Sudraluvchan inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 - 8 foiz miqdorida o‘sishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyatsiya juda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bolib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Shiddatli inflyatsiya davrida baholaming darajasi yil davomida 20 foizdan 200 foizgacha o‘sadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir sezilib boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o‘z mablaglarini ko'chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlaming barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |