Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Qimmatli qog‘ozlar
- hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan 
yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz 
munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda 
ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish 
imkoniyatini nazarda tutadi.
50
Investitsiya jarayonining barcha subyektlari chet ellik investorlardan boshlab, 
davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va 
norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. 
12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya hisobining 
milliy standartiga asosan qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor qiymatlariga ega.
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan 
xaridor bilan xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv 
almashtiriladigan miqdor. 
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha ko‘rinishdagi qiymatga ega bo‘lishi 
mumkin: bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat, emissiya qiymati, balans 
qiymati (haqiqiy tannarx), bekor qilinish qiymati, garov qiymati, iste’mol qiymati. 
Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul ifodasidagi yoki 
tegishli ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat bo‘yicha 
qimmatli qog‘oz ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib oluvchi 
50
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahriri) (22.07.2008 y. N 
O‘RQ-163) 3-moddasi 


257 
to‘lashga rozi bo‘lgan sotuvchi esa shu narxga rozi bo‘lgan narxni bildiradi, bunda 
sotib oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur bitimning ahamiyati tomonlari bo‘yicha 
etarli ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va qimmatli 
qog‘ozlarning bozordagi aylanuviga ahamiyatli hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan 
qiymatdir. Bu qiymat faqat ma’lumot sifatida kapital ulushi yoki qarzni miqdorini 
ko‘rsatadi. 
Nominal qiymati - chiqarilgan xavfsizlikning belgilangan qiymati. Nominal 
qiymat - qimmatli qog‘ozlarning blankida ko‘rsatilgan qiymatidir.
51
Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi bozorda 
sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasida farq qshmatli qog‘ozlarni 
tarqatuvchm diler firmalarining xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli 
qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha sotib oladilar va investorlar 
orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar. 
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy 
xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi. 
Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri keladigan 
real (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati. 
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda garov 
sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb, asosan, qimmatli qog‘oz 
garovga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga aytiladi. 
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda. 
Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan 21-sonli “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarning 
rejasi” buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli 
qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ularni 
narxini nominal narxgachayetkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi qimmatli 
kog‘ozlar qiymatini o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. 
Ammo, 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya 
hisobining milliy standarti va 39-sonli “Moliyaviy instrumentlar” nomli xalqaro 
moliyaviy hisobot standartida asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo‘lib, u 
qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan “eng kami” va “haqiqiy bozor qiymati”
bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq 
ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz bo‘ladi 
va uning nominal qiymati - bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. 
Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan keyingi 
emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas. 
Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq, 
negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar 
o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor 
qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho 
bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik 
51
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014 


258 
orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining 
mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar qiymatini 
uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida. 
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi 
mumkin. Qayta baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan 
belgilanadi. 
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli 
moliyaviy investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan 
daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar” schyotiga) o‘tkaziladi. 
Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni qo‘llashni 
belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo‘yicha. 
Eng past qiymat bo‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning xaqiqiy 
qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo‘lsa, ana shunisi orqali aks 
ettirishni ko‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham xarid qilingan qimmatli 
qog‘ozlarni nominal qiymatini aniqlash imkon bermaydi va aktsiyalarning investorga 
tegishli bo‘lgan qismida emitent-kompaniyani xususiy kapital miqdorini aniqlab bera 
olmaydi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish