19-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki
yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar
ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak.
Hujjatlarni saqlash
nomenklaturasi va tartibini ishlab
chiqish
“Buxgalteriya apparati xodimlarining
lavozim yo‘riqnomasi”ni ishlab
chiqish
Buxgalteriya hisobini
tashkil etish tizimi
“Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida
Nizom”ni ishlab chiqish
Hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyasini tuzish
Hujjatlar aylanish grafigini tuzish
Hujjatlarni qiymati va saqlash
muddati bo‘yicha ekspertiza qilish
147
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish
mumkin:
ichki foydalanuvchilar;
tashqi foydalanuvchilar.
Hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati
xodimlari kiradi.
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va
korxona oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga
erishilishiga to‘liq javobgardirlar.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati
korxona moliyaviy rejasini, tuzadi, korxona xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor talabini o‘rgangan holda,
baho belgilash, moliyaviy qo‘yilmalarni yuritish chora-tadbirlarini, bank va bankdan
tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul
qiladi.
Qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida
va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob
ma’lumotlari, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishigacha, natijada korxonani zarar
ko‘rishiga, ba’zi xollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab bo‘lishi
mumkin.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o‘z navbatida
ikki guruhga ajratish mumkin:
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar;
B) bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol tariqasida
keltirish mumkin:
aktsiyadorlar;
kreditorlar;
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar;
soliq nazorati inspektsiyasi;
mehnat birjalari va boshqalar.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan
bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi:
auditorlik firmalari;
moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
qimmatbaho qog‘oz birjalari;
qonunchilik organlari;
huquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari);
matbuot va axborot agentliklari;
savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;
ijtimoiy sug‘urta organlari;
kasaba uyushmalari.
148
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan
foydalanuvchilar uchun tushunarli va oddiy holda yetkazilishi kerak.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish,
buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan
hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish
kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi
uslubiyati» boshqarmasi hisobning barcha turlari bo‘yicha rahbarlikni olib boradi.
Moliya vazirligining ushbu boshqarmasi hisob ishlarini mexanizatsiyalash,
hisob mutaxassislarini tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari
bilan bog‘liq yo‘riqnomalar, nizomlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqib, nashr qildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika
vazirliklari birgalikda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo‘llashga doir yuriqnomalar
ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi, usuliyati
boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib
ularning 24 tasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi.
Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so‘nggi, erishilayotgan iqtisodiy
mustaqilliklar zamirida Jahon bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o‘zaro
munosabatlarda bo‘lish etadi.
Demak, tabiiyki, «iqtisodchilar tili» hisoblanuvchi buxgalteriya hisobini jahon
standartiga moslashtirish zamon talabi bilan yuzaga keldi.
Turli halqaro tashkilotlar barcha davlatlarda buxgalteriya hisobi umumiy
tizimini ta’minlashga xarakat qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari quyidagilardir:
Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK). Ushbu
qo‘mita 1973 yilda 9 davlat Professional buxgalterlari tuzilmasi asosida tashkil
topgan edi. 9 davlat esa, quyidagilar edi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Kanada, Meksika, Niderlandiya, SShA, Frantsiya va Yaponiya.
Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi (BXF) 1997 yilda tashkil topib,
buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK) bilan o‘zaro
hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.
BXF xalqaro andozalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmaydi, balki
buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuvi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, BXF buxgalteriya ishlarini xalqaro
umumlashuviga umumiy yondoshuvlar va yo‘nalishlarin aniqlaydi, shuningdek,
buxgalteriya hisobi bo‘yicha Evropa mutaxassislari federatsiyasi kabi xududiy
maxsus buxgalteriya organlari ishlariga yordam beradi.
Shunga ahamiyat bermoq kerakki, hozirgi davrga kelib, milliy, xududiy
manfaatdorliklar, hamda jug‘rofiy va iqtisodiy xosliklardan kelib chiqib, buxgalteriya
hisobini va hisobotini xalqaro umumlashuviga yagona yondoshuv topilmadi. Bozor
kuchi yordamida buxgalteriya hisobi umumlashuviga erishish tezlashadi degan
umumiy fikrga ega bo‘lindiki, buni quyidagicha izohlash mumkin.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb etish
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga
149
xarakat qiladi va shu yo‘l bilan iqtisodiyotni rivojlanishga zamin tayyorlaydi.
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega
manbaalar quyidagilardir:
qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy
dalolatnomalar;
Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga, hamda vazirliklar
va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida
qabul kilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari.
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi,
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan. Ushbu qonunda
buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida korxona
rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar, hamda
printsip ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solishni to‘rt
darajali tizimi ko‘zda tutilgan.
Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya’ni buxgalteriya standartlari.
Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini
yuritish yuzasidan takliflar, metodik qo‘llanmalar.
To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil etish
yuzasidagi korxonada ishlab chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin.
Xalqaro amalayotda buxgalteriya hisobini tartibga solish to‘rt darajali me’yoriy
tizimini, bizning davlatimizda ko‘rib o‘tamiz.
Birinchi
darajaga,
O‘zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonuni keltirish mumkin.
Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 24 ta standartni misol qilish
mumkin.
Uchinchi darajadagi me’yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi
tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq Nizomlarni, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining 1999, 2003
yillardagi qarorlari bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga
kiritiladigan mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida Nizom» misol bo‘la oladi.
To‘rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya hisobini
tartibga solish bilan bog‘liq hujjatlarni keltirish mumkin.
Buxgalteriya va huquq o‘rtasidagi munosabat unchalik ham katta emas.
Buxgalteriya sistemasi berilgan sotsial – politik normalar asosida xarakterlangan
iqtisodiy tizim va ochiq oydin ko‘rsatib berilgan hududiy qonunlar o‘rtasida ishlaydi.
Qonun insonning tashqi hatti – harakatlarini nazorat qiladi, uning boshqa insonlar
bilan qonuniy munosabatlarini hamda uning huquq va majburiyatlarini aytib turadi.
Yanada aniq qilib aytadigan bo‘lsak, qonunning bajaradigan vazifalari bepoyonki,
jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizning har bir jabhasida tarqalgan. Insoniyat bilan
150
bog‘liq iqtisodiy qiziqishlarga ko‘ra, qonunning nihoyasi yo‘q va boshqa davlatlar
iqtisodiyotida, to‘g‘ri va noto‘g‘ri buxgalteriyaga olib borish zarur.
Buxgalteriyaning bir necha muhim bo‘limlari
21
:
Ixtisoslashishning bu davrida ko‘pgina ilmiy bo‘limlar o‘zaning maqsadlari
bilan ajratilgan aniq intizomga ega bo‘lgan. Shunga mos holda buxgalteriyada ham.
Intilishlar bosqichining maqsadiga ko‘ra, shu tariqa, Buxgalteriyaning asosiy
bo‘limlari quyidagilarga sinflashtiriladi:
Moliyaviy buxgalteriya: Buxgalteriya va Moliyaviy buxgalteriya terminlari
ko‘pincha ajratilib ishlatiladi. Bu, shu bilan birga buxgalteriyaning boshqa maxsus
bo‘limlaridagi bog‘liqliklarda oldindan mulohaza qilinganidek tafovutlar aniq
bo‘ladi. Moliyaviy Buxgalteriya, buxgalteriyaning boshqa bo‘limlaridan eng qadimiy
va etakchilaridandir. Bu shu bilan birga boshqa bo‘limlar uchun xom – ashyo
materiallarni ta’minlovchi hamdir.
Narx buxgalteriyasi: Garchi moliyaviy buxgalteriya narx buxgalteriyasining
etkchisi bo‘lsada, narx buxgalteriyasi va moliyaviy buxgalteriyaning raqobatli
rivojlanishi XX asrning boshida o‘z qadamini qo‘ya boshlagan. Venetsiya
savdogarlarining XIX asrning oxirgi yarmidan buyon buxgalteriya nazorati vositalari
sifatida baho buxgalteriyasidan foydalangani haqida dalillar mavjud. Shunday qilib,
Sanoat inqilobida qaysiki fabrikaviy tizim yaratilganda tizimli baho buxglteriyasi
Angliyaga etib keldi. Baho buxgalteriyasining asosiy urg‘usi narxni aniqlashtirish,
baho analizi, baho nazorati va o‘zaro zid holda moliyaviy buxgalteriya va bu samarali
qarashdir. Baho buxgalteriyasi bir necha turdagi baholash analiz va sintezini
gavdalantiradi misol uchun: mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning umumiy
bahosini aniqlash.
Boshqaruv
buxgalteriyasi.
Boshqaruv
buxgalteriyasining
maxsus
ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limi sifatida rivojlanishi ancha yangi bosqichga
ega. Buning muhimi shunday otadiki, ichki boshqarma ya’ni kundalik qarorlarni
aniqlab beradigan ham sifat ham miqdor ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. Bugungi
murakkab biznes tashkilotlarida boshqaruv buxgalteriyasining muhimliga tayanib
boshqaruv buxgalteriyasi buxgalteriyaning ko‘zi deya tasvirlanadi. Bunday
nomlanishiga bo‘lgan asosiy sabab boshqaruv menejmenti korxonaning ichki
funksiyalarining namoyon bo‘lish yo‘llarini ta’minlab beradi. AQShning NAA
tashkiloti boshqaruv buxgalteriyasini identifikatsiya jarayoni, o‘lchov, jamg‘arish,
analiz, tayyorgarlik, izohlash va moliyaviy ma’lumotlar kommunikatsiyasini
tashkilotda rejalashtirish, baholash va nazorat qilish, resurslar uchun javobgarlik va
muqobil foydalanishni kafolatlaydigan bo‘lim sifatida ta’riflaydi. Boshqaruv
buxgalteriyasi yaqinda kelib chiqishiga qaramasdan, ulkan qadamlarni bosib o‘tti.
Ammo shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki moliyaviy buxgalteriyaga
qiyoslaganda,
asosiy
nazariyalar
va
umumtasdiqlangan
printsplarini
hali
rivojlanishini davom ettirish kerak.
Sotsial buxgalteriya: Buxgalteriya uzoq vaqt davomida sotsial funktsiya
sifatida tanishtirilgan. Ammo sotsial buxgalteriya texnikalarining rivojlanishi bu
21
Accounting theory. M. Com. (Final) Directorate of Distance EducationMaharshi Dayanand University 2004. ROHT
AK – 124 001 (429-434 betlar)
151
hozirgi davrdan 40 yildan ko‘p bo‘lmagan ta’rixiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng
yangi buxgalteriya innovatsiyalaridir. Sotsial buxgalteriya atamasi quyidagicha
ta’riflanadi: «Buxgalterlar tomonidan arizalar va o‘zgarishlar, malaka, texnika,
kelishilgan odob ahloq qoidalari analizi va sotsial muammolarni hal qilish
yechimidir». Bu g‘oyalar ko‘rsatib turibtiki, sotsial buxgalteriya asosan prinsplar,
amaliyot, kelishilgan qoidalarning samarasini oshirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |