Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


  Bank  aktivlari  va  passivlarini  mutanosibligini  ta’minlashda  bank  likvidliligining



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
bank ishi

2.  Bank  aktivlari  va  passivlarini  mutanosibligini  ta’minlashda  bank  likvidliligining 
ahamiyati va ularni bank daromadiga ta’siri 
Aktivlar  va  passivlarni  boshqarishda  bank  aktivlari  likvidliligi  masalasini  ko'rib 
chiqish muhim hisoblanadi. Banklar samarali faoliyat  yuritishi va ularning ishonchliligini 


198 
 
ta'minlashga  erishish  uchun  banklarning  likvidliligini  qay  darajada  ekanligini  aniqlash 
juda  muhimdir.  Likvidlilik  bank  faoliyatini  tavsiflaydigan  asosiy  sifat  ko'rsatkichlaridan 
biri bo'lib, u bank tomonidan majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o'sishini 
ta'minlash  bilan  birga,  depozitlar  va  qarz  mablag’lari  darajasining  samarali  boshqaruvini 
bildiradi. 
2008  yildan  beri  davom  etayotgan  xalqaro    iqtisodiy-moliyaviy    inqiroz    davrida  
“leveraj”  ta'sirida  qimmatbaho  qog’ozlar  bozoridagi  “moliyaviy  pufak  ”  muammosining 
“bank  krediti  inqirozi”  shaklida  rivojlanishi  va  iqtisodiy-moliyaviy  inqirozning  kelib 
chiqishi ham  banklarning o'z aktiv va passivlarini  joylashtirishdagi “likvidlik/daromad” 
xatari  nisbatining  buzilishi  deya    baholanayotganligi  bunga  yana  bir  yorqin  misoldir. 
Tijorat  banklarida  “likvidlik/daromad”  xatarini  boshqarish  asosan  aktiv  va  passivlarning 
mos  va  optimal    shaklda  joylashtirilishiga    bog’liq.  Hech  bo'lmaganda,  kerakli  vaqtda 
,talab qilingan  miqdorda hamda    foydali  foiz  darajalarida  mablag’  topish  yoki  aktivlarni 
oshirish imkoniyati bo'lishi lozim. Demak, banklarning aktiv va passiv operatsiyalari bir-
biriga  o’zaro  mutanosib  bo’lib,  ularni  samarali  boshqaruv  mexanizmini  ishlab  chiqish 
banklar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Bank  faoliyatining  rivojlanishidan  ma'lumki,  bank  aktivlari  daromadliligi  va 
likvidliligi  bir-biriga  teskari  proportsional  ko'rsatkichlar  hisoblanadi.  Tijorat  banklaridan 
aktiv va passivlarini samarali boshqarish orqali likvidlik va daromadlilik muammosini hal 
etishlari talab etiladi.  
Tijorat  banklarida  “likvidlik/daromad”  xatarini  boshqarish  asosan  aktiv  va 
passivlarning  mos  va  optimal    shaklda  joylashtirilishiga    bog’liq.  Hech  bo'lmaganda, 
kerakli  vaqtda  ,talab  qilingan  miqdorda  hamda    foydali  foiz  darajalarida  mablag’  topish 
yoki aktivlarni oshirish imkoniyati bo'lishi lozim.  
Ko’pgina mamlakatlarda likvidlilik ko’rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv 
va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi. 
Fransiya  amaliyotida  tijorat  banklarining  likvidliligini  baholashda  ishlatiladigan 
koeffitsentlari  umumiy  talab  qilib  olingunga  qadar  muddatli  depozitlarning  (3-oygacha 
bo’lgani)  va  boshqa  resurslarning  aktivlarga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  U  yerda  bu 
koeffitsentning  hisoboti  nazorat  organlariga  har  kvartalda  taqdim  etiladi  ,bu  koeffitsent 
60% dank am bo’lmasligi kerak. 
Likvidlilikni ta’minlashda aktiv va passivlarni boshqarish strategiyalari quyidagilar:  
1.  Aktivlarni  boshqarish  orqali  likvidlikni  boshqarish  strategiyasi  odatda  mayda 
banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushhbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid 
mablag’lari  orqali  aktivlarni  transformatsiyalash  strategiyasi  likvidlilikni  boshqarshning 
arzon  yo’li  hisoblanmaydi.  Aktivlarni  sotilishi  bankning  kelgusi  daromadlarini 
yo’qolishiga  sabab  bo’ladi.  Shuningdek,  ko’p  aktivlarning  sotilishi  qimmatli  qog’ozlar 
bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission xarajat bilan bog’liq. 
Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank 
balansining  yomonlashuviga  olib  keladi,  ammo  bu  aktivlar  (  masalan,davlat  qisqa 
muddatli  obligatsiyalari)  ni  mavjud  bo’lishi  bankning  moliyaviy  faoliyati  barqaorligidan 
dalolar beradi. Aktivlarni sotilishi lozim  bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning 
bahosi  tushayotgan  davrga  to’g’ri  kelishi  bank  kapitalining  yo’qolishiga  sabab  bo’lishi 


199 
 
mumkin.  Bank  boshqaruvchilari  bank  kelgusi  davr    daromadlarini    muqobil  qiymatini 
minimallashtirish uchun birinchi navbatda minimal foyda potensialiga ega bo’lgan aktivlar 
sotilishini  ta’minlab  berishi  kerak.  Likvid  aktivlarning  salmog’i  oshib  borgan  sari 
bankning daromadlarini qisqarishiga olib keladi. 
2.  Pul  mablag’lariga  talabni  qondirish  likvid  qarz  mablag’laridan  foydalanish 
strategiyasi(passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi 
sifatida  ko’proq  pul  bozoridagi  qarz  mablag’lari  foydalanishadi.  Odatda  bu  strategiyani 
passivlarni  boshqarish  deyiladi.  Bunda    tijorat  banklari  o’zlarining  likvid  mablag’lariga 
bo’lgan talabni yirik miqdordagi deposit sertifikatlari va boshqa banklardan olgan kredit 
mablag’lari  orqali  ta’minlashadi.  Passivlarni  boshqarish  strategiyasi  orqali  ma’lum  bir 
muddat  uchun  qarz  mablag’lari  hisobiga  likvidlik  ta’minlanadi.  Bu  strategiyani  yirik 
banklar  amalga  oshirishiga  sabab,  banklarning  o’z  mablag’lariga  nisbatan  qarz 
mablag’larining  oshishi  va  bank  balansida  tez  pulga  aylana  oladigan  aktivlarning  yetarli 
darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsizlik riski paydo bo’lishi mumkin hamda 
bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira ololmasligi mumkin. 
3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasi 
riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar 
likvidlilikni  boshqarishni  aktiv  va  passivlarini  boshqarish  strategiyasini  tanlaydilar.  Bu 
strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan 
qimmatli  qog’ozlar  va  boshqa  banklardagi  depozit    ko’rinshlarida  saqlanadi,  shu  paytda 
likvid mablag’larga bo’lgan   boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit 
liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid 
mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi. 
Dastlab bank likvidliligi 2 ta nazariy yondashuvni o’z ichiga olar edi: 

  Bank  aktivlari  tarkibi-summasi,  muddati,  bank  passivlari  tarkibi-summasi  va 
muddatlariga  mos  kelishi  shart.  Bu  esa  amaliy  jihatdan  tijorat  banklari  o’z 
likvidliligini  boshqarish  bo’yicha  faol  siyosat  yuritishga  yo’l  qo’ymas  edi.  Ushbu 
berilgan nazariy asoslar natijasida bankning “oltin qoida” si kelib chiqdi, ya’ni bank 
moliyaviy  talablari  hajmi  va  muddati  bank  majburiyatlari  hajmi  va  muddatlariga 
mos kelishi shart; 

  Bank  balans  aktivlar  va  passivlar  tarkibi  real  mos  kelmasligiga  asoslangan,  xatto 
eng  qudratli,  moliyaviy  barqaror  tijorat  banklari  ham  bankrotlik,  moliyaviy  va 
iqtisodiy  inqirozlardan  va  boshqa  mojorolardan  sug’urtalanmagan.  Bu  rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tgan davlatlarga xos hisoblanadi. 
Tajribadan  shu  narsa  ma'lumki,  ayrim  tijorat  banklari  yuqori  daromadni  ko'zlagan 
holda  talab  qilib  olgunga  qadar  va  qisqa  muddatda  qo'yilgan  omonatlar  hisobidan  kredit 
berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan 
mablag’larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o'z majburiyatlarini 
muddatida bajarish imkoniga ega bo'lmaydi. Buning natijasida bank o'z to'lov qobiliyatini 
yo'qotadi.  Bunday  holat  bankning  o'z  faoliyatiga  salbiy  ta'sir  ko'rsatibgina  qolmasdan, 
balki  omonatchilarning  moliyaviy  ahvoliga  ham  salbiy  ta'sir  ko'rsatadi.  Bank 
operatsiyalarini  bajarish  bo'yicha  litenziyasi  tortib  olingan  banklar  bunga  yaqqol  misol 
bo'la oladi. 


200 
 
Mazkur  holatlarga  yo'l  qo'ymaslik  maqsadida  bank  amaliyotida  aktiv  va  passiv 
mablag’larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o'rnatildi. Bu to'g’rida jahon 
bank  tajribasining  «bankning  oltin  qoidasi»  deb  nomlanuvchi  qoidasi  amal  qiladi.  Unga 
binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va 
muddatlariga muvofiq kelishi shart. 
Tijorat  banklari  aktivlarining  sifatini  tavsiflovchi  asosiy  ko'rsatkichlardan  biri  - 
aktivlarning daromadliligi ko'rsatkichi hisoblanadi. Aktivlar daromadliligiga ta'sir qiluvchi 
asosiy  omillardan  biri  aktivlar  tarkibida  daromad  keltirmaydigan  aktivlar  salmog’ining 
o'zgarishi hisoblanadi. 
Banklar  faoliyatini  nazorat  qilish  jarayonida  aktivlar  darmadliligining  o'zgarishi, 
aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o'zgarishi asosiy nazorat 
ob'ektlari sifatida e'tiborga olinishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatida kreditlar eng ko'p daromad  keltiradigan aktivlardan biri 
hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu aktivlarni ko'zdan kechirish va tahlil qilish jarayoni muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Inspektorning  bu  yo'nalishdagi  dastlabki  vazifalaridan  biri  -  kredit 
portfelining umumiy holatini tahlil qilish va joriy yoki potensial muammolar manbalarini 
aniqlashdan  iborat.  Aktivlar  sifatining  tahlilida  asosiy  e'tibor  aktivlarning  qaytishiga 
qaratiladi. 
Shu  o'rinda  tijorat  banklarining  reytingiga  baho  beruvchi  kompaniyalar         
tomonidan  tijorat  bankining  ma'lum  davr  ichidagi  faoliyati  yakuniga    baho  berish 
emas,balki  mavjud  aktiv  va  passivlarning  joylashtirilishiga    va  bankning  kelajak 
faoliyatida kutilayotgan risklar  darajasining yuqori yoki pastligiga qarab, bank faoliyatiga 
barqaror  deb baho berish muhimroqdir. 
Tijorat  banklarida  daromadlilik  darajasini  oshirish  bevosita  aktivlarni  samarali 
joylashtirishga bog’liq bo’lganligi sababli, aktivlar bilan bog’liq risklarni baholash muhim 
masalalardan  hisoblanadi.  Tijorat  banklarida  aktivlar  riskliligini  yuzaga  kelishining  bir 
qator  sabablari  mavjud.  Ular  qatoriga  bank  ichki  siyosatida  aktivlarni  samarali 
joylashtirish    bo’yicha  talablarning  yetarli  emasligi;  bank  tomonidan  marketing 
tadqiqotlarini  to’g’ri  yo’lga  qo’yilmaganligi;  bankda  kredit  ajratilayotgan  loyihalar, 
obyektlar va mijozlar, ularning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ma’lumot va axborotlarning 
to’liq  emasligi;  kreditlanayotgan  tarmoqlar  faoliyati  xususiyatlarini  yetarlicha  tahlil 
qilinmasligini kiritish mumkin. 
Xorijiy  tadqiqotchilar  tomonidan  o’tkazilgan  tahlillar  talab  qilib  olinguncha 
depozitlar  ko’proq  barqaror  emasligini  ko’rsatgan.  Depozitning  mazkur  turi  foiz 
stavkasiga  bog’liq  emas.  Ularning  tahliliga  ko’ra,  jamg’ariluvchi  va  muddatli  depozitlar 
yuqori darajadagi barqarorlikka ega. Bu turdagi depozitlarning ma’lum bir bankda mavjud 
bo’lishiga  foiz  stavkasining  miqdori katta  ta’sir ko’rsatadi.  Shuning uchun  bu  depozitlar 
har xil banklar tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkalarining ma’lum bir tebranishlari yuz 
bergan holda, migratsiya ta’siri ostida bo’ladi. Shu bilan birga bank likvidliligi banklararo 
kreditlardan  tashkil  topgan  tashqi  manbalardan  bog’liq  bo’lishi  bilan  ham  asoslaniladi. 
Banklararo  kreditning  belgilangan  miqdorda  mavjud  bo’lishi  bank  likvidliligiga  xavf 
solmaydi, balki likvid aktivlarga bo’lgan qisqa muddatli tanqislikni bartaraf etish imkonini 


201 
 
beradi. Lekin banklararo kreditlar jalb qilingan resurslar tarkibda asosiy o’rinni egallasa, 
banklararo bozordagi salbiy konyuktura bankni inqirozga uchratishi mumkin. 
Aktivlarni  passivlar  bilan  miqdori  va  muddati  bo’yicha  mos  kelishi  bank 
likvidliligiga  jiddiy  ta’sir  qiladi.  Bank  o’z  mijozi  oldidagi  majburiyatlarni  bajarishda 
omonatchilar  tomonidan  taqdim  qilingan  mablag’larning  muddati,  shu  mablag’ni 
invistitsiya  qilish  muddatiga  mutanosib  bo’lishi  lozimligi  yuzasidan  kelishib  olganligini 
anglashi  lozim.  Jalb  qilingan  resurslar  hisobiga  ishlayotgan  banklar  tomonidan  bu 
qoidaning inkor qilinishi kreditorlari oldidagi majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajara 
olmaslik holatidga olib keladi. 
Tijorat  banklarida  likvidlilk  riskini  samarali  boshqarish  turli  muddatlarda 
qaytadigan aktivlar va to’lanadigan majburiyatlarning mutanosibligini tahlil qilish muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  aktiv  va  passvlarni  turli  davr  oraliqlariga  ajratgan  holda 
ularning qaytish muddatlari bo’yicha tahlil qilinadi.  
Tijorat  banklari  likvidliligini  ta’minlash  va  uni  oqilona  boshqarish  asosida  bank 
aktivlari  va  majburiyatlar  oqimini,  ya’ni  bank  mablag’larining  manbalari  va  bu 
mablag’lardan  foydalanish  muddatlarini  muvofiqlashtirish  yotadi.  Tijorat  bankining 
likvidlilik  bo’yicha  menejeri  ikkala  oqimining  o’zgarishini  oldindan  ko’ra  bilib 
rejalashtirishi va natijada, likvid mablag’larning taklifi va ularga bo’lgan talab o’rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadigan bankning sof likvid pozitsiyasiga intilishi lozim. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish