Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik 
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik 
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab qilinadi. 
Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning uchun bu 
maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 
hamda nazorat qilish usulidir. 
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki 
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy 
o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi 
aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish mumkin 
bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval 
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu 
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” 
va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida 
kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob 
hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan 
ma’noni bildiradi.
Debet
“Schyot nomi yoki raqami”
Kredit
7-rasm. Schyotning tashqi ko‘rinishi 
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda 
oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari 


55 
buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu 
ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo 
bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi 
o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan 
summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarni kredit oborot deb 
ataladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga 
oshirilgan xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni 
soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat 
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish