Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
3.4. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini
o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik 
yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. 
Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi 
buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning 
mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga 


52 
ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos 
bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni 
o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya 
balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni 
undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga 
qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy 
xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi 
rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi 
shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar 
ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar 
summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli 
aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot talab 
qilmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz 
mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq 
muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi 
tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir 
ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag‘larining 
mavjudligini ko‘rsatadi. Bu mablag‘lar va zahiralar hamda xarajatlarni 
shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining summasi kapital va 
rezervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi bo‘limi), hamda uzoq muddatli 
kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli aktivlarni 
(aktivning birinchi bo‘limi) chegirib tashlagan holda. 
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning 
umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi 
oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z 
mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik 
yurituvchi subyekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans 
passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi normal holat 
deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi 
va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari 
o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa 
muddatli qo‘yilmalarni qoplash manbalari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil 
fondlar va rezerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma’lum 
cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan 
foydalanuvchilarga, eng avvalo mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida 
zarur axborotlarni taqdim etadi. 


53 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish