag’lar talab qiladigan, jamoa birgalikda
foydalanadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish rag’batlantirilmaydi.
5.Aholini tabaqalanishini kuchayishiga olib keladi.
6.Narxlar pariteti (qaychisi) sanoat foydasiga hal bo’ladi.
Yuksak rivojlangan bozor iqtisodiyotida ana shu kamchiliklarni
cheklash uchun davlat
tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining buyuk kuchi shundaki, u kishilar mehnat
faoliyati aktivligini uzluksiz tarzda ta’minlaydi. Mavjud resurslardan asrab-avaylab
foydalanishga, novatsiyaga intilishga, har bir ishga qo’l urishdan avval natijasi qanday bo’lishini
puxta o’ylashga, oqilona tavakkalchilikka undaydi. Natijada
Do'stlaringiz bilan baham: