265
faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan
quyiladigan dividendlarni to‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba
jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash
tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati
natijalariga bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi,
zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda aks
ettiriladi: uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat
balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar
qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul
mablaglari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”
Kredit 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar hisoblanganidan
so‘ng 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”
Kredit 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Zarar ko‘rilganda:
Debet 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”.
To‘lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi
yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag‘larni
jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 – “Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520 – “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
Debet 5530–“Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
Kredit 4840 – “Olinadigan dividendlar”.
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus hisobvaraqdagi
mablag‘larni o‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo‘naltirganda, jamlangan
summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varag‘iga kapitallashuv summasi
miqdorida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: