50
taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi
bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz
qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga
bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini
boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi
ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar
(vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik
mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni
korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, korxonaning avtotransport va
turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir.
“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib
olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”,
“tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil
ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va
shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv
schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni
tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan
ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi.
Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”,
“savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib
tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa kontr-passiv schyotlar
qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aktsiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan
bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan chegirib
tashlanadi.
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari
quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: