Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


№  Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

№ 
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni 
Summa, 
ming so‘m 
Debet Kredit 
1 Pudrat tashkilotiga materiallar sotildi 
3600 4010 
9220 
2 Berilgan materiallar bo‘yicha QQS hisoblandi 
600 9220 
6410 
3 Materiallar hisobdan chiqarildi 
3000 9220 
1050 
4 Pudrat tashkiloti oldida tsex qurilishi bo‘yicha 
qarz aks ettirildi 
36000 0810 
6010 
5 Pudrat tashkiloti xizmatlariga haq to‘landi 
36000 6010 
5110 
6 Tsexning foydalanishga topshirildi 
36000 0120 
0810 
Buxgalteriya hisobida obyektlar qurilishi bo‘yicha xarajatlar smeta hujjatlarida 
belgilangan xarajatlarning texnologik strukturasi bo‘yicha guruhlanadi 18-son 
“Kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish” nomli hamda 18/1-
sonli “Tugallangan kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar” nomli 
qaydnomalarda yuritiladi. 
0840-“Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga o‘tkaziladigan 
xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; 
asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi mahsuldor va ishchi hayvonlarning 
qiymati shuningdek, ularniyetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar; boshqa 
korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikkayetkazib berish 
bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi. 
Asosiy podani shakllantirishga sarflangan kapital xarajatlarni hisobga olish 
quyidagi ikkita usul bilan amalga oshiriladi:

o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish opqali; 

ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish opqali. 
Ish kuchi sifatida foydalaniladigan mollar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va 
boshqa ish hayvonlari (shu jumladan aravada yuk tashishlarda foydalaniladigan 
hayvonlar), shuningdek mahsulot beradigan mollar (yosh mollar, sut, jun va hokazo) 
- sigiplar, qo‘toslar, nasldor biyalar (ish kuchi hisoblanmaydi), sovliqlar va boshqa 
mollar buxgalteriya hisobida qishloq xo‘jaligi tashkilotining asosiy podadagi 
hayvonlari hisoblanadi. Asosiy podadagi hayvonlar asosiy vositalar tarkibida ish 
hayvonlari va mahsuldor mollar sifatida hisobga olinadi. 


270 
Balans qiymatini e’tirof etish payti, baholash va ularga nisbatan qo‘llaniladigan 
amortizatsiyani hisoblash usullarini aniqlash, shuningdek hayvonlarning asosiy 
podadan ish hayvonlari va mahsuldor mollar tarzida chiqib ketishidan balans qiymati 
o‘zgarishlari va moliyaviy natijalarni belgilash hamda hisobga olish “Asosiy 
vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS)ga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha 
baholanadi. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning 
barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan 
balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish vaqtigacha 
bo‘lgan davpda ortgan vazni yoki o‘sgan vaznining peja tannarxini qo‘shgan holda, 
hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida, yosh hayvonlarni asosiy podaga 
o‘tkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 
“Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kpeditlanadi. Yil oxirida hisobot 
kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning 
ko‘rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o‘ptasidagi farq 1110 “O‘stirishdagi 
hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, bir vaqtning 
o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170 “Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi. 
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning 
qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uniyetkazib berish 
xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinadi. 
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar 
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. 
Keltirilgan jadvalga asoslanib, qishloq xo‘jaligida asosiy podani 
shakllantirishga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va ularni tannarx 
aniqlash jarayoni ahamiyatini yopitish mumkin.
Katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish kirim 
dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Unda hayvonlarni sotib 
olish va keltirish xarajatlari asosida haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish