6.Axborot berish.
Qanday tovarni ishlab chiqarish zarurligi bozorda namoyon bo’ladi. U
narx va talab elastikligida ifodalanadi hamda ular ishlab chiqaruvchilarga etkaziladi.
7.Bozor sub’ektlarining manfaatlarini realizatsiya qilish
ham aynan bozor orqali
amalga oshiriladi. U qanday darajada amalga oshishiga ko’ra ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar
tabaqalanishi yuz beradi.
8.Bozor resurslarni tejashga, iqtisod qilishga undaydi.
Bozor qilingan xarajatlarni
naqadar o’rinli ekanligini aniqlaydi. Qilingan xarajatlarni qoplash zarurati harakatlarni
pasaytirishga undaydi. Shuning uchun yangi texnika-texnologiyani qo’llaydi. Mehnatni tashkil
etishning yangi samarali usullarini qidiradi. Xullas xarajatlarni kamaytirishni yangi yo’llarini
topishga harakat qiladi.
Bozorning vazifalari hammasi bir-biri bilan uzviy bog’liq hamda birgalikda amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |