1. Lahzalik muvozanat,
odatda ju-da qisqa
vaqt davomida, asosan narx-ni ko’tarilishi hisobiga
yuz beradi. Aytaylik, bozorga baliq olib kelindi,
deylik. Baliqni taklifi o’z-garmagan holda unga
o’sayotgan talab bilan muvozanatga kelishi uchun
narx shu qadar tez o’sadiki, natijada cheklangan
miqdordagi baliq sotib olishni istaganlar o’rtasida
taqsimlanib bo’ladi.
Baliqqa talab baho ko’tarilishi 300 so’mga chiqishi bilan taklif o’zgarmagani holda
muvozanatga keladi. Lekin bu muvozanat juda qisqa muddat davom etadi.
2. Qisqa muddatli muvozanat.
Bunday yuqori narx bozorga qo’shimcha baliq
keltirilishini rag’batlantiradi. Natijada bo-zorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi.
Buning natijasida narx pasayadi.
Qisqa muddatli muvoza-natda u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarishning bor
imkoniyatidan foydalanib, ko’paytiriladi. Narx dara-jasi lahzalik muvozanatga qaraganda
pastroq bo’ladi, lekin unga nisbatan uzoqroq muddat o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |