Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora- tadbirlar amalga oshiriladi.
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda pasaytirib ko'rsatiladi, mamlakatda qattiq pul-kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq malumotlarga ega bolmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan о‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi kotariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlaming bahosi nomutanosib ravishda tez kotarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya j arayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholaming muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab boladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari
Inflyatsiya - pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani
vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ulami ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib tolov balansi kabilami kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslaming o‘zgarishi kabilami keltirish mumkin.
Talddlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini baj argan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bolmagan. Metall pullar о‘mini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bogliq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o'zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy - siyosiy omillar ham sabab boladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul-kredit siyosatiga aholi ishon- chining pasayishi va boshqalar sabab boladi.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haj mi va sifatining pastligi, byudjet - soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab boladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib ota boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga malum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi o‘z- o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlami qamrab oladi, uning ta’sirida jamg'armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab - mamlakatda bozor mexanizmlarining toliq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibni joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bolgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo'shimcha pullar chiqarish yoli bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sababi - asossiz ravishda ish haqi va boshqa tolovlaming oshirilishi, ushbu tolovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ko‘zda tutilmagan bolsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlaming bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |