Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funktsiyalari
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlashdan iboratdir.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funktsiyalari
Markaziy bank:
* uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga, bundan o‘z tasarrufidagi tashkilotlar mustasno;
* tijorat faoliyatini amalga oshirishga;
*uchinchi shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi * Hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berishga;
banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta'minlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.
3. Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzilishi.
Bankning boshqaruv organlari
Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi;
Bankning kuzatuv kengashi;
Bank boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir.
Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi bankning yuqori boshqaruv organidir.
4. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” qonunning 6-moddasiga muvofiq, pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga faqat banklar haqli.
Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir.
4. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari
Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas.
Ushbu cheklov quydagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1. Bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga oid dasturiy ta'minotni sotish va ijaraga berish
3. Chek daftarchalarini chiqarish, realizasiya qilish va tarqatish
4. Sug‘urta tashkilotlari bo‘lgan rezidentlar nomidan sug‘urta shartnomasi tuzilishini tashkil qilish
5. Bank o‘zi muassis bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘z mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berish.
4. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari
Banklarga yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aktsiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:
kredit, sug’urta va lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
moliya bozori infratuzilmasining bir qismi bo’lgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar;
qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
bankning kafolati ostida qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan sho’’ba tashkilotlari;
faqat inkassatsiya faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar;
bank operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari o’rtasida o’zaro bog’liqligini ta’minlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar;
qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan aktsiyalarning yigirma foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda fond birjasi listingiga kiritilgan aktsiyadorlik jamiyatlari.
4. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so‘mni tashkil etishi lozim.
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi.