Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan malum boladi. Buning ijobiy jihati shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan malum boladi. Buning uchun davlat, yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga moljallangan rejalarini oldindan tuzib, shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |