Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
 
 
 


158 
 
4-mavzu.  Tijorat  banklarining  passiv  operatsiyalari    tarkibi  va  ularning 
joylashishi 
Reja: 
1.  Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari.  
2.  Banklararo kreditlar uning mohiyati, maqsadi va vazifalari 
3.  Banklararo kreditlarning tarkibi va dinamikasi 
4.  Banklararo kreditlar dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili 
 
Tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditni berishni Markaziy bank tomonidan 
amalga  oshiriladi.  Bu  operatsiya  O‘zbekiston  RespublikasiMarkaziy  banki  Boshqaruvi 
tomonidan  1998  yil  9  noyabr  19/8-sonli  qaror  №261  tasdiqlangan  «Qayta  moliyalash 
kreditlarini berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Mazkur Nizom 
O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to‘g‘risida»gi 
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 maydagi 234-sonli 
qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi huzuridagi 
kredit  rusurslari  kimoshdi  savdolari  orqali  tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  uchun 
kreditlar berish tartibini belgilaydi. Bu jarayon Markaziy bankning pul-kredit vositalaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi.  
  Qayta  moliyalash  –  Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshiriladigan  pul  kredit 
siyosati vositalaridan biri bo‘lib, u ikkinchi daraja banklarining likvidlik holatini qo‘llab-
quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.  
  Markaziy  bankning  qayta  moliyalashtirish  operatsiyasi  quyidagi  usullarda  olib 
borilishi mumkin: 

 
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash; 

 
tijorat  banklari  ixtiyoridagi  qimmatli  qog‘ozlarni  garov  olish  yo‘li  bilan  kreditlar 
berish, ya’ni lombard krediti; 

 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish usuli. 
Markaziy bank «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuniga 
asosan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va 
boshqa boyliklar, davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz 
vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul 
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan qonun doirasidagi boshqa xil 
operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan 
tijorat veksellari, shuningdek, Moliya Vazirligini kafolatiga asoslangan holda banklarga 
qayta moliyalash kreditlarini beradi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga 
beriladigan kreditlarnining asosiy maqsadi banklarning likvidliligini qo‘llab-
quvvatlashdan iborat. 
Qayta moliyalash kreditlarini berayotganda Markaziy bank tijorat banklarining kredit 
potensialining  joriy  holatini  doimiy  kuzatib  turadi.  Buning  uchun  u  joriy  monitoringlar 
o‘tkazadi, ular vakillik hisobvaraqlarini tahlil qiladi va asosan o‘zi kreditlarni joylashtirish 
va  jalb  etish  uchun  qatnashadigan  banklararo  kredit  bozori  –  O‘zbekiston  Respublikasi 
Valyuta birjasi huzuridagi kredit resurslari kimoshdi savdosini kuzatib boradi. 
Tijorat  banklarining  likvid  holatini  saqlashga  yo‘naltiriladigan,  ularni  qayta 


159 
 
moliyalash  uchun  beriladigan  kreditlar  miqdori,  shuningdek,  qayta  moliyalash  stavkasi, 
Markaziy  bank  tomonidan  pul-kredit  siyosatining  joriy  vaqtdagi  aniq  vazifalariga 
muvofiq,  hamda  pul-kredit  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlarini  hisobga  olgan  holda 
belgilanadi.  Bunda  qayta  moliyalash  stavkasi  inflyasiya  darajasidan  kelib  chiqqan  holda 
o‘zgartirilishi mumkin. 
Markaziy  bank  yuqorida  aytilgan  qonunga  muvofiq,  tijorat  banklariga  milliy 
valyutada  lombard  kreditni  berishi  mumkin.  Lombard  krediti  qayta  moliyalash 
shakllaridan  biri  bo‘lib,  ushbu  kredit  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalarini  garovga 
qo‘yish yo‘li orqali beriladi. 
Lombard kreditining berilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 
22 avgustidagi 416-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga 
lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
Qayta  moliyalash  kreditlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvi 
tomonidan  tasdiqlangan  1996  yil  20  apreldagi  141  sonli  “O‘zbekiston  Respublikasida 
kredit resurslari kim oshdi savdolarini o‘tkazish tartibi”ga muvofiq joylashtiriladi.  
Keyinchalik  qayta  moliyalash  kreditlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
bankining  maxsus  ko‘rsatmalari  bo‘yicha,  ularda  belgilangan  shartlar  asosida  Markaziy 
bank  hududiy  Bosh  boshqarmalari  va  tijorat  banklari  o‘rtasida  tuziladigan  kredit 
shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.  
Kredit shartnomasida quyidagilar ko‘zda tutiladi: 

  tomonlar nomi; 

 
ularning o‘zaro majburiyatlari va iqtisodiyma’suliyati; 

  kredit muddati va miqdori; 

 
aniq maqsad ko‘zlanganligi; 

  kredit berish va qaytarish tartibi; 

 
foiz stavkasi va uni o‘zgartirish shartlari; 

 
ta’minlash shakllari; 

  jarima solish va tomonlar shartlashuvining boshqa jihatlari. 
Bu kreditni olgan tijorat banklari kreditdan foydalanish va uning holati bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosati” departamentiga 
ma’lumotnoma taqdim etib boradi. 
Markaziy  bank  tomonidan  tijorat  banklariga  kredit  berishda  Markaziy  bank 
tomonidan  o‘rnatilgan  iqtisodiy  me’yorlarga,  majburiy  zahira  talablariga  rioya  qilish 
e’tiborga olinadi.  
Ayrim  hollarda  tijorat  banklarining  vakillik  hisobvaraqlarida  mablag‘lar  umuman 
bo‘lmagan  yoki  etarli  bo‘lmagan  holatlarda  kechiktirib  bo‘lmaydigan  to‘lovlarni  amalga 
oshirish  uchun  tijorat  bankiga,  istisno  tariqasida  majburiy  to‘lovlarni  amalga  oshirish 
uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  ruxsati  bilan  uning  hududiy  Bosh 
boshqarmasi  rahbari  taqdimnomasi  bo‘yicha  bank  likvidligini  qo‘llab-quvvatlash  uchun 
kredit berilishi mumkin. 
Bu  kreditni  olish  huquqiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  iqtisodiy 
normativlariga rioya etadigan, rezerv, majburiy rezerv shartlarini to‘liq bajaradigan, tijorat 
banklariga  beriladigan  ya’ni  kreditni  qaytmaslik  riski  yo‘q  va  u  muddatida  foizi  bilan 


160 
 
to‘liq qaytishi  ta’minlangan holda  beriladi.  Kredit  7 ish kuni muddati  bilan tijorat banki 
tomonidan  kredit  resurslarini  tartibga  solish  fondiga  o‘tkaziladigan  mablag‘larning  30% 
miqdorida  beriladi.  Kreditning  o‘z  vaqtida,  to‘liq  qaytmaslik  hollari  yuz  berganda  yoki 
kredit  shartlari  buzilgan  hollarda  Markaziy  bank  tijorat  bankiga  nisbatan  kredit 
shartnomasida  ko‘rsatib  o‘tilgan  choralarni  qo‘llash  huquqiga  ega.  Agar  kreditning 
qaytmaslik hollari yuz bersa Markaziy bank garov mol-mulkini talab qilib olishga haqli. 
Ushbu  kredit  bo‘yicha  foiz  stavkasi  Markaziy  bank  amaldagi  qayta  moliyalash 
stavkasidag 1,3 barovarga ortiq miqdorda belgilanadi. 
Tijorat  bankida  Markaziy  bank  tomonidan  unga  ilgari  berilgan  ushbu  kreditlar 
bo‘yicha  muddati  o‘tgan  qarzdorlik  vujudga  kelgan  hollarda,    asosan  belgilangan  foiz 
stavkasi 2 baravar oshirilish yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llaniladi 
“O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to‘g‘risida”gi      qonunning  59-
moddasiga binoan  muddati  o‘tgan qarz  bosh bank hisobvarag‘idan  undirib olinadi.  Agar 
bosh  bank  hisobvarag‘ida  qarzlarni  qoplaydigan  miqdorda  mablag‘lar  bo‘lmasa,  ushbu 
qarz to‘la qaytarilmaguncha bank vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatiladi. 
Muddatidan oldin bo‘shagan qayta moliyalash kreditlarini o‘z vaqtida 
qaytarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan Markaziy bank kredit qaytarilmagan 
hollarda Markaziy bank garovga qo‘yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo‘yicha 
talabnoma qo‘yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega. 
Qayta moliyalash kreditlarini belgilangan muddat ichida qaytarilishni ta’minlamagan 
tijorat banklariga nisbatan 1997 yil 25 yanvardagi 74-sonli yo‘riqnomaning 6-bandiga va 
unga kiritilmagan 1998  yil  27 iyundagi 406-sonli qo‘shimchaning 1-bandida  ko‘rsatilgan 
ta’sir choralari qo‘llaniladi. 
Banklar  tomonidan  aniq  maqsadli  kredit  resurslaridan  belgilangandan  tashqari 
maqsadlarda  foydalanilishiga  yo‘l  qo‘yilgan  hollarda,  ushbu  kreditlar  muddatidan  oldin 
qaytarib olinadi. 
Qayta  moliyalash  kreditlari  bo‘yicha  marja  darajasi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilanadi.  
Qayta moliyalash kreditlari qaytarilmagan hollarda, Markaziy bank garovga 
qo‘yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo‘yicha talabnoma qo‘yish orqali qarz 
summasini undirib olish huquqiga ega. 
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari 
maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin 
qaytarib olinadi. 
Ta’sir choralari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banki o‘rtasida 
tuziladigan kredit shartnomalarida aks ettirilishi shart. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish