Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-jadval  Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

8-jadval 
Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi 
№ 
Schyotlar turkumlanishi 
xususiyatlari 
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda 
schyotlar tarkibi 
1. 
Schyotlarning tuzilishiga 
ko‘ra 
Doimiy schyotlar 
Aktiv (A) 
Passiv (P) 
Vaqtinchalik 
schyotlar 
Tranzit schyotlar (T) 
Balansdan tashqari schyotlar (BT) 
2. 
Ko‘rsatkichlarni aks 
ettirilishiga ko‘ra 
Sintetik schyotlar 
Analitik schyotlar 
3. 
Balansda aks ettirilishiga 
ko‘ra 
Balans schyotlari 
Balansdan tashqari schyotlar (BT) 
4. 
Tayinlanish– mo‘ljaliga 
ko‘ra 
Asosiy schyotlar 
Aktiv schyot (A) 
Passiv schyot (P) 
Tartibga soluvchi 
schyotlar 
Kontr-aktiv (KA) 
Kontr-passiv (KP) 
To‘ldiruvchi schyotlar 
Taqsimlovchi 
schyotlar 
Yig‘ib taqsimlovchi 
Hisobot davrlari bo‘yicha 
taqsimlovchi 
Kalkulyatsiya schyotlari 
Taqqoslovchi schyotlar 
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya 
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, 
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa 
kredit bo‘yicha aks ettiriladi. 
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan 
schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining 
krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi. 
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning 
saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi 
schyotdir. 


56 
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning 
saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof 
qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. 
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga 
qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. 
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular 
bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. 
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin 
vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar 
va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu 
schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks 
ettirilmaydi. 
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va 
qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan. 
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini 
nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga 
mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga 
oshirilmaydi. 
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan 
foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari 
hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. 
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari 
hisobini yuritishga 
mo‘ljallangan schyot 
ma’lumotlarini to‘ldirish uchun 
mo‘ljallangan. 
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini 
hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri 
taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi 
xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga 
qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul 
qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. 
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, 
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini 
yuritishga mo‘ljallangan. 
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning 
xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa 
schyotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin: 


57 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish