Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-jadval  Aktsiyalarni nominal qiymatdan past bahoda sotib olishni aks ettirish



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

52-jadval 
Aktsiyalarni nominal qiymatdan past bahoda sotib olishni aks ettirish 

Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni
Summa, 
ming so‘m
Debet
Kredit
1 Aktsiyalar sotib olinishi
18 000 
0610 
5110 
2 Har oyda 15 oy davomida aktsiyalarning sotib olish 
narxi va nominal qiymat o‘rtasidagi farqni qismlari 
teng ravishda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi (2 
000 / 15) 
133.333 
0610 
9590 
Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish paytiga kelib ularning 0610-“Qimmatli 
qog‘ozlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan bahosi nominal qiymatiga mos kelishi 
kerak. 
Qimmatli qog‘ozlar haq evaziga sotilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni sotish 
chog‘ida olingan tushum va balans qiymati o‘rtasidagi farq (amalga oshirilgan 
xarajatlar chegirib tashlangan holda) daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
53-jadval
Qimmatli qog‘ozlarni sotishni aks ettirish
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni
Debet
Kredit
Qimmatli qog‘ozlarni haq evaziga sotish chog‘ida 
ularning qiymati hisobdan chiqarildi
9220 
0610 
Xaridorlarga qimmatli qog‘ozlar sotilganda 
ularning qarzi aks ettirildi
4010 
9220 
Qimmatli qog‘ozlar sotilganda xarajatlar hisobdan 
chiqarildi
9220 
Xarajatlarni hisobga 
oluvchi schyotlar 
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan daromad 
aks ettirildi
9220 
9590 
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan ko‘rilgan zarar
9690 
9220 
0620 – “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 — “Qaram 
birlashmalarga investitsiyalar”, 0640 – “Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar” 
schyotlarida mos ravishda sho‘’ba, qaram va qo‘shma korxonalarga 
investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi. 
Xo‘jalik jamiyati shuba xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi, agar boshqa bir 
xo‘jalik jamiyati yoki shirkati quyidagilar tufayli xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa: 
- ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etish; 
- ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (masalan, boshqa jamiyat yoki shirkat 
kompaniyaning boshqaruvchisi sifatida chiqqanda ushbu jamiyatning ishlarini 
boshqarish to‘g‘risida) muvofiq; 
- boshqa imkoniyatlar (masalan, ushbu jamiyatni boshqarish organlariga 
bunday ta’sir ko‘rsatishning haqiqiy imkoni tufayli) (O‘zR FKning 67-moddasi). 
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga 
qarashli ovoz beradigan aktsiyalar (ustav kapitali)ning 20 foizidan ko‘prog‘iga ega 


261 
bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi (O‘zR FKning 68-
moddasi). 
Ustunlikka ega jamiyat asosiy jamiyat sho‘’ba jamiyatiga nisbatan ega bo‘lgan 
huquqlarga ega emas. Uning imkoniyatlari shu bilan belgilanadiki, u aktsiyalar 
paketining sezilarli qismining egasi hamda tegishli ovozlar soniga ega, qaram 
jamiyatning qaror qabul qilishiga ta’sir etishi mumkin, lekin unga majburiy 
ko‘rsatmalar berish huquqiga ega emas. Shuning uchun O‘zR Fuqarolik kodeksida 
belgilinishicha, bunday munosabatlar sho‘’ba va asosiy jamiyatlar (shirkatlar) bilan 
bo‘lganidek, o‘zaro yoki qo‘shimcha javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Biroq 
aktsiyadorlik jamiyatining ovoz beradigan aktsiyalarining 20 foizidan ortig‘ini yoki 
mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘ini qo‘lga kiritgan 
xo‘jalik jamiyati (aktsiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat) bu haqdagi 
ma’lumotlarni belgilangan tartibda darhol e’lon qilishi shart. 
0690 – “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda moliyaviy 
daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologiya 
tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi. 
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona 
tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini ifodalaydm. Debet 
tomonmdagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini, 
investitsiya uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar 
hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog‘ozlar 
qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi. 
Misol. Korxona tomonidan 540000 so‘mga aktsiyalar sotildi. Sotilgan 
qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati 500000 so‘mni tashkil qiladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish