75
3-mavzu. Tijorat banklarini tashkil etishning xuquqiy va iqtisodiy asoslari
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining faoliyati va uning asosiy
jixatlari
2. Tijorat banklarini tugatish va qo‘shishning huquqiy asoslari
3.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi va uning huquqiy
asoslari
4. Tijorat banklarini qayta tashkil etish va qo‘shib olish asoslari
Bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit
beruvchi, hisob-kitoblarni olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi,
oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir. Lekin bu
ta’rifdan tijorat banklariga tegishli vazifalarni olib, banklar - kredit, hisob-kitob, kassa,
lizing, faktoring, valyuta, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni va noan’anaviya xizmat
turlarini bajaruvchi tijorat muassasadir deyish ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga
asosan:
8
«Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat
turlari majmuini, ya’ni:
• yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
• qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
• investitsiyalash uchun foydalanish;
• to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga
mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar
o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida
yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim.
Darhaqiqat, iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‘lgan bank faoliyatining tashkil etilishi
va ishonchli faoliyat yuritishi bizning iqtisodiyotimiz uchun juda ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Tijorat banklari faoliyati nafaqat banklarning o‘ziga balki davlat uchun ham
dolzarb ahamiyatga ega. Banklar faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turish
zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
Banklar jamoatchilik mablag‘larining eng ishonchli saqlanadigan joyidir. Lekin
o‘z mablag‘larini saqlash xohishiga ega bo‘lganlarning ko‘pchiligi bankning
ishonchliligini baholashda va moliyaviy masalalarda etarli ma’lumotga ega emaslar. SHu
tufayli, banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar banklar moliyaviy holatini tahlil
qilish uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plashga mas’uldirlar. Bu bilan ular
omonatchilarni himoya qilib, ularning moddiy zarar ko‘rishlarining oldini oladilar.
8
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги Қонуни. 1996 йил 25 апрель
78
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik
aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta
vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Lekin bank tizimida shunday muvaffaqiyatlarga erishilayotganligiga qaramasdan
tijorat banklari faoliyatida bir qator muammolar yuzaga keladi. Tijorat banklari faoliyatini
mamlakatimizda tashkil etish va yo‘lga qo‘yish borasida bir qancha chora-tadbirlar amalga
oshirilishi va qo‘llanilishi barobarida ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajara olmaslik
natijasida bir qancha banklar o‘z faoliyatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishadi. Bu esa
oxirgi yillarda bir necha banklarning tugatilishi bilan yakunlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: