Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
10.2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish 
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini 
amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbaridir.
22
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbariga bo‘ysunadi. 
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar 
asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha 
talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir 
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operatsiyalar 
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya 
hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 
- oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar yildan 
kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, oxirgi o‘n 
kalendar yildan kamida etti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy 
hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka 
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Talablar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya 
hisobi subyektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida 
zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati 
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi 
xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati 
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi. 
Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 
22
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (yangi tahriri) Qonuni, 2016 yil 13 aprel, 12-moddasi 


152 
– bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki 
shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; 
– buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan 
buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik 
birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash; 
–buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart: 
– ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 
– xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; 
– buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini; 
– hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini; 
– tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini; 
– soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini; 
– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini. 
Buxgalteriya hisobini yuritishda aloqador bo‘lgan rahbarlar, buxgalterlar va 
boshqa shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya 
hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak. 
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida 
hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy 
hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur. 
Buxgalteriya apparati, quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: 

material bo‘limi, bu yerda sotib olingan material qiymatliklarni, material 
yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish joylari 
bo‘yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi. Ko‘pam katta bo‘lmagan 
korxonalarning bu bo‘limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va 
tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik korxonalarda bu uchastkaning 
ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo‘lim tashkil etiladi; 

hisoblashish bo‘limi, bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash 
va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi 
fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy 
sug‘urta va ta’minotga ajratmalar bo‘yicha, pensiya fondiga bandlik fondi va 
boshqalar bo‘yicha hisoblashish hisobini olib boradi; 

ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo‘limi, bu bo‘limda barcha turdagi ishlab 
chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
haqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi. 

umumiy bo‘lim, bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga 
olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya 
hisobi tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bo‘lim ajratilib, unda pul mablag‘lari, 
korxona va ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi. 
Buxgalteriya korxonaning barcha ishlab chiqarish bo‘linma (bo‘lim, 
bo‘lim)lari bilan bevosita munosabatda bo‘ladi. U ulardan buxgalteriya hisobini 
yuritish uchun tegishli ma’lumotlar oladi, chunonchi: 

kadrlar bo‘limidan – ishga qabul qilinganligi, ishdan bo‘shatilganligi, 


153 
ta’tilga chiqqanligi, korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilganligi
to‘g‘risida shaxslar ro‘yxati (buyruq)ni oladi; 

omborlardan – tovar – material qiymatliklarini harakati (kirim, chiqim, bir 
joydan ikkinchi joyga o‘tkazilishi) to‘g‘risida hujjatlar oladi; 

bo‘limlardan – ayrim xo‘jalik muomalalari (mahsulotni ishlab chiqarish va 
sh.k.) bo‘yicha hujjatlar, xarajatlar bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti va boshqalarni 
oladi. 

Bosh mexanikdan – asbob - uskunalani harkati va ularni ta’miri to‘g‘risida, 
avtotransportni ishlari va boshqalar to‘g‘risida hujjatlar oladi; 

Reja bo‘limidan – korxonaning barcha faolichti bo‘yicha tasdiqlangan reja 
ko‘rsatkichlari (daromad va xarjatlar smetasi) ni oladi; 

Mehnat va ish haqi bo‘limidan – alohida kategoriya ishlovchilariga haq 
to‘lash va mukofatlash, stavkalar, okladlar, shtatlarni o‘zgarishi to‘g‘risida nizomi. 
Bosh buxgalter buxgalteriya hisobining yuritilishi yuzasidan belgilangan 
qoidalar asosida uni tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi shart: 

buxgalteriya 
ishining 
to‘g‘ri 
tashkil 
etilishi, 
buxgalteriya 
hisobi 
schyot(chet)lar va xujjatlarda operatsiyalarning o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri aks 
ettirilishi; 

qonuniy tarzda mablag‘ va boyliklar but saqlanishini ta’minlash; 

qat’iy hisobdagi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining to‘g‘ri 
yuritilishi; 

buxgalteriya hisobining ilg‘or shakl va usullaridan keng foydalanish; 

kelib tushgan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar 
hisobining to‘liq yuritilishi, shuningdek ular harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning 
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi; 

davlat byudjetiga to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta va pensiya fondiga badallar
boshqa fondlar hamda rezervlarga ajratmalarning to‘g‘ri yozilishi hamda o‘z vaqtida 
o‘tkazilishi; 

kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj 
qilinishi bo‘yicha materiallarni rasmiylashtirish yuzasidan inventarizatsiyalarda 
qatnashish, tegishli hollarda bu materiallar sud va tergov organlariga taqdim etilishini 
nazorat qilish; 

buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘ri tashkil etilishini tekshirish, 
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z 
vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borish; 

buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida korxonaning moliyaviy 
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish (agar bu vazifa bashqa hodimga yuklatilgan 
bo‘lmasa); 

buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o‘rnatilgan tartibda 
rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi. 
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va bo‘limlarning rahbarlari bilan birgalikda 
quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart: 
a) 
tovar-moddiy 
boyliklarning 
qabul 
qilinishi 
va 
topshirilishini 
rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi; 


154 
b) ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri 
belgilanishi, shtatlar, ishlab chiqarish, sotish va ta’minot intizomiga qat’iy rioya 
etilishi; 
c) pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalarni yo‘qlama qilish, 
hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya 
etilishi; 
d) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik 
qarzining qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etish; 
e) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya 
hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishi. 
Bosh buxgalter quyidagi huquklarga ega: 
a) buxgalteriya hisobi ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan 
chora-tadbirlar ko‘rishni korxona rahbaridan talab qilish; 
b) tarkibiy bo‘limalar, uchastkalar va bo‘limlarda tovar-moddiy va boshqa 
boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash hamda sarflash yuzasidan 
belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish; 
c) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish to‘g‘risida 
takliflar berish. 
Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi: 
a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kelgan 
va buxgalteriya hisoboti tuzilganda; 
b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga 
yozish, saqlash va sarflash yuzasidan belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha 
hujjatlar ijroga qabul qilingan hamda rasmiylashtirilgan hollarda; 
c) buxgalteriya aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda; 
d) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya 
balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda; 
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa me’yoriy hujjatlar 
buzilganda. 
Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun korxona rahbari bilan bab-baravar 
javob beradi: 
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va nizomlar 
buzilishi; 
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib 
olmaslik; 
c) choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgalteriya hisobotlarini 
tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish