Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda namoyon bo’lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib, sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadiigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg’arma va iste’mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQShda 1-2%ni tashkil etgan. Oxirgi yillarda bu ko’rsatkich yuqori bo’lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli ko’rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin o’sgan bo’lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o’sib ketdi. 1982 -1990 yillarda inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.85
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba’zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.86 Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda bo’lmasdan, sakrab turadigan bo’lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to’liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to’g’risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to’g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba’zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi mumkin.
O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadii, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSh da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Evropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |