1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI” KAFEDRASI
“BANK ISHI”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Bilim sohasi:
200 000
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230 000
- Iqtisod
Mutaxassislik:
5230700
- Bank ishi
5111000
-Kasb ta’limi (5230700-Bank ishi);
TOSHKENT – 2017 y
2
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va
barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga
uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi
kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish,
mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi
usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil
etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o‘sishini va
raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi
bo‘lgan tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Bu esa “Bank ishi” fanini o‘rganishga nisbatan yangi talablarni qo‘yadi.
Ushbu majmuada tijorat banklari faoliyatining barcha soha va yo‘nalishlari,
xususan, banklarning aktiv va passivlari, likvidliligi, to‘lovga qobilligi va moliyaviy
barqarorligi, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari o‘z
aksini topgan.
“Bank ishi” fanining maqsadi bo‘lib, talabalarda tijorat banklari tomonidan
mijozlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, banklarning likvidliligi, to‘lovga
qobilligi, moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari, Markaziy bank tomonidan tijorat
banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha chuqur bilim va
ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil faoliyat yuritishga
tayyorlash va hozirgi sharoitda mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini vujudga
keltirishdan iboratdir.
“Bank ishi” fani bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni tayyorlashda etakchi
maxsus ixtisoslik fani hisoblanadi. Unda bank ishining aniq masalalari, bozor iqtisodiyoti
sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari, kreditning asosiy tamoyillari asosida
xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash, kredit ressurslari va kreditlarni boshqarish asoslari,
mijozning kreditga layoqatliligi, likvidliligi, tijorat banklarining likvidligi, foydasi, valyuta
va boshqa operatsiyalarini, banklarning foiz siyosati va risklari kabi masalalar ko‘rib
chiqiladi.
Bank ishi fani Toshkent Moliya Instituni Kredit-iqtisod fakulteti 3-4 kurs
talabalariga asosiy mutaxassislik fani sifatida o’qitiladi.
“Bank ishi” fani institutda o‘rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy
bog‘liqdir. “Bank ishi” fanini chuqur va mukammal egallab olish uchun talabalar quyidagi
fanlar bo‘yicha bilimlar olishlari zarurdir: “Pul, kredit va banklar”, “Bank statistikasi”,
“Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, “Bank
auditi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika”, “Moliyaviy va boshqaruv
tahlili”, “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”, “Bank menejmenti va
marketingi” va boshqalar.
Mamlakatimizda
faoliyat
yuritayogan
tijorat
banklarining
bajarayotgan
operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini
3
rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir. SHunga ko‘ra, bank ishi faoliyatida ish
yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi. Bank ishi fani asosiy ixtisoslik fani
hisoblanib, iqtisodiyot bo‘g‘imining ajralmas qismi hisoblangan bank timiziga kadrlar
etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari,
tarqatma materiallar, elektron materiallar va virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza va
amaliy mashg‘ulot darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
foydalaniladi.
Talabalarning “Bank ishi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida kompyuter
texnikasidan foydalangan holda ba’zi tijorat banklar faoliyatida qo‘llaniladigan mijozlarni
kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida hisob-kitoblarni
olib borish bilan bog‘liq kompyuter dasturlari bilan tanishadilar. Fanning ba’zi
mavzularini yoritishda audio va video texnikadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |