lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini ikki oyda o’rgataman deb, xizmat xaqqini oldi,
lekin
va’dasini ustidan chiqmadi, Ishga yollovchi o’z malakasini o’zi mustaqil oshirgan ishchini ishi
natijasidan bahramand bo’layapti, lekin unga ish xaqqini oshirgani yo’q.
Misollardan ko’rinib turibdiki, bitim shartlari buzulmoqda, yoki ular bitimda aks
etmagan. Ana shu internal effektni vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar
aldanishgani yoki iste’molchilik
huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga xarakat
qilishmaydi? Xamma gap shundaki, buning uchun ham axborot kerak. 100% axborot to’plash
uchun transaktsion
2
xarajatlar juda yuqori bo’lishi mumkin. Olingan naf, ko’rilgan foyda esa bu
xarajatlarni qoplay olmaydi.
Sotib olinayotgan tovarni sifatini oldindan qanday bilishimiz mumkin?
Sifat sertifikatini
oldindan so’rash mumkin. Agar sertifikat noqonuniy yo’l bilan olingan bo’lib, qalbaki bo’lsa-
chi?
Tovarni ishlab chiqargan firmaga telefon qilib yoki xat bilan murojaat qilish, iste’molchi
xuquqini buzgani uchun sudga murojaat qilishi va boshqa yo’llarni tanlash mumkin. Lekin
bunday tadbirlar uchun sarflangan vaqtga olingan natija arzimasligi mumkin, ya’ni vaqt nisbatan
yuqori muqobil qiymatga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun odamlar ko’pincha
aldanishganini bilishsa ham indamay qo’yaqolishadi. Xar birimiz «Olgan puling osh bo’lmasin»
yoki «Egin, ichgin, to’ymagin!» deya noroziligimizni bildirib qo’ya qolamiz.
Shunday qilib, axborot asimmetrikligi tufayli bozor mexanizmini amal qilish printsipi
buziladi. Sababi, narx haqidagi signal real ahvolni ifodalamay qo’yadi,
real vaziyatni
ko’rsatmaydi. Klassik misol tariqasida g’arbda juda ko’p iqtisodiy darsliklarda amerikalik
iqtisodchi Jorj Akerlofning ishlatilgan avtomobillar bozoridagi vaziyatni bayon qiluvchi
«Limonlar bozori» (1970y) nomli maqolasida keltirilgan holat ko’rsatiladi.
Bozorda ishlatilgan, lekin ahvoli yaxshi avtomobillar mavjud. Bunday avtomobillarga
xaridor 6000 doll. to’lashga tayyor. Sotuvchi esa 5000 dollardan yuqori har qanday narxga rozi.
Lekin bozorda boshqa sotuvchilar deffektli avtomobillar – «limonlar» (amerikaliklar
jargonida)ni sotishga xarakat qilishayapti. Ularga xaridorlar 2000 dollardan ortiq pul berishsa
bo’ldi. Xaridorlar esa 3000 dollardan ortiq haq to’lamoqchi emas. Agar
axborot simmetrik tarzda
tarqalganda edi, birinchi guruxlar uchun ham, ikkinchi guruhlar uchun ham bozor, hamda o’z
guruhi uchun bozor bahosi amal qilgan bo’lardi. Xamma gap shundaki, simmetriya yo’q.
Faqat sotuvchigina o’z mashinasi haqida hamma narsani biladi. Xaridor esa hech narsani
bilmaydi. Natijada o’rtacha baho 4500 doll. o’rnatiladi: (6000+3000):2=4500doll. Bunday baho
bilan yaxshi mashina egalari o’z
mashinalarini sotishmaydi, «Limonlar» esa real bahosidan
yuqori narx bilan sotiladi. «Limonlar» bozordan sifatli tovarni siqib chiqarishadi. Bu xolat
iqtisodiy nazariyada
Do'stlaringiz bilan baham: