Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Rejadan  tashqari  tekshirishlar



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Rejadan  tashqari  tekshirishlar  nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyatining  alohida 
masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Quyidagi hollarda rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkaziladi:  


56 
 
 nobank kredit tashkiloti qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda; 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralarning  tekshiruv  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  tegishli 
qarorlari asosida; 
 masofadan nazorat qilish natijalariga ko‘ra nobank kredit tashkilotlari moliyaviy 
holatining  barqaror  emas  deb  topilishi  va  omonatchilar  hamda  kreditorlar  manfaatlariga 
xavf-xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar mavjudligida;  
 qonun  hujjatlari  buzilganligi  to‘g‘risida  Markaziy  bankka  kelgan  ma’lumotlar 
bo‘lganda.  
Tekshirish  muddati  30  kalendar  kundan  oshmasligi  kerak.  Rejadan  tashqari 
tekshirishlarda, istisno tariqasidagi hollarda Markaziy bank farmoyishi asosida bu muddat 
ko‘pi bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin. 
Nobank  kredit  tashkilotlarida  tekshirishlar  o‘tkazish  rejasi  kalendar  yili 
boshlangunga  qadar  tuziladi  va  Markaziy  bank  Boshqaruvi  tomonidan  tasdiqlanadi. 
Tekshirishlarni  rejalashtirishda  masofadan  nazorat  qilish  natijasi  bo‘yicha  xulosalari 
inobatga olinadi. 
Nobank kredit tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega: 
- tekshiruvchi  mansabdor  shaxslardan  Markaziy  bankning  tekshirish  o‘tkazish 
to‘g‘risidagi  farmoyishini  hamda  ularning  xizmat  guvohnomalarini  ko‘rsatishni  talab 
qilish va tanishish; 
- tekshirish  o‘tkazish  uchun  asosga  ega  bo‘lmagan  shaxslarning  tekshirish 
o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
- o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish; 
- tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobot 
(dalolatnoma)ning bir nusxasini olish; 
- qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish. 
- Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga majburdir: 
- tekshiruvchi  mansabdor  shaxslarga  tekshirish  o‘tkazish  uchun  barcha  zarur  shart-
sharoitlarni yaratish; 
- tekshirish  boshlanish  kunning  o‘zidayoq  nobank  kredit  tashkilotining  kengashi 
a’zolarini, ta’sischilarini o‘tkaziladigan tekshirish to‘g‘risida xabardor qilish; 
- tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etish. 
- Nobank  kredit  tashkilotlari  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa 
majburiyatlarni ham olishi mumkin. 
Nobank  kredit  tashkilotlarida  o‘tkazilgan  tekshirish  natijalari  bo‘yicha  hisobot 
(dalolatnoma)  ikki  nusxada  tuziladi.  Hisobotning  (dalolatnoma)  ikkala  nusxasi  ham 
tekshiruvchi  mansabdor  shaxslar,  tekshirilgan  nobank  kredit  tashkiloti  rahbari  va  bosh 
buxgalteri  tomonidan  imzolanadi.  Hisobot  (dalolatnoma)ning  bir  nusxasi  tekshirilgan 
nobank  kredit  tashkilotida  qoldiriladi.  Tekshirish  natijalari  bo‘yicha  tuzilgan  hisobot 
(dalolatnoma)  Markaziy  bankning  tekshirish  hisobotlarini  ko‘rib  chiquvchi  ishchi  organi 
tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.  Nobank  kredit  tashkilotida  o‘tkazilgan  tekshirish  natijalari 
bo‘yicha  tuzilgan  hisobot  (dalolatnoma)  Markaziy  bankning  roziligisiz  oshkor  qilinishi 
mumkin emas. 


57 
 
Nobank  kredit  muassalari  ustidan  nazorat  qilish,  ular  faoliyatida  muayyan 
cheklashlarni  o‘rnatish  iqtisodiy  erkinlikka  zid  bo‘lgan  holat  sifa-tida  qaralishi  mumkin. 
Lekin  jahonning  ko‘pgina  rivojlangan  davlatlarida  banklar,  shuningdek,  boshqa  moliya 
tashkilotlarining faoliyatlari ko‘p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha 
qilib  aytganda,  hatto  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  moliyaviy  sektor  jiddiy 
ravishda tartibga solinar ekan, o‘tish davrida buni to‘la oqlash mumkin. 
To‘g‘ri,  nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyatini  tartibga  solishda  haddan  tashqari  va 
raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson 
emas.  SHuning  uchun,  jahonda  umumiy  qabul  qilingan  tamoyillar  va  qoidalar  har  bir 
mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.  
U    yoki    bu    nobank  kredit  tashkilotlarining    faoliyatida    aniqlangan  kamchiliklarni 
tuzatishga  majbur  qilish  uchun  nazorat  organi  ixtiyorida  ta’sir  ko‘rsatish  choralarining 
muayyan  to‘plami  bo‘lishi  kerak.  Respub-likamizdagi  yangi  qonunlarimizga  ko‘ra,  turli 
vaziyatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tabaqalashgan choralar majmui ko‘zda tutilgan. 
Eng so‘nggi chora esa, ularga berilgan litsenziyalarni qaytarib olishdan iboratdir. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  2003-yil  23-  sentyabrdagi  540-
sonli “Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi to‘g‘risida” Nizomiga muvofiq 
Markaziy  bank  lombard  tashkilotlardan  xisobotlarni  taqdim  etish  tartibi  va  muddatlarini 
belgilaydi.  
Lombardlar,  ular  tomonidan  olib  borilayotgan  amaliyotlar  hisobini  xo‘jalik 
sub’ektlari  uchun  o‘rnatilgan  tartibda  tasdiqlangan  buxgalteriya  hisobi  standartlariga 
muvofiq  amalga  oshiradilar.  Lombardning  buxgalteriya  hisobi  siyosati  uning  yuqori 
boshqaruv  organi  tomonidan  belgilanadi.  Buxgalteriya  hisobi  va  boshqa  hisobotlar 
ro‘yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘rnatiladi. 
Lombardlar  buxgalteriya  hisobida  va  hisobotlar  tuzishda  foydalaniladigan 
hujjatlarning  kat’iy  hisobini  yuritish  va  saqlanishini    ta’minlashlari,  shuningdek, 
buxgalteriya  hisobi  standartlariga  muvofiq  shubhali  qarzlarni  qoplash  uchun  zahiralar 
shakllantirishlari shart.    
Lombardlar elektron va qog‘ozda ifodalangan ma’lumotlarini har chorakda, hisobot 
topshiriladigan  chorakning  keyingi  oyining  5-sanasidan  kechiktirmay  lombardning 
joylashgan manzili bo‘yicha Markaziy bankning hududiy bo‘linmalariga hisobotlar taqdim 
etadilar.  
 Qog‘ozda  ifodalangan  hisobotlar  uch  nusxada  tayyorlanib,  bunda  ikki  nushasi 
Markaziy  bankning  lombard  joylashgan  hududdagi  hududiy  bo‘linmasiga taqdim  etiladi, 
uchinchi nushasi lombardda qoladi. Qog‘ozda ifodalangan hisobotlar lombardning birinchi 
rahbari,  imzo  qo‘yish  huquqiga  ega  bo‘lgan  bosh  buxgalteri  tomonidan  imzolanadi  va 
lombard muhri bilan tasdiqlanadi.  
Lombardning joylashgan manzili bo‘yicha Markaziy bankning hududiy bo‘linmasi 
lombardning  qog‘ozda  va  elektron  ko‘rinishda  ifodalangan  tekshirilgan  hisobotini  bir 
nusxasini, hisobot  davridan keyingi oyning  10-sanasidan kechiktirmay, Markaziy  bankka 
yuboradi.  


58 
 
Lombard ushbu Tartibning 5-bandida ko‘rsatilgan hisobotlarni taqdim etilmaganlik 
yoki  muddatini  buzganligi,  shuningdek,  to‘liq  bo‘lmagan  va  ishonchsiz  ma’lumotni 
berganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  mamlakatning  barcha  mintaqalarida  nobank  tashkilotlari 
tarmog‘ini  kengaytirish  uchun  iqtisodiy  va  tashkiliy  shart-sharoitlar  yaratish,  ularning 
resurs  bazasini  shakllantirishga  ko‘maklashish  va  mustahkamlash  maqsadida  xalqaro 
moliya  instituti  mablag‘larini  jalb  qilish  hamda  nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyatining 
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi va tartibga solishning samarali tizimini yaratish lozim.  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish