Narxga yuqoridan tazyiq
o’tkaziladi.
Shunga o’xshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq o’tkazadi. Talab
ko’pligi, taklif qilingan tovar etishmasligi
tufayli narx o’sib boradi.
Agar narx 150 so’m bo’lsa, talab
qilingan, ya’ni xaridor sotib oladigan tovar
miqdori bilan taklif qilingan tovar miqdori teng
bo’ladi. Bu
talab bilan taklifning muvozanati
deyiladi. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori
bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi
narx
muvozanat narxi
deyiladi. Shu narx
bo’lgani holda talab qilingan tovar hajmi
miqdoriy muvozanatni bildiradi.
Talab va taklifning muvozanatini tahlil
qilishda asrimizning yirik iqtisodchisi, Kembrij
maktabi namoyandasi Alfred Marshall (1842—
1924) katta rol o’ynagan. Marshall
muvozanatga vaqt nuqtai nazaridan qarab, uni 3
xil:
lahzalik, qisqa muddatli, uzoq muddatli
muvozanatga
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |