Ammo, mustaqillik arafasida mamlakat iqtisodiyoti ayanchli ahvolda edi. 1989-1991 yillarda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi amaldagi 5,2 foizdan 1,6 foizgacha pasaydi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o’sish sur’ati esa, mazkur davrda 5,8 foizdan 2,8 foizga qadar pasaydi. 1991 yil 7 sentyabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. Mamlakat hududida xalqaro hisob-kitoblar ilk bora ana shu bank orqali amalga oshirila boshlandi, respublikaning valyuta mablag‘larini jamlash va ulardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanish imkoniyati vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |