Banklarni litsenziyalash tartibi
Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan:
bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish;
bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda litsenziya berishdan iborat.
Muassislar o‘z oralaridan Markaziy bankda, uning hududiy Bosh boshqarmalarida
va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan ularning manfaatlarini ifoda etishga
vakil qilingan shaxsni belgilaydilar. Uning vakolatlari ta’sis shartnomasi bilan
tasdiqlanadi.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari bank muassislarini bank tashkil
etish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur qonun hujjatlari bilan ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |