Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet45/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Esdalik tangala ri. Markaziy bank tomonidan turli yubiley sanalari va boshqa shaxslarga atab esdalik tanglari ham chiqarilgan. Jumladan, qimmatbaho




bolmagan metallar — nikel bilan qoplangan polatdan Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga atab 25 so‘mlik (1999), Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga atab 50 so‘mlik (2002), Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab ikki xil 100 so‘mlik (2009), O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga atab 500 so‘mlik (2011) esdalik tangalari katta tirajda chiqarilgan va real muomalaga ham kiritilgan.

2001 yilda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilliga atab 100 so‘mlik jez tanga chiqarilgan;

Tilla qoplangan qimmatbaho bolmagan metallardan ishlab chiqarilgan tangalar:

1994 — Mirzo Ulugfaek tavalludining 600 yilligiga baglshlangan 1 so‘mlik tanga;

1994 — O‘zbekiston Mustaqilligining 3 yilligiga bag‘ishlangan 10 so‘mlik tanga;

1999 yilda chiqarilgan «Buyuk siymolar» seriyasidagi kumush tangalar (1999):

Ularning barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm oglrlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan. Tangalarda Abu Ali ibn Sino, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mu so al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Amir Temur, Alisher Navoiy siymolari tasvirlangan.

«O‘zbekiston mustaqilligiga 10 yil» seriyasidagi kumush tangalar (2001). Bu tangalaming ham barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm oglrlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.

Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi fonida mash’ala ushlagan sportchi tasvirlangan.






Bundan tashqari, turli yillarda biror seriya bilan umumlash- tirilmagan, 10, 50, 100 so‘mlik kumush tangalar cheklangan muo- malaga chiqarilgan. Tilla qoplangan kumush tangalar 1996 yilda — 50 so'mlik Mustaqillikning 5 yilligiga atab, 100 so‘mlik pul Amir Temurning 660 yilligiga atab chiqarilgan. Albatta, ular keng muomalaga chiqmagan va numizmatlar kolleksiyasidan o‘rin olgan. 999 sifatdagi, 31,1 gramm sof oltindan 1997 yilda ishlab chiqarilgan cheklangan seriyadagi 100 so4mlik tanga Amir Temurga atalgan.

Markaziy bank va Kun uz materiallari asosida tayyorlangan. (cbu. uz/uzc/banknoty-i-mone ty/banknoty) (kun. uz/news/2018/02/26/)

Bobga oid savollar



  1. Nima uchun mustaqillikni dastlabki davrida O‘zbekistonda erkin pul-kredit siyosatini amalga oshirish mumkin emas edi?

  2. Mustaqillikning dastlabki davrida “rubl zonasida” qolishning obyektiv zarurligi?

  3. “Rubl zonasida” hisob-kitoblar amalga oshirilganda qanday muammmolar vujudga keldi va ulami bartaraf etish boyicha qanday choralar ko‘rildi?

  4. Rossiya Davlat banki naqd pullar bilan ta’minlashda qanday talablar qo^di?

  5. O‘zbekiston pul tizimini tashkil topishi qaysi bosqichlami o‘z ichiga oladi?

  6. Qachon va nima maqsadda muomalaga oraliq “so‘m - kupon”lar kiritildi?

  7. Milliy valyuta “sohi” muomalaga qachon va qanday tartibda kiritildi?

  8. Muomalaga kiritilgan milliy valyuta “so‘m” oraliq “so‘m - kupon” larga qanday nisbatda ayirboshlandi?

  9. “So‘m - kuponlar” va milliy valyuta “so‘m” qancha vaqt davomida va qachon parallel ravishda muomalada boldi?

  10. O'zbekiston pul tizimi elementlari va ulaming amal qilishi.

Bobga oid testlar

  1. O'zbekistonda 1991 - 1993 yillarda nima uchun mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirishning imkoni yo‘q edi?

  1. Bank tizimi rivojlanmagan edi.

  2. Muomalada sobiq ittifoq va Rossiya rubllari yetishmaganligi sababli.

  1. Milliy valyuta joriy etilmaganligi tufayli.

  2. Pul-kredit siyosati ishlab chiqilmagan edi.

  1. O'zbekiston Respublikasi pul tizimini shartli ravishda nechta bosqichga ajratish mumkin?

  1. 2 ta.

  2. 3 ta.

  1. 4 ta.

  2. 5 ta.

  1. O'zbekiston pul tizimining tashkil topishini birinchi bosqichi qaysi davmi o'z ichiga oladi?

A. 1991yil sentayabrdan 1994 yil iyulgacha bolgan davr.

В. 1993 yil noyabrdan 1994 yil 1 iyulgacha bolgan davmi.

  1. 1994 yil 1 iyuldan 1994 yil 31 iyulgacha bolgan davmi.

  2. 1991 yil sentyabrdan 1993 yil noyabrgacha bolgan davmi.

  1. Oraliq “so‘m kupori’lar qachon muomalaga kiritildi?

  1. 1993 yil 1 yanvardan.

  2. 1993 yil 1 oktabrdan.

  1. 1993 yil 15 noyabrdan.

  2. 1994 yil 1 iyuldan.

  1. Oraliq “so‘m kupon” muomalada qachongacha to‘lov vositasini bajardi?

  1. 1994 yil 1 iyulgacha.

  2. 1994 yil 1 avgustgacha.

  1. 1994 yil 1 yanvargacha.

  2. 1995 yil 31 iyungacha.

  1. Milliy valyuta so‘m va oraliq «so(m kupon»lar qanday nisbatda almashiirildi?

  1. 1:500.

  2. 1:1000.

D. 1:1500.

E. 1:2000.

  1. O'zbekiston hududida qanday davrda uch turdagi valyuta muomalada to‘lov vositasini bajardi?

  1. 1993 yil noyabr.

  2. 1994 yil iyul.

  1. 1993 yil dekabr.

  2. 1994 yil sentyabr.

  1. Sobiq Ittifoq respublikalari qaysi paytdan boshlab milliy valyutalami muomalaga kirita boshladi?

A. 1993 yil iyul - avgust.

В. 1992 yil yanvar - fevral.

  1. 1992 yil may - iyun.

  2. 1992 yil iyul - avgust.

  1. Rossiya Federatsiyasining yangi namunadagi banknotalari to‘lov vositasi sifatida amal qilishi qachon bekor qilindi?

  1. 1994 yil 1 iyuldan.

  2. 1994 yil 15 apreldan.

  1. 1993 yil 15 noyabr.

  2. 1991 yil avgust.

  1. Quyidagidlardan qaysi biri O‘zbekiston pul tizimi elementlari hisoblanmaydi?

  1. Pul birligi so‘m.

  2. Baho masshtabi talab va taklif asosida belgilanadi.

  1. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solinadi.

  2. Qat’iy belgilangan valyuta kursi.

  1. BOB. INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI
    KURASHISH YO‘LLARI


  1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari

Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullaming mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan bin hisoblanadi. “Inflyatsiya” termini - lotincha sc/zdan olingan bo Tib - “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”, “ko'pchigan” kabi ma’nolami anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullaming sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlaming bahosini o‘sib borishini anglatadi.

Inflyatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 - 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qogbz pullami emissiya qilishi sabab boldi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillaming oYtalaridan keng miqyosda paydo boldi.

Biroq, shuni takidlash joizki, inflyatsiya natijasida pullaming qadrsizlanishi, ulaming tolov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalaming zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab darajasidan past bolgan haqiqiy qiymatga ega bolmagan tanga pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI asrda metall tangalaming tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan ko‘prog‘ini oddiy

metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bolmagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. O‘rta asrlarga kelib, ko'pchilik davlatlaming hukumdorlari kumush tangalami mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallami tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullaming tolov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.

Muomalada qog‘oz pullaming paydo bolishi natijasida tanga - pul bilan bogliq inflyatsiya muammosi qogbz - pulga o‘z o^mini bo'shatib beradi. Davlatning buijuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida oYta asrlarda pul muomalasida paydo bolgan muammolami barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar boldi.

XVIII - XIX asrlarda va XX asming boshlarida birinchi jahon uru shiga qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bolib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyatsiya muammosi Fransiyada - 1789 - 1791 yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davrida, Angliyada Napoleon bilan urush davri - XIX asming boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.

Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod bolishi va qog‘oz pullaming oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining inflyatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum boldi. Shu davrdan boshlab, inflyatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bolgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon bola boshladi.

Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholaming o‘rtacha ko^arilishi

sifatida37, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini t a Tddlay dilar38 7.

Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 1930 yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullami chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” tolishi yuz beradi, bu o‘z navbatida inflyatsiyaga olib kelishi talddlandi, 1940 yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog‘oz pullar tolov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.

1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‘p omilli ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar.

Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar 0‘zlarining fikrlarini bildirishgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari V.A.Shegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ulaming bahosini o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.”39, deya takidlaydilar.

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh.Abdullaeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy mohiyati -muomalada mavjud bolgan tovarlar va ulaming bahosiga nisbatan ko*p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi40.

Guvohi bolganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyatsiya - bu

tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qog'oz va tanga pullaming sotib olish qobiliyatining pasayishidir”.

Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyatsiya sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli tovarlar va xizmatlar massasi bilan ta’minlanmasligi natijasida ulaming bahosi ortsagina bunday holat inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi paydo bolmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib ketishi natijasida bozor kon’yukturasining 0‘zgarishi, ya’ni bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya mavjudligini anglatmaydi. Bunday holatda baholaming ortishi noinfilyatsion omillar ta’siri natijasida paydo boladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslaming taqchilligi natijasida ulaming bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi kabilar shular jumlasidandir.

Umuman olganda, talddlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi muomalada pul mablaglari hajmining haddan ortiq ko‘payishi natijasida pul muomalasi bilan bogliq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va xizmatlar umumiy bahosining sezilarli sur’atlarda о‘sib borishida (1), tovarlar va xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlaming milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni ulaming xorijiy valyutalami jamg‘arishga bolgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining pasayishida (4), mablaglami ko‘chmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va xizmatlaming baholarini boshqa barqaror pul birliklariga boglab aniqlash kabilarda namoyon boladi.

Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yollari mavjud bolib, ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyatsiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.





IBI

JDIKB
O‘DIKB

x 100% (1)




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish