Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156
Bog'liq
bank ishi

3.Tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash.  
                                                           
37
 АТБ “Агробанк”нинг баланс маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланди. 


154 
 
Banklarning moliyaviy barqarorligi, iqtisodiy samaradorligi va risklarning xavfsiz 
me’yorining  ta’minlanishi,  ularning  depozit  bazasini  mustahkamligi  bilan  bevosita 
bog‘liqdir. Keyingi yillarda xalqaro va mahalliy moliya bozorlarida depozit  mablag‘larga 
bo‘lgan  talabning  ortib  borishi  banklar  depozit  bazasiga  oid  dolzarb  masalalarni  yuzaga 
chiqarmoqda. Xususan, banklar depozit bazasining iqtisodiy mazmunini nazariy va amaliy 
jihatdan  tadqiq  qilish,  shuningdek,  uning  manbalari  va  unga  ta’sir  qiladigan  omillarni 
aniqlash shular jumlasidandir. 
Ma’lumki,  banklarning  depozit  bazasi  jalb  qilingan  mablag‘lar  hisobidan 
shakllantiriladi, ushbu mablag‘lar bank passivlari tarkibida asosiy ulushni tashkil etadi. 
Bank  tomonidan  depozitlar  bo‘yicha  to‘lanadigan  foizlar  bankning  asosiy 
operatsion  harajatlari  hisoblanadi.  SHuning  uchun  ham  bank  bir  tomondan  jalb  qilingan 
depozitlar  bo‘yicha  belgilangan  foiz  stavkasi  yuqori  darajada  bo‘lganligini  qo‘llab 
quvvatlamasada,  boshqa  bir  tomondan  mijozlarni  jalb  qilish  uchun  shu  tarzda  yo‘l 
tutishiga  to‘g‘ri  keladi.  Odatda  tijorat  banklari  katta  miqdordagi  mablag‘larni  uzoq 
muddatga  jalb  qilish  uchun  yuqori  darajadagi  foiz  stavkalarni  belgilashlariga  to‘g‘ri 
keladi.  
Ko‘pgina davlatlarning Markaziy banklari tomonidan tijorat banklarining likvidlik 
darajasini  yoki  resurslar  etarlilik  me’yorini  majburiy  normativ  orqali  boshqarib  boradi. 
Mazkur  normativ  aholi  pul  qo‘yilmalarining  umumiy  miqdori  nisbatini  o‘z  mablag‘lari 
(kapitali)  foiz  nisbatida  olinib,  uning  maksimal  belgilanganlik  darajasi  100%  dan  ko‘p 
bo‘lmasligi kerak.  
Xulosa  qilib  aytganda,  banklarning  depozit  bazasi  ularning  passivlari  tarkibida 
muhim  moliyaviy  manba  hisoblanib,  uning  hajmini  past  yoki  yuqori  darajada  bo‘lishiga 
depozitlarning foiz stavkasi, milliy valyutaning barqarorligi va boshqa qator omillar ta’sir 
qiladi. 
Tijorat  bankining  foiz  siyosatini  olib  borishda  barcha  resurslarning  qiymati  va 
depozit operatsiyalarining tahlili olib borilishi shart. Buning uchun quyidagilarni belgilab 
olish lozim. 
- omonatlar bo‘yicha foizlarni belgilash; 
- jalb qilingan resurslar bo‘yicha foiz stavkasining dinamikasini o‘rganib borish; 
- inflyasiya sharoitida resurslarning real qiymatini hisobini olib borish; 
Bank  amaliyotida  depozit  siyosati  instrumentlarini  foydalaniladigan  yo‘nalish 
boshqarmalari mavjud: 

 
Kredit boshqarmasi; 

 
Amaliyot boshqarmasi va albatta g‘aznachilik boshqarmasi qatnashadi. 
Jahon amaliyotida banklarning faqat ratsional tarzda resurslarni taqsimlab olayotgan 
moliya  muassasagina  o‘zining  likvidlilik  darajasini  saqlab  qolishi  mumkin.  Moliyaviy 
inqiroz davrida banklar aholidan bo‘sh pul mablag‘larini yuqori foiz stavkalar evaziga jalb 
qilgan holda keng tarzda kredit siyosatining depozit siyosatini olib boradi, ammo ko‘pgina 
banklarning  mijozlarga  ajratilgan  kredit  mablag‘larining  o‘z  vaqtida  qaytmasligi  sababli 
kapitallashuv darajasini kamayishiga, aks holda bankrotlik darajasiga olib kelishi mumkin 
bo‘ladi.  Mazkur  holatlarni  oldini  olish  uchun  mamlakatimiz  miqyosida  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  davlat  banklarining  kapitallashuv  darajasini 


155 
 
oshirishga  harakat  qilib  kelinmoqda.  Binobarin,  ayni  shu  usullarni  qo‘llashda  davlat 
banklarining  depozit  siyosatlarini  qayta  qo‘rib  chiqish  zaruriyati  dolzarb  masala  sifatida 
namoyon bo‘ladi.  
Hozirgi  davr  moliya  va  iqtisodiy  tahlil  mutaxassislari  moliyaviy  inqiroz  davrida 
quyidagi  fikrlarni  ilgari  surishadi:  barcha  tijorat  banklari  moliyaviy  vositachi  sifatida 
omonatchilar va kreditorlardan davrlar mobaynida juda katta miqdorda mablag‘larni jalb 
etadi.  Bank  kapitali  jalb  qilingan  mablag‘larni  qaytarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xatarlar 
bo‘yicha  omonatchilar  va  kreditorlarning  manfaatiga  bevosita  bog‘liq  bo‘lmasligi  zarur. 
YA’ni,  omonatchilar  va  kreditorlarning  bank  kapitaliga  nisbatan  hech  qanday  qonuniy 
yoki  bilvosita  da’volari  mavjud  bo‘lmasligi  zarurdir.  Tijorat  banklari  ustav  kapitalining 
boshlang‘ich  miqdori  shakllantirilgandan  so‘ng,  uning  miqdorini  ko‘paytirish  bank 
aksiyadorlarining  qarori  va  bankning  faoliyatini  samarali  ishlashiga  bevosita  bog‘liq 
bo‘ladi.  Odatda,  tijorat  banklari  ustav  kapitalining  miqdorini  oshirish  asosan,  ikkita  yo‘l 
bilan  amalga  oshiradi.  Bankning  moliyaviy  hisobot  yakunida  shakllantirilgan  foydasidan 
ajratmalar hisobidan va qo‘shimcha ravishda bankning oddiy aksiyalarini chiqarish yo‘li, 
fikrimizcha,  daromadlarini  tahlil  qilishda  choraklik  davriy  oraliqlardan  foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda tijorat banki daromadlari va harajatlarini o‘sib boruvchi 
yakun  tarzida  aks  ettirilshpi  bilan  izohlanadi.  Tijorat  banklari  foydasidan  ajratmalar 
hisobiga tashkil etiladigan zaxira fondi bankning moliya bozoridagi qimmatbaho qog‘ozlar 
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan. 
Depozit siyosatining asosiy himoyachisi bo‘lgan zaxira fondining minimal miqdori tijorat 
banklarining ustav kapitaliga nisbatan o‘rnatiladi.  
Tijorat  banklarining  jalb  qilingan  mablag‘lari  tarkibida  talab  qilib  olinguncha 
saqlanadigan  depozitlar,  Markaziy  bankdan  olingan  kreditlar  va  bankka  jalb  qilinadigan 
mablag‘lar qiymati jihatidan arzon, lekin muddati jihatidan nobarqaror moliyaviy resurslar 
hisoblanadi. 
Qimmat mablag‘lar guruhiga tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidagi ustav 
kapitali,  muddatli  depozitlar,  jamg‘arma  va  depozit  sertifikatlar,  banklararo  kreditlar  va 
boshqa  mablag‘larni  kiritish  mumkin.  Ushbu  mablag‘lar  tijorat  banklari  uchun  qiymati 
jihatidan qimmat mablag‘lar bo‘lsa-da, ular muddati jihatidan nisbatan moliyaviy barqaror 
hisoblanadi.  Xalqaro  bank  tajribalari  va  amaliyotdagi  mavjud  holatlarning  natijasi  shuni 
ko‘rsatmokdaki,  tijorat  banklari  depozit  siyosati  mahsuloti  bo‘lmish  depozit  portfeli 
likvidligini  ta’minlashda  moliyaviy  barqaror  mablag‘larning  ulushi  qanchalik  yuqori 
bo‘lsa,  ularda  moliyaviy  inqiroz  davrida  likvidlilikni  ta’minlash  yuzasidan  muammolar 
shunchalik  kam  bo‘ladi.  Moliyaviy  inqirozning  jalb  qilingan  mablag‘lar  tarkibida  tahlil 
etilgan davrning boshida kreditlar asosiy salmoqqa ega bo‘lgan, tahlil etilayotgan davrning 
so‘nggiga  kelib,  ushbu  manbaning  ulushi  pasayish  tendensyasiga  ega  bo‘lgan.  Kreditlar 
tarkibida  banklararo  kreditlarning  ulushi  boshqa  turdagi  kreditlarga  nisbatan  yuqori 
salmoqqa  ega  ekanligi  respublikamiz  banklari  o‘rtasida  resurslarni  o‘zaro  almashish 
jarayoni faol darajada amalga oshrilayotganligidan dalolat beradi. Jalb qilingan mablag‘lar 
tarkibidagi  kreditlarni  nisbatan  qimmatli  va  moliyaviy  barqarorligini  e’tiborga  oladigai 
bo‘lsak,  ularni  mablag‘lar  tarkibidagi  ulushining  pasayish  tendensyasiga  ega  ekanlgini 
salbiy  holat  natijalarini  ko‘rishimiz  mumkin  bo‘ladi.  Tijorat  banklari  jalb  qilingan 


156 
 
mablag‘lar  tarkibida  keyingi  manba  jami  kapital  hisoblanadi.  Jami  kapital  tarkibidagi 
ustav kapitali qiymati va muddati jihatidan esa barqaror manba hisoblanadi.  
Banklar  depozit  bazasining  tarkibidagi  muddatli  depozitlar  va  jamg‘arma  omonatlari 
moliyaviy  jihatdan  barqaror  manbalar  hisoblanadi.  Muddatli  depozitlar  va  jamg‘arma 
depozitlar naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirishi va bank kreditlari 
uchun garov ta’minoti vazifasini bajarishi  mumkin, buning natijasida kredit qo‘yilmalari 
hajmi oshadi, kredit riski ma’lum darajada kamayadi. 
Bank  depozitlari  bazasi  tarkibidagi  transaksion  (talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan) 
depozitlar  banklarning  likvidliligiga  jiddiy  ziyon  etkazadi.  SHu  sababli,  Glass-Stigoll 
qonuniga asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz to‘lashning taqiqlanishi oqilona 
tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg‘arma depozit hisob raqamlariga tijorat banklari 
tomonidan to‘lanadigan foiz stavkalari past darajada belgilanishi ularning depozit bazasiga 
salbiy ta’sir qiladi 
Ma’lumki,  banklar  passivining  asosiy  ulushi  depozit  mablag‘lar  hissasiga  to‘g‘ri 
keladi.  Depozit  –  ma’lum  miqdordagi  summa  bo‘lib,  omonatchi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul 
mablag‘larini  jamg‘arib  borish,  saqlash  va  qo‘shimcha  foyda  olish  maqsadida  bankka 
topshiradi. Albatta, omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga 
undaydigan asosiy omil qo‘shimcha foyda hisoblanadi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga iqtisodiy foydadan 
tashqari boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Xususan: 
–  milliy  valyutaning  barqarorligi.  Milliy  valyuta  qanchalik  barqaror  bo‘lsa,  uning 
sotib  olish  qobiliyati  ortadi  va  inflyasiya  darajasi  pasayadi.  Natijada  omonatchining 
depozitlar hisobidan oladigan sof daromadining miqdori ortib boradi (6-jadval). 
–  banklar  majburiyatlarni  to‘liq  va  o‘z  muddatida  bajarishi.  Omonatchi  bankka 
topshirgan  depozitlarga  hisoblangan  foiz  to‘lovlari  bilan  birgalikda  depozit  shartnomasi 
muddati  tugagandan  yoki  ayrim  hollarda  muddatidan  oldin  naqd  pullarni  olish  bo‘yicha 
talabini zudlik bilan qondirish lozim; 
–  banklar  omonatlarining  turlari,  shakllari  va  foizlari  bo‘yicha  reklama.  Bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  iste’molchi  har  qanday  xizmat  va  mahsulot  haqidagi  ma’lumotni 
asosan,  reklama  orqali  qabul  qiladi.  Reklama  ham  barchaning  e’tiborini  tortadigan 
darajada televidenie va radio orqali berilishi maqsadga muvofiq. 
YUqorida  qayd  etilganlardan  tashqari,  bank  depozit  bazasi  hajmi  va  uning 
barqarorligiga  bank  foiz  stavkalari  va  omonatchilar  oladigan  daromadlar  bevosita  ta’sir 
qiladi.  Quyidagi  jadvalda  bank  depozitlari  bo‘yicha  foiz  stavkalari  o‘zgarshining 
depozitlar taklifiga ta’sirining ssenariylari keltirilgan. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish