Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Buxgalteriya hisobini tashkil etishga



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Buxgalteriya hisobini tashkil etishga 
qo‘yiladigan asosiy talablar 
Hisobot davridagi xo‘jalik 
operatsiyalarini hisobda to‘liq aks 
ettirish
Hisobda joriy xarajatlar va kapital 
qo‘yilmalarni alohida hisobga olish 
Daromadlar va xarajatlarni hisobot 
davrlariga to‘g‘ri olib borish 
Sintetik va analitik hisobning 
tengligi 


156 
operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Bosh buxgalter 
Bosh buxgalter muovini 
Bo‘limlar 
Ta’minot 
jarayoni 
hisobi 
bo‘limi 
Ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
hisobi 
bo‘limi 
Sotish 
jarayoni 
hisobi 
bo‘limi 
Hisob 
moliya 
bo‘limi 
Ish xaqi va 
unga doir 
hisob-
kitoblar 
bo‘limi 
Yig‘ma 
hisob 
bo‘limi 
 
21-rasm. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi 
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning 
alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi 
hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlari 
tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va 
hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni 
tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh 
buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, 
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va 
EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriya 
hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga 
muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi 
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda 
qisman 
markazlashtirilmagan 
buxgalteriya 
hisobi 
tashkil 
etilib, 
tarkibiy 
bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schyotlar 
bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, 
xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda 
yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari 
tuzilmaydi. 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining 
grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi. 
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni 
taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining 
mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar 
individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. 
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan 
qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda xodimning 


157 
ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta, oy, chorak va h.k.) band 
bo‘lishi ta’minlanadi. 
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy 
bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan 
qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi. 
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish 
(inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.) 
muddatlari 
ko‘rsatiladi. 
Unda 
korxona 
bo‘yicha 
butun 
hisob-jarayoni 
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun korxona bosh 
buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, 
ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi qo‘yish 
ko‘zda tutiladi. 
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh 
buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv 
tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar 
mavjudligiga bog‘liq. 
Qoidaga ko‘ra bosh buxgalter lavozimdan bo‘shatilgan vaqtida ishlar yangi 
tayinlangan bosh buxgalterga topshirilishi lozim. Yangidan tayinlanadigan buxgalter 
bo‘lmagan hollarda korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga 
topshiriladi. Bunda buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot ma’lumotlarining 
ishonchliligi tekshirilib dalolatnoma tuzilishi va korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. 
Bizningcha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuzilib, undan 
birinchisi korxonada qoldirilishi va ikkinchi nusxasi ishni topshiruvchiga berilishi 
lozim. 
Hujjatlar aylanish grafigi qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini 
tashkil etishda muhim jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayon xo‘jalikda 
hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa ilova sifatida berilishi kerak va uning 
bajarilishini qat’iy nazorat qilish shart. 
Shuni qayd etish zarurki, turli hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanish rejasida 
ularni taqdim etish va ishlov berishning turlicha tartibi ko‘zda tutiladi. Ayrim 
hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlar uchun ularni oldindan 
guruhlarga ajratmasdan bevosita asos bo‘ladi: asosiy vositalarni kirim qilish va 
hisobdan chiqarish dalolatnomalari, turli buxgalteriya ma’lumotnomalari va shunga 
o‘xshashlar. Bunday holda hujjatlar aylanishi grafigida tegishli hujjatni markaziy 
buxgalteriyaga ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga yozuvlarni yozish 
uchun bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar (ular ko‘p qismni 
tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma hujjatlarda umumlashtiriladi. 
Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va mehnatni hisobga olish bo‘yicha 
hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli jamg‘arma vedomostlarida yoki jurnallarda qayd 
etiladi, moddiy boyliklar harakati ko‘rsatkichlari - moddiy boyliklar harakatlari 
haqidagi hisobotlarda, kassa hujjatlari ma’lumotlari -kassirning hisobotlarida qayd 
etiladi va h.k. Hisob registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma hujjatlar 
asosida olib boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanishi 
rejasida dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli yig‘ma hujjatni 


158 
rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi, Bunda ko‘pchilik hollarda bu 
ishlar xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida emas, balki bo‘linma buxgalteriyasida 
qayd etiladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab chiqishda
xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi. va undan keyin 
amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli manbalar juda kam 
uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish grafigi bilan birga hisob 
ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni tashkil etishda bir qator 
murakkabliklarni bartaraf qiladi. 
Hisob

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish