Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 % gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 %dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik o`sish sur’atlari 100 % dan ko`p bo`lib ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi. Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, chet el valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya sur’atlari 1985 yilda Boliviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham geperinflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya darajasi eng yuqori cho`qqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan87. Inflyatsiyaning kelib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an’naviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadii. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri keladi.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib boradi. G’arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baxolarning o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baxolar o’sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlang’ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baxolar o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sish sur’ati hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar baxosi yig’indisi, ya’ni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, ya’ni bozor savati baxosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.
=
Bunda
-joriy yilda baxolar indeksi
- bazis yildagi bozor savati baxosi
- joriy yildagi bozor savati baxosi
Baxolar indeksini hisoblashda iste’mol tovarlar baxosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda baxolar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflyatsiya deb nomlansa, “ Baxolar darajasining oshishi”dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya’ni baxolar darajasining kamayishidan dalolat beradi.
Aytaylik, bazis davr 2010- yil bo’lsin (baxolar darajasi 100% deb olamiz) va 2015 –yilda baxo darajasi 400. Demak 2010-2015- yillarda baxolar 4 marta yoki 300% ga oshgan, yoki 2010- yilda biror Tovar 100 so’m bo’lsa, 2015-yilda shu tovar 400 so’m turadi.
Iste’mol tovarlar baxosi indeksidan tashqari ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar bo’yicha baxolar indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baxolar indeksidan bazis davr baxolar indeksini chegirib, bazis davr indeksiga bo’lamiz.
Masalan, 2005- yilda iste’mol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda 140 bo’lsa, 2007-yilda inflyatsiya sur’ati quydagicha aniqlanadi.
Inflyatsiya darajasi =
Demak, 2007-yilda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari taxminan 27.3% teng bo’lgan. Inflyatsiyaning o’sish sur’atlari to’g’risida gapirganda, uning rivojlanishining boshqa yo’li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>> deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma’lum bo’lsa, baxolar ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun 70ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo’lsa , baxolar darajasi 14 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo’lsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak.
Iste’mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari ham mavjud.
Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni yetkazish, soliq va boshqa qo’shimcha ustamalarsiz sof o’z qiymatida ifodalanishini bildiradi, PPIning ko’rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko’rsatkichidan oldinroq bo’ladi.
Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va xarjatlarning o’sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblash usulidir.
YaIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhi narxlarini o’zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli.
Paashe indeksi-joriy yildagi iste’mol xarajatlarining o’tgan yilda huddi shu assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan inflyatsiyaning o’sish sur’atlari yuqori (har kuni, oyda o’zgarib boradigan ) bo’lsa, qulay hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg’armalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to’g’ri aniqlab berishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |