Aktsiyalarni joylashtirish muddati va aktsiyalarni joylashtirish usullari.
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga (26.04.1996 yildagi 223–I-son) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishini tartibga soluvchi modda yangi tahrirda bayon etildi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalar faqat uning ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida joylashtirilishi yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonini bajarish yuzasidan, mulkning davlat ulushini boshqarish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar bilan birgalikda: davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan har bir aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha aksiyalarni joylashtirish (sotish)ning joriy ahvolini shu yilning 31-dekabrigacha qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni 1-bandi qoidalariga muvofiq xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketining zarur hollarda qayta taqsimlanishini ta’minlasin; qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda (emissiya prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida)
1998-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturini shakllantirishda tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari emissiya prospektlarida aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko‘rsatilgan Farmoniga qat’iy muvofiq ravishda joylashtirilishini nazarda tutsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ustav jamg‘armasida 25 foizdan ortiq aksiyalar paketi davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda 25 foizdan ortiq aksiyalar paketini ulush sifatida davlat ixtiyorida saqlab qolishga faqat mamlakatning kelajakdagi ilmiy-texnika imkoniyatlarini belgilovchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilsin.
(3 band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y. 18-son, 206-modda) 4. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar paketini qayta taqsimlash qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ularning ustav jamg‘armasini belgilangan tartibda ko‘paytirish asosida amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasidan davlat ulushini ko‘paytirish: aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining butun davrida qo‘shilgan va uning ixtiyorida qoldirilgan, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish paytigacha indeksatsiya qilingan dividendlar summasi; aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining butun davrida moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yoki o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun davlat tomonidan berilgan, ustav jamg‘armasini ko‘paytirish paytigacha indeksatsiya qilingan mablag‘lar;
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.