72
to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari
muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- moddiy nazorat va
inventarizatsiya;
- aktivlarni tekshirish;
- aktivlarni baholash va sotish;
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
- tugatish jarayonini aniqlash.
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning
bankni ixtiyoriy tugatishdan bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish
to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin
Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish yoki majburiy
tugatishdir.
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar
bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi
tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda
amalga oshirilishi mumkin.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan
bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan
Markaziy bankka murojaat qilishi lozim. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat
berish to‘g‘risidagi iltimosnoma aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy
yig‘ilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birga Markaziy
bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi tugatish
sabablari ko‘rsatilib qabul qilgan qarori;
bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka
murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti;
tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi.
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy davomida bankni
ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Markaziy bank
ushbu iltimosnomaga rozi bo‘lmasa bank rahbarlari va aksiyadorlariga bankni ixtiyoriy
ravishda tugatishga rozilik bermasligi to‘g‘risida asoslangan qarorni etkazadi. Markaziy
bank zarur hollarda tugatish rejasi va jadvalini ko‘rib chiqish yoki boshqa hujjatlar va
ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.
Likvidator Markaziy bankning tugatish to‘g‘risidagi roziligi olingandan keyin,
kreditorlar o‘z talablarini bildirishi mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatgan holda ushbu
ma’lumotni kamida ikki respublika gazetasida e’lon qilishi lozim.
73
Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish
balansini taqdim etishi lozim.
Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi.
Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bankni
majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lib
qolishi;
b) litsenziya berilishiga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi aniqlanishi;
v) bank o‘z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni
bajarishga layoqatsizligi;
g) hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi
litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini
bajarishni kechiktirish;
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi;
z) O‘zbekiston Respublikasi xududida sho‘‘ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat
banki litsenziyasining qaytarib olinishi.
Omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga
quyidagilar kiradi:
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarining buzilishi;
b) xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va
uzoq muddat bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan
yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh
tortilishi.
Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan
olinadi agar:
bank kapitalining etarlilik koeffitsienti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu
iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi;
bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan
yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda
potensial zarar
ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi;
omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real
xavf soluvchi boshqa hollar.
Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomning 4-bo‘limida tugatuvchi (likvidator)
vakolatlari va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bank tugatilishi boshlangandan so‘ng
Markaziy bank moddiy nazoratni o‘rnatadi va likvidator inventarizatsiya o‘tkazadi.
SHuningdek likvidator aktivlarni tekshirib tugatish hisobotini tayyorlashi lozim: unda
yakuniy balans, vakillik hisob varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va
valyuta hisobini yuritish, balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditor qarzdorligini
74
tekshirishi lozim. Likvidator bank aktivlarini: ya’ni pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatbaho
qog‘ozlar, valyuta mablag‘larini baholab sotadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar
va kreditorlar talabini qondirish kerak. Likvidator tayinlanganidan keyin bir kunlik
muddatda ikkita markaziy gazetada kreditorlar talablarini tasdiqlovchi hujjat bilan
birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati hamda kreditorlar o‘z talablarini da’vo
qilishlari mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatilgan holda bankni tugatish ishlari
boshlanganligi to‘g‘risidagi habarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati tugatish
jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida habar berilgan kundan boshlab ikki oyni tashkil etadi.
Ushbu
muddat
tugaganidan
keyin
likvidator
tomonidan
talablarni
qabul
qilinmaydiTugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi
yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy
bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish
Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10
kun davomida Markaziy bank Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda bank
joylashgan manzil bo‘yicha ularning organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotni etkazadi va bankni banklarni ro‘yxatga olish Davlat Kitobidan chiqarib
tashlash to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: