Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-jadval  Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

54-jadval 
Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish 
№ 
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni 
Summa Debet 
Kredit 
1 Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan 
daromad aks ettirildi 
540000 
4010 
9220 
2 Sotilgan qimmatli qog‘ozlarning balans 
qiymati hisobdan chiqarildi 
500000 
9220 
0610 
3 Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan moliyaviy 
natija aks ettirildi 
40000 
9220 
9320 
 
14.4. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi 
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli 
(bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat qarzlarining 
foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi 
va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga 
oshiriladi: 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar”; 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”; 
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”. 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli 
obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli 


262 
investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. 
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotiga 
sotib olish qiymatida kirim qilinadi. 
Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga 
oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki boshqa 
qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa 
qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi. 
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olish 
bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati 
o‘rtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qo‘shimcha hisoblanishi kerakki, 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning bahosi 
ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq bo‘lishi lozim. Sotib olish va 
nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha bo‘lgan davrda 5810 
“Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debeti (qo‘shimcha hisoblash)da yoki krediti 
(hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 
9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bog‘langan 
holda aks ettiriladi. 
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarning qoplanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning 
debeti va 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida korxonaning boshqa 
korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga 
olinadi. 
Berilgan qarzlar 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida 
pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Qarzlarning qaytarilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida korxonalarning bank va boshqa 
omonatlarga so‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining harakati hisobga 
olinadi. 
Omonatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi korxonalarda 5890 “Boshqa joriy 
investitsiyalar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar 
bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi 
qaytarilganda korxonada teskari yozuv amalga oshiriladi. 
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) bo‘yicha 
analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo‘yilmalar amalga 
oshirilgan obyektlar (qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va 
hokazolar) bo‘yicha yuritiladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish