Toshkent moliya instituti "bank hisobi va audit" kafedrasi


Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Download 9,69 Mb.
bet52/332
Sana09.07.2022
Hajmi9,69 Mb.
#763094
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   332
Bog'liq
2 5341458089377795259

4.2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko’rinishidagi harakatlarining yig’indisidir. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag’larining naqd ko’rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo’lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSh va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to’lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lovlar rivojlangan.
Muomiladagi naqd pullar. FZT naqd pullarni chiqaradi. (Bu kulrang yashil qog’oz bo’laklari yuqori qismida "Federal Reserve Note" yozuvi bo’ladi ). Muomiladagi naqd pullar –bu aholi qo’lidagi naqd pullar hajmi. (Depozit tashkilotlarining seyfidagi naqd pullar markaziy bank passivi, lekin rezerv pul hisoblanadi.)47
Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo’lib, taxminan 5 – 12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi.
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko’rsatiladi:
1) moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi;
2) bozor qatnashchilarining mablag’larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;
3) ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;
4) nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi;
5) pul mablag’lariga egalik qilishning legitimligi.
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga oshiriladi:
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to’g’risidagi yo’riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo’lib hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o’zlarining naqd puldagi mablag’larini tijorat banklarida saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida nima maqsadda naqd pul olinayotganligi ko’rsatiladi.
To’lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to’lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud:

  1. Kalendar ketmaketlik.

  2. Maqsadli ketmaketlik.

Kalendar ketma – ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo’lgan bo’lsa, o’sha to’lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo’llaniladi.
Maqsadli ketma-ketlikda to’lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to’lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladi.
Har qanday pullik to’lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag’lari hisobiga to’lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSh bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O’zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi.
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:

  1. Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo’lgan qo’shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko’payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro” vakillik hisob raqamining qoldig’i ana shu summaga kamayadi.

  2. Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo’lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo’ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta’minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan echib oladi.

Naqd pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Naqd pul aylanmasi – bu pullarning naqd shakldagi harakatlari yig`indisidir. Naqd pul aylanmasi tarkibi va qism umumiy nom bilan iyrarxik qism deyiladi.
1. Markaziy bank va tijorat banklar o’rtasidagi naqd pul aylanmsi.
Davlat budjetining kassa ijrosi bilan bog`liq naqd pul aylanmasi Markaziy bankning tuman va shahar filiallari bo’lmaganligi sababli u davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda tijorat banklarinig xizmatlaridan foydalanishga majbur. Moliya vazirligi davlat budjeti xarajatlari naqd pullik ta’minotining tijorat bankining NOSTRO hisob raqamiga naqd pulni tashlab beradi. Markaziy bank tijorat bankiga budjet xarajatlariga naqd pullik ta’minotiga inkassatsa xizmati orqali yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pullik ekvivalenti tijorat banklarining NOSTRO vakillik hisob raqamidan olib qo’yiladi.
2. Tijorat banklari o’rtasidagi banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi naqd pullik aylanmasi. Barcha naqd pul ko’rinishidagi pullarini tijorat banklariga topshirishlari shart.Tijorat banklari o’z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi (Ish haqi, mukofot, mehnat ta’tili pullari va boshqalar):
a) Naqd pulning tijorat banklari uchun daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu sababli bank kassasidagi ortiqcha pullarni unga muxtojlik sezayotgan banklarga foiz hisobiga sotadi;
b) Banklar mijozlarga kassa xizmati ko’rsatadi ya’ni, ularning naqd pullarini qabul qiladi va ularga naqd pul beradi;
3. Korxonalar, tashkilotlar va aholi o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Bunda korxona tomonidan aholiga ish haqi, stependiya, pensiya, nafaqa, dividentlar, sug`urta qoplash summalari kabi to’lovlarni amalga oshiriah bilan bog`liq bo’lgan naqd pul aylamasi ko’zga tutiladi.
4. Aholi o’rtasidagi naqd pul aylanmasi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lganligi sababli, tovar pul munosabatlarida to’lovsizlik muammosi mavjud emas.
M2
MK =

Download 9,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish