Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
9.3. Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 
mufofiq 2021 yil 31 yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan 
kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish 
natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etish 
maqsadga muvofiq. 
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, 
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari 
xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditasiyadan 


139 
o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini 
ta'minlasin; 
v) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda: 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand 
iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – 
tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari) «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari 
bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS 
bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin; 
2020 yil 31 dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi 
mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida 
«Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta'lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi 
shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif 
kiritsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi: 
2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta'limi yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha MHXSni 
chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va 
belgilangan tartibda ta'lim jarayoniga joriy etsin; 
2020 yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarining o‘quv 
dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish va 
keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi 
sohaga oid boshqa oliy ta'lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin; 
2021 yil 1 yanvarga qadar «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha 
pedagog kadrlarning akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha 
o‘qitilishini ta'minlasin, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining buxgalterlarni 
xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil 
olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e'lon 
qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin. 
2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi 
o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro 
tashkilotning akkreditasiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari lisenziyalanadigan faoliyat 
turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya 
qilish sharti bilan, tegishli lisenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va 
malaka oshirish yuzasidan lisenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga 
egadir; 
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalarida 
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida 
«MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot» yoki «AXS bo‘yicha audit» fanini 
muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter 
sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi; 
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta'lim muassasalari 
magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish 
imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan 


140 
birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va 
uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini 
ishlab chiqsin. 
2020 — 2025 yillar davomida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida 
MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy 
hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va 
boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda 
o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston 
Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun 
ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 
a)
oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari («Buxgalteriya hisobi» va 
«Audit» fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti 
oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini 
muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan 
o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga 
qoplab beriladi; 
b) oliy ta'lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha 
pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy 
ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar 
qoplab beriladi: 
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda; 
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — 
ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, 
ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli 
topshirgan taqdirda; 
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — 
ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli 
topshirgan taqdirda. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish 
xarajatlarini, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va 
«Audit» fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni 
tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki 
ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash 
bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqsin. 
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar 
toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda xodimlarning MHXS bo‘yicha o‘qish va malaka 
oshirish xarajatlarini ish beruvchi tomonidan kafolatli qoplanishi mexanizmini joriy 
etish. 
2020 yildan boshlab 
Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar 
toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar 


141 
2. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar 
toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda MHXSning amaliy qo‘llanilishi natijalarini har 
yili o‘rganish va aniqlangan muammolarni tahlil qilish. 
3. Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari va davlat organlari xodimlarini 
MHXS bo‘yicha o‘qitish ehtiyojlarini aniqlash. 
4. Oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy 
ta'lim muassasasini tugatgandan so‘ng olti oy davomida) va davlat organlari 
xodimlarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida o‘qitish va imtihonlarni 
topshirish bo‘yicha xarajatlarini respublika byudjeti va qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan 
qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi vaqtinchalik tartibini tasdiqlash.Buxgalter 
sertifikati - buxgalteriya hisobi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun 
buxgalterning professional malakasini tasdiqlaydigan hujjat (bundan keyin - 
sertifikat). 
1. Oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini akkreditasiyadan o‘tkazish 
masalalari bo‘yicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan 
muzokaralar o‘tkazish. 
2020 yildan boshlab 
2. Oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirokida o‘quv dasturlarini 
akkreditasiyadan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bog‘liq 
masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish. 
3. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha tajriba-sinov 
oliy ta'lim muassasalari va akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 
4. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-
tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy ta'lim muassasalari hamda Oliy 
va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining mas'ul xodimlarini belgilash. 
5. «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari o‘quv dasturlari mazmunini 
monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qo‘llash bo‘yicha 
ommabop o‘quv va amaliy materiallarni ko‘paytirish.Buxgalterlarni sertifikatlash 
ikki darajadan iborat: 
1-daraja – “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” – “Milliy qonun hujjatlari 
bo‘yicha buxgalteriya hisobi” va “Soliq solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar 
muvaffaqiyatli topshirilganda Nizomga 1-ilovaga
20
binoan shaklda beriladi. 
2-daraja – “Sertifikatlangan professional buxgalter” - 1-darajali sertifikat 
mavjud bo‘lganda va “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi” va 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar 
muvaffaqiyatli topshirilganda yoki barcha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda 1-
darajali sertifikat mavjud bo‘lmaganda Nizomga 2-ilovaga
1
binoan shaklda beriladi. 
Sertifikat egasi respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi, respublika buxgalterlar va auditorlar jamoat 
birlashmalarining Buxgalterlar odob-ahloq kodeksiga rioya etishi va sertifikat olingan 
20
“O‘zbekiston buxgalterlarini sertifikatlash to‘g‘risida” Nizom "Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi" MChJ 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi majlisining 2015 yil 21 noyabrdagi 3-son bayonnoma qarori bilan tasdiqlangan 


142 
yildan keyingi yildan boshlab har yili mazkur Nizom bilan belgilangan dastur 
bo‘yicha malaka oshirish kursini o‘tishi shart. 
Imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish respublika buxgalterlar va auditorlar 
professional jamoat tashkilotlari ta’sis etadigan mustaqil Imtihon markazi tomonidan 
shartnomaviy shartlarda amalga oshiriladi. Imtihonlarni o‘tkazish jadvali va 
qiymatini har yili respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmalari tasdiqlaydi. 
«Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter» sertifikatini olishga da’vogar quyidagi 
malaka talablariga javob berishi kerak: 
1) o‘rta yoki oliy ma’lumot, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasasida olingan va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq 
e’tirof etilgan ma’lumotning mavjudligi; 
2) ta’lim muassasasini bitirgandan keyin buxgalteriya hisobi, audit, soliq 
maslahati, soliq nazorati sohalarida yoki ushbu sohalarda dars berish bobida uni 
bitirgandan keyingi besh yilning kamida bir yili mobaynida amaliy ish (shu jumladan 
o‘rindoshlik bo‘yicha) stajining mavjudligi;
3) «Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi» va «Soliq solish» 
fanlariga doir imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish (basharti birinchi va oxirgi 
imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa); 
4) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan 
biriga a’zo bo‘lish. 
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olishga da’vogar quyidagi 
malaka talablariga javob berishi kerak: 
1) Oliy iqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi 
oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning 
mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati 
sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini 
bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida ikki yili davomida amaliy ish stajiga (shu 
jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; 
yoki oliy noiqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi 
oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning 
mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati 
sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini 
bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida uch yili davomida amaliy ish stajiga (shu 
jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; 
2) basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi 
bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi”, 
“Soliq solish”, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni 
muvaffaqiyatli topshirish. “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” sertifikati mavjud 
bo‘lganda, basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi 
bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni 


143 
muvaffaqiyatli topshirish; 
3) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlaridan 
biriga a’zo bo‘lish. 
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olish uchun, basharti 
imtihonlarni topshirish paytidan boshlab ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS 
bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Soliq solish”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik 
faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha CIPA dasturi (basharti imtihonlar 
2014 yil martga qadar, mart ham kiradi, topshirilgan bo‘lsa) yoki “MHXS bo‘yicha 
moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi” fanlari bo‘yicha boshqa xalqaro e’tirof 
etilgan sertifikatsiya dasturlari (ASA, ASSA, CPA, SGA, CIMA va boshqalar) 
bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat, e’tirof etiladi. 
Sertifikat olish uchun da’vogar respublika buxgalterlar va auditorlar professional 
jamoat birlashmalaridan biriga ariza taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlar ilova 
qilinadi: 
a) belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa; 
b) pasport nusxasi; 
c) notarial yoki uni bergan ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot 
to‘g‘risidagi diplom nusxasi; 
d) notarial yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan 
ko‘chirma yoki nusxa (o‘rindoshlik bo‘yicha ish staji mavjud bo‘lganda bu haqda 
mehnat daftarchasidagi yozuv bilan); 
e) ikki fotosurat (3 x 4 o‘lchamli); 
f) tegishli imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki 
(tegishli imtihonlar hisobga olinganda) auditorning malaka sertifikatining notarial 
yoki sertifikat bergan tashkilot tasdiqlagan nusxasi, buxgalter xalqaro sertifikati 
nusxasi; 
j) hujjatni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmasi tasdiqlagan a’zolikni tasdiqlaydigan hujjat nusxasi. 
Auditor malaka sertifikati yoki buxgalter xalqaro sertifikati tegishli sertifikat 
olingan yoki uzaytirilgan yildan keyingi yildan boshlab malakaning har yili 
oshirilishi tasdiqlaydigan guvohnoma mavjud bo‘lganda hisobga qabul qilinadi. 
Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki olinganligi to‘g‘risidagi 
bildiruvnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etiladi. 
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalarida 
arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrda belgilangan tartibda ip o‘tkazib tikilgan va 
raqamlangan, vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan kitobda amalga 
oshiriladi, parallel ravishda reestr mundarijasi elektron ifodalovchida aks ettiriladi. 
“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” yoki “Sertifikatlangan professional 
buxgalter” sertifikatlarining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos 
hisoblanadi: 
a) sertifikat egasining arizasi; 
b) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasidagi 
a’zolikni tugatish; 
c) har yilgi buxgalterlar malakasini oshirish kurslarida uch yil mobaynida 
o‘qimaslik; 


144 
d) Buxgalterlar odob-ahloq kodeksini buzish. 
Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidan 
boshlab tugatiladi.
Sertifikatlar quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
a) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining 
sertifikat berish to‘g‘risida qarori noqonuniyligi; 
b) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sertifikat olish dalili; 
c) da’vogar tomonidan o‘n ikki oy mobaynida sertifikat olinmaganligi. 
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining 
sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori asoslangan 
bo‘lishi, Imtihon markazi ushbu qaror haqida xabardor qilinishi va mazkur qaror 
respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining veb-
saytlarida e’lon qilinishi kerak.
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror besh 
kun (ish kuni) ichida sertifikat egasiga yuboriladi.
Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish 
to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida sertifikatning asli 
uni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasiga 
yo‘q qilish uchun qaytariladi.
Sertifikatlarining amal qilishi yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun tugatilgan 
yoki bekor qilingan jismoniy shaxslar uning amal qilishi tugatilgan yoki bekor 
qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida sertifikatlarni takror olish uchun imtihon 
topshirish va ariza berishga qo‘yilmaydi.
Faoliyati maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan qasamyod qilgan 
buxgalterlardan tashqari, ushbu hamjamiyatga byudjet tashkilotlarining boshqaruv 
buxgalterlari, ichki auditorlari va buxgalterlari ham kiradilar. Ular ham tegishincha 
Boshqaruv buxgalterlari institutining (SMA) va Ichki auditorlar institutining (IIA) 
kasbiy sertifikatsiyasidan o‘tadilar. 
Shu tariqa, buxgalter (accountant) oliy ma’lumotdan tashqari, sertifikat yoki 
litsenziyaga ega bo‘lgan va qonun hujjatlarining uning kasbi uchun belgilangan 
talablarini bajaruvchi mutaxassisdir. Uning kasbiy maqomi muayyan jihatlarda 
advokat yoki shifokorning maqomiga o‘xshash. To‘g‘ri, kapitalni ochiq moliya 
bozorida jalb etmaydigan kichik kompaniyalar yoki yopiq korporatsiyalar moliyaviy 
hisobot tuzish uchun qasamyod qilgan buxgalterlarni shtatga qabul qilishga majbur 
emaslar. Biroq ularning ko‘pchiligi buxgalterlik firmalarining xizmatlaridan 
foydalanadilar, ular, moliyaviy hisobot auditidan tashqari, buxgalteriya hisobini 
yuritish va soliq deklaratsiyalarini tuzish xizmatlarini ko‘rsatadilar. 
Qo‘shma Shtatlardagi buxgalterlarning asosiy qismi, ularning umumiy soni, 
AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda qariyb 1,3 
mln kishini tashkil qilgan, buxgalterlik firmalarida band bo‘lib, ular buxgalterlarning 
professional tarmoq tashkilotlariga birlashishlari mumkin. Bunday firma mustaqil 
yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining majburiyatlari bo‘yicha mustaqil javobgar 
bo‘ladi.
Biroq buxgalterlar professional tarmoq tashkilotlarining barcha a’zolari umumiy 
brend ostida birlashganlar va yagona sifat standartlarini qo‘llaydilar. Kichik 


145 
firmalarning ko‘pchiligi buxgalteriya hisobini yuritish, soliq deklaratsiyalarini, biznes 
rejalarini tuzish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadi. Aktsiyalari fond birjalari 
listingida qayd etiladigan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining auditorlik 
tekshiruvlari Katta to‘rtlik (Deloitte, PWC, Ernst & Young, KPMG) professional 
buxgalterlik tarmoq tashkilotlarining amaldagi monopoliyasidir. 2013 yilgi ularning 
hisobotlari ma’lumotlariga ko‘ra ular ichida eng yirigi Deloitte hisoblanadi. Ushbu 
tarmoq kompaniyalarining jami tushumi 32,4 mlrd AQSh dollarini, ishlovchilari soni 
200 ming kishini tashkil etadi. Katta to‘rtlikda ommaviy kompaniyalarning auditorlik 
tekshiruvlarini o‘tkazishga rasman monopoliya yo‘q. Biroq SECning moliyaviy 
hisobotlar sifati va ochib berishga doir talablari shunchalik yuqoriki, bunday 
kompaniyalarning auditorlik tekshiruvini faqat Katta to‘rtlik kompaniyalari uddalay 
oladi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta to‘rtlikka o‘xshash buxgalterlarning tarmoq 
tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi borasida AQSh tajribasidan 
nusxa ko‘chirishdan ma’no bo‘lmasa kerak. Biroq bosh buxgalterlarni tayyorlash va 
sertifikatlashtirish tajribasini o‘zlashtirish mumkin. Ushbu yo‘nalishda dastlabki 
qadamlar qo‘yilmoqda – buxgalterlarni milliy sertifikatlash rejalashtirilyapti. 
Fikrimizcha, «auditor» va «qasamyod qilgan buxgalter» tushunchalarini birlashtirish 
hamda Qo‘shma Shtatlarda amal qilayotganiga o‘xshash O‘zbekiston qasamyod 
qilgan buxgalterlar institutini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Auditorlarga 
qo‘yiladigan malaka talablari qasamyod qilgan buxgalterlarga qo‘yiladigan talablarga 
o‘xshash bo‘lishi kerak.
Xususan, qasamyod qilgan buxgalterga kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 
zarur litsenziyasi bo‘lgan auditorlik kompaniyalari tarkibida auditorlik tekshiruvlarini 
o‘tkazish imkoniyatini berish kerak. O‘zbekiston qasamyod qilgan buxgalterlar 
instituti professional sertifikatsiyani o‘tkazishi va malaka imtihonlarini tashkil etishi, 
buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa professional standartlarni ishlab 
chiqishi mumkin. Bunda u davlat unitar korxonasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda faqat qasamyod qilgan 
buxgalterlar bosh buxgalter bo‘lishi maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Bu, bir tomondan, 
bosh buxgalterlarning korxonalar ijro menejmentidan mustaqilligini oshiradi, boshqa 
tomondan esa, hisobning ochiq-oshkoraligini belgilashdagi motivatsiyani oshiradi, 
firibgarlik va xatolar uchun javobgarlikni kuchaytiradi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish