Bozor tuzilmasi va uning yangi texnologiyalar
rivojlanishiga ta'siri
Reja:
1. Bozorning mohiyati va vazifalari.
2. Bozorning tuzilishi va uning o’z belgilari bo’yicha turlanishi.
3. Bozor infratuzilmasi va uni shakillantirish.
4. Talab va taklif, bozor muvozanati.
1. Bozorning mohiyati va vazifalari.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kate- goriyasi bo'lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo'llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng avvalo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushun- chalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o'tishimiz lozim. Chunki ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil ma'noda tu- shunish, ba'zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qo'llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro'y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o'z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo'ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko'rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya'ni ayirboshlash fazasini o'z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki maz- muniga e'tibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, mazmuni o'zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayir- boshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dast- lab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni de- gan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a'zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo'lgan bo'lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e'lon qilingan shu maydonda Goyda) kishilar oldi-sotdi qilish- gan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko'rinishida, ya'ni bir tova^ga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo'lib, o'z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo'lmagan, birdaniga bir vaqtning o'zida o'sha joyda ayirboshlash sodir bo'lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko'rinishida bo'la boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir bo'lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo'ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor tushun- chasining mazmuni o'zgarib, yangi ma'no kasb etadi, ya'ni tovar- pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo'la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o'ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo'ladigan bo'ldi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruv-chilar bilan iste'molchilarning ko'p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ta'sirini bog'laydigan bo'g'in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o'zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosida ayirboshlash, sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul to'loviga qodir bo'lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqo- batchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o'tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga engil-elpi qarab, uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma'nosini yo'qotgan ta'rifini ko'rsatish hollari uchramoqda. Turli mualliflar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ta'rif berilib, u qizg'in munozara- larga sabab bo'lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to'planib, juft-juft, to'p-to'p, guruh-guruh bo'lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro'z ulashadigan fayzu barakali, sirli dasturxon deb ataydilar.1
Boshqa bir guruh mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarni. ayniqsa sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyiydigan, aldamasa tura olmaydigan mut- tahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib o'nga sota- digan noinsof olib-sotarlar, firibgar vositachilar to'planadigan, kishilarni aldashning turli hiyla-nayranglari ishlatiladigan bir nopokiza makon sifatida ta'riflaydilar.2 Bu ta'riflar ma'lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo'lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o'rnini ochib bera olmaydi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo'lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob'ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuv-chilar va xaridorlar o'rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to'rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlari)dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu-ro'z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda mavjud bo'lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo'li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko'chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib oli- nadi.
Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo'lgan xizmatlar bajariladi. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona o'zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o'ziga kerakli bo'lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor sub'yektlari, ya'ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko'rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar. shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Respublikamizda ishlab chiqarilayot- gan paxta, pilla, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, as- bob-uskuna, o'g'it, urug' va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarn- ing o'z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan to'g'ridan- to'g'ri iste'molchilarga jo'natilishi fikrimizning dalili bo'lib, bozor alohida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish toVri emasligini ko'rsatadi.
Bozoiga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo'lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekviva- lentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko'radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no'noqlik va xo'jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.
Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki xonavayron bo'lish sababini tovarlarni ayirboshlash jarayonida kishilar o'rtasida yuz beradigan munosabatlardan qidirib topish lozim ekan, savdo bo'layotgan joyda, bozor maydonida hech qanaqa sir-asror yo'q ekan. Oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulot- lari do'koni, avtomobilga xizmat ko'rsatish stansiyasi, benzin sotadigan joy, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlar va savdo yarmarkalari, ijtimoiy, xususiy ovqatlanish joylari bu- larning hammasi bozorning odatdagi ko'rinishlari bo'lib, u yerda ham yuqorida aytilgan munosabatlar sodir bo'ladi. Fond biijalari, chet el valyutalari bozori, don biijalari va auksionlar (kim oshdi savdosi) yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo'lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aksiya, obli- gasiya, milliy valyuta va qishloq xo'jalik mahsulotlari orqali bog'lanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasidagi shaxsiy aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular hech qachon bir-birini ko'rmaydi yoki bilmaydi. Shunga mu- vofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo'linadi. Bularning har qanday turidan qat'i nazar, uning ishtirokchilari (sub'yektlari) fuqarolar (uy xo'jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor sub'yektlari ikki gu- ruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo'linib, ular bozor munosa- batlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o'z sub'yektlari manfaatini bir-biriga bog'lab. ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste'molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o'z iste'molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo'lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo'ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo'lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa, kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo'li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo'ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi ro'y beradi. Iste'molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo'lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beru- vchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o'rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab ka- maygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi.
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub'ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi. iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik da- rajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlaming har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jaray- onida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo'llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tart- iblashtiriladi va boshqariladi, turli xil biijalar va boshqa oldi- sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi. raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jibatdan ham turlicha bo'lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Uigut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, Farbiy Evropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub'yektlarning xususiyatiga ko'ra ulguiji va chakana savdo to'g'risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan, sotib oluvchilar - fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do'konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o'rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo'jaliklaridir.
Shuningdek, dehqon bozori savdosi ham muhim o'rin tutadi. Dehqon bozorida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo'jaliklari hamda boshqalar amalga oshiradi.
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorda xo'jalik sub'yektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo'jaliklari), davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste'mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi in- tellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo'lgan tovarlar - ilmiy g'oyalar, texnikaviy yangiliklar, san'at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. In- tellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o'rin tutadi. U amalda patent, lisenziya va nou-xau sotishdan iborat bo'lib, bu bozorda, asosan innova- siya firmalari ish ko'radi. Mazkur firmalar yangiliklarni topish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifati- dagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg'i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko'tarasiga (ulgurji) sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste'molga emas, ishlab chiqarish iste'moliga xizmat qiladi, ya'ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha sub'yektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste'mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to'liq va yorqin namoyon bo'ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning sub'yektlari o'rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko'rgazmali tavsifini keltiramiz.
4-chizma. Iste'mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o'rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.
Chizmadan ko'rinib turibdiki, uy xo'jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalar resurslarni sotib olishga qilgan xarajatlari resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo'jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daro- madlarini sarflash jarayonida son-sanoqsiz ko'p tovar va xiz- matlarga o'zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste'molchilik sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |