Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


ishlariii bajarish grafigi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
ishlariii bajarish grafigi
 
hujjatlar aylanishi grafigi bilan uning davomi va 
mantiqan tugallanishi sifatida chambarchas bog‘liqdir. Agar hujjatlar aylanishi 
grafigida hujjatlarning ularni tuzishdan to foydalanilishigacha bo‘lgan harakati qayd 
etilsa, hisob ishlarini bajarish grafigida buxgalteriyada kelib tushgan va ishlov 
berilgan dastlabki hujjatlar asosida bajariladigan hisob ishlarnning ro‘yxati 
ko‘rsatiladi. Bunday grafik o‘z hisob apparatiga ega bo‘lgan har bir tarkibiy 
bo‘linmalarda alohida tuzilishi mumkin, so‘ngra umuman xo‘jalik bo‘yicha yoki 
xo‘jalikdagi barcha hisob ishlari markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘lsa, u holda 
faqat xo‘jalik bo‘yicha tuzilishi mumkin. 
Hisob ishlarini bajarish grafigida: tegishli hisob registrlarining (jurnal-orderlar, 
yordamchi vedomostlar, ishlab chiqarish hisobotlari va shunga o‘xshashlar) nomi va 
nomeri, ularning har biri asoslanib tuziladigan hujjatlar bajarish muddatlari va ularni 
kim tuzishi ko‘rsatiladi. Hisob ishlarini bajarish grafigi shunday tuzilishi kerakki, 
bunda hisob apparati butun oy mobaynida bir tekis yuklama (ish) bilan ta’minlanishi 
kerak. Bu buxgalteriya hisobini ratsional tashkil etishning muhim shartidir. 
Hisob 
ishlarini 
bajarish 
grafigi 
hujjatlar 
aylanishi 
grafigi 
bilan 
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu demak, hujjatlar aylanishi grafigidagi tegishli 
holatlar bo‘yicha yakuniy bosqichlar hisob ishlarini bajarish grafigidagi xuddi shu 
holatlarning boshlang‘ich bosqichlari bilan muvofiq kelishi kerak. Masalan, kassa 
hujjatlari bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasi kassirning hisobotini tuzish bilan uni 
bajaruvchi va bajarishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan holda tugallanadi. Hisob 
ishlarini bajarish grafigida kassirning hisoboti 1- jurnal-orderni tuzish uchun 
dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. Tegishli ravishda ana shu turdagi ishlar 
bo‘yicha ularni bajarish muddatlarining muvofiqligi ta’minlanishi kerak. 
Buxgalteriyada vazifalarni taqsimlash ham hisob ishlarini bajarish rejasi bilan 
bog‘liq. Yuqorida qayd etilgandek hisob ishlarini bajarish rejasi hisob apparatining 
oy davomida bir tekisda ish bilan ta’minlanishini ko‘zda tutishi kerak. 
Buxgalteriyadagi xizmat vazifalarini taqsimlash ham birinchi navbatda ana shundan 
kelib chiqib hal etiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunda boshqa omillar ham: u yoki bu 
ishning muhimligi, bajaruvchilarning malakasi, hisob jarayonining tashkiliy tuzilmasi 
va boshqalar hisobga olinadi. 
Xizmat vazifalarini taqsimlashda eng mas’uliyatli va murakkab ishlar ko‘proq 
malakali xodimlar tomonidan bajarilishi lozimligidan kelib chiqiladi. Masalan, bosh 
buxgalter yoki bosh buxgalter o‘rinbosari odatda kassa va bank hujjatlariga ishlov 
berish va ularni registrlarga yozish ishlarini bajaradilar. Buxgalteriyaning malakali 
xodimi (odatda bosh buxgalter o‘rinbosari) ishlab chiqarishga, ayniqsa 


159 
chorvachilikka qilinadigan xarajatlarning hisobini amalga oshiradi. Tajribali xodim 
moliya hisobini olib borishi kerak. Vazifalar taqsimoti shunday yo‘lga qo‘yilishi 
kerakki, bunda xodimlarning o‘zaro almashtirilishi (bir-birining o‘rnini bosishi) 
ta’minlanishi kerak. 
Buxgalteriya 
hisobini 
yuritish 
shartnoma 
asosida 
markazlashtirilgan 
buxgalteriya, mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta-
maxsus ma’lumotga ega professional buxgalter tomonidan ham yuritilishi mumkin. 
Hisob jarayonini to‘liq markazlashtirish shundan iboratki, bunda butun hisob 
jarayoni markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘ladi. Xo‘jalik bo‘linmalarida faqat 
dastlabki hisob amalga oshiriladi. To‘ldirilgan dastlabki hujjatlar markaziy 
buxgalteriyaga kelib tushadi. Bu erda ular tekshiriladi, ishlanadi, solishtiriladi va 
hisob registrlaridagi barcha yozuvlar amalga oshiriladi. Biroq keyingi yillarda, 
ayniqsa hisobning kampyuterlashtirilishi va boshqaruvning bo‘linma tuzilmasi 
qo‘llanilishi bilan hisob jarayonini bunday tashkil etish tobora keng tarqalib 
bormoqda. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida hisob jarayonini to‘liq markazlashtirmaslik 
nisbatan kam qo‘llaniladi. U shundan iboratki, xo‘jalikning har bir bo‘linmasida 
hisob ishlarining to‘liq davri: dastlabki hujjatlarni to‘ldirishdan boshlab barcha hisob 
registrlarini rasmiylashtirish va balans tuzishgacha bo‘lgan ishlar yuritiladi. 
Xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida bunday holda faqat umumxo‘jalik bo‘yicha 
yig‘ma hisob yuritiladi. 
Qisman markazlashtirilmaganlik eng keng tarqalgan hisoblanadi. Bunday 
holda xo‘jalik bo‘linmalarida xo‘jalik muomalalarini hujjat bilan rasmiylashtirish, 
shuningdek, hujjatlarni va ishlab chiqarish hisobotlarini tuzishgacha guruhlashtirish 
va yig‘ish ishlari yuritiladi. Bu erda, odatda ish haqi (mehnatga haq to‘lash) hisoblab 
yoziladi va to‘lov vedomostlari tuziladi. Bajarilgan muomalalarni hisobi registrlarda 
aks ettirish bo‘linmalardan beriladigan ishlab chiqarish hisobotlarini moddiy 
hisobotlar va boshqa yig‘ma hujjatlar asosida xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida 
amalga oshiriladi. 
Hisob jarayonining bunday tashkiliy tuzilmasi fermer xo‘jaliklari uchun 
xarakterli bo‘lgan. So‘nggi yillarda u agrofirmalarda ancha ko‘p qo‘llanila boshladi. 
Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, hisobni kompyuterlashtirish joriy etilishi bilan, 
shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishning bo‘linma tuzilmasi joriy etilishi bilan 
hisob jarayonini tashkil etishning markazlashtirilgan tamoyiliga asoslangan turi 
tobora ko‘p qo‘llanilmoqda. 
Hisob jarayonining hisob ishlarini to‘liq markazlashtirishga asoslangan 
tashkiliy tuzilmasida markaziy buxgalteriyada xizmat vazifalarni taqsimlash shunday 
tashkil etiladiki, bunda xodimlar ayrim muomalalar: hujjatlarni qabul qilish, 
hujjatlarni ishlash, hujjatlar ma’lumotini, hisob registrlariga yozish va hokazolar 
bo‘yicha ixtisoslashadilar. Bunda har bir xodim bir necha xil o‘zaro bog‘liq schyotlar 
bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarishga 
qilingan xarajatlar hisobi bo‘yicha bitta xodim dastlabki hujjatlarni qabul qilishi va 
ular bilan ishlashi mumkin, boshqasi - undagi ma’lumotlar bilan ishlashi va ishlab 
chiqarish hisobotlarini tuzishi mumkin, uchinchisi - hisob registrlariga yozib borishi 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish vedomosti va daftarlari hamda 


160 
tegishli jurnal-orderlarda aks ettira borishi mumkin. Boshqa variantda esa har bir 
xodimga balans schyoti bo‘yicha hisob ishlarining barcha kompleksi biriktirib 
qo‘yiladi. Masalan, tegishli balans schyoti bo‘yicha ishlab chiqarishga qilingan 
xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha bitta xodim hujjatlarni qabul qiladi, ular bilan 
ishlaydi, dehqonchilik bo‘yicha qilingan xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha 
registrlarga tegishli yozuvlarni yozadi, boshqa xodim chorvachilik bo‘yicha hisob 
ishlari kompleksini, uchinchisi sanoat, yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar 
bo‘yicha hisob ishlarini yuritadi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan variantlarning har biri xo‘jalikdagi aniq sharoit va hisob 
xodimlarining malakasiga qarab qo‘llanilishi mumkin. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish