Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Kassa muomalalarini hisobga olish



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

11.2. Kassa muomalalarini hisobga olish 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq 
bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan 
kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va 
yuritiladi.
Kassa operasiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan 
operasiyalarni majmuasidir.
24
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish 
maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga 
oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi. 
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga 
oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan 
shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi. 
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan 
metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan 
qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni 
kassada saqlash taqiqlanadi. 
Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun 
to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida 
buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni Qoidalar bilan tanishtiradi va 
u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi. 
Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi 
taqiqlanadi. 
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan hollarda 
unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa 
xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs 
tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari 
tomonidan imzolanadi. 
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul 
mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt 
kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-
kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan 
bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart. 
Korxona kassasiga naqd pullar: 

bank kassasidan - bank cheki asosida; 

aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish natijasida olingan naqd 
24
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 66 p. 


166 
pul tushumi shaklida; 

korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi 
mumkin. 
Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona: 

fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi; 

xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek berishi 
shart. 
O‘zbekiston Respublikasida faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida 
foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining 
davlat reestriga kiritiligan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday 
apparat “O‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan 
sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan 
NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi 
avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan o‘tkazish 
kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday – yangi yoki ishlatilgan – NKMni 
qo‘llashni boshlashdan avval uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq 
organida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish kerak. KM 
savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar 
savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shaxobchasi jihozlanishi kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning 
ishonchliligini 
tekshiradilar, 
mazkur 
NKMning 
fiskal 
xotirasiga 
kirishni 
kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi uchun shaxsan 
korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha kundalik 
hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari 
bilan chalkashtirmaslik kerak) albatta to‘ldirish shart.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1)
 
bilan 
amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga 
oid kvitantsiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh 
buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. 
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga 
oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari 
yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini; 
• hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; 
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart. 
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan 
tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi. 
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi 
tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlariniqayd etish daftari”da va “Kassa 
chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga 
doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u to‘langanidan 
so‘ng ro‘yxatga olinadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari 
(KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov 


167 
vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan 
beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi 
lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt 
rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzosi bo‘lishi 
kerak. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish