Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet55/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida kapitalning aylanish davrining turlichaligi. Malum bir tovami ishlab chiqarish davri bir necha soatni tashkil etsa, boshqa bir tarmoqda bu davr (P-T-I/Ch-T1-?1) bir necha oylar hattoki yillarni tashkil etishi mumkin. Bu sharoitda qaysi tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish davri qisqa bolsa ular bozorda sotuvchi sifatida tayyor, lekin boshqa bir tarmoqda ishlab chiqarish davri uzoqroq davom etsa ular bozorda sotib oluvchi sifatida tayyor bolmaydi. Bu sharoitda ular tovarlami kredit hisobidan sotib olishga yoki banklardan kredit olib mahsulot sotib olishga maj- burdirlar.

IkJdnchidan, kapitalizmga kelib ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmining keskin oshishi. Masalan, mehnat taqsimotining dastlabki davrlarida bir etikdo‘z bir juft etik tiksa uni kreditsiz bemalol sotishi mumkin edi. Biroq kapitalizm sharoitida oyoq kiyim fabrikasida bir kunda bir necha yuz minglab etik ishlab chiqarila boshladi. Bu esa o‘z navbatida mahsulotning bir qismini kreditga sotish zaruriyatini vujudga keltirdi.

Uchinchidan, kapitalizm davrida mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasidagi masofaning uzayishi. Awallari etikdo‘z tikkan etigini shu kunning o‘zida sotgan bolsa, endi bir mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa davlatlarda sotilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchining mahsuloti sotilgunga qadar (P-P1) malum bir davmi talab etadi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi tovarlami sotguncha o‘z faoliyatini yuritib turishi uchun kreditdan foydalanishga majbur boladi.

Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlaming barcha bo‘glnlarida bevosita yoki bilvosita alohida ijtimoiy- iqtisodiy jarayon sifatida o'rganiladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so‘zi lotincha “creditum” - ssuda, qarz so'zidan paydo bolganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd etadi43. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan subyektlaming bir-biriga bolgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi.

Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o‘zi yetarli bolmaydi. Kredit va

kredit munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga unday di. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bolsak, kreditomi ushbu muno- sabatlami rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’miniash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.

Bundan ko'rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

  • kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlaming iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz tolovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega boladi;

  • iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglar ssuda kapitali sifatida jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi. Bunda ayrim tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglari vujudga kelsa, boshqalarida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu jarayon kredit orqali tartibga solinadi;

  • ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo'shimcha moliyaviy resurslarga bolgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi.

Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bolsak - kapital muomalasi va aylanishi yotadi.

Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular yuqorida talddlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.

Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflami shakllantirgan. Xususan, Shegorsov V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, “Kredit - qaytarish va tolov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablagi yoki moddiy buyum koiinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifl shakllantirilgan44.

Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq, ulaming fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlaming bir koiinishi bolib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlami aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon boladi. Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga kelish asosiga e’tibor qaratish lozimligi talddlanadi45.

Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar “Pulli (tovarli) kredit tolov asosida amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‘zaro harakatining yigindisir.”, degan ta’rifni berishgan 46.

0‘zbekistonlik iqtisodchilardan professor

Sh.Abdullayeva tomonidan nashr ettirilgan darslikda: “Kredit - bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablaglarini pul egasi yoki boshqalar tomonidan malum muddatga, haq tolash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yigindisidir” tarzidagi ta’rif berilgan47.

Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ко limb turibdiki, bu borada iqtisodchi olimlarning fikrlari

bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu bois, “Kredit - tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, to'lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum ko‘rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy kategoriyalaming bir shaklidir” tarzidagi ta’rifni shakllantirishga jazm etdik.

Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va toliqroq ochib berishda uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning subyektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. Kreditning subyektiv mohiyati bir-biriga bogliq bolgan “kreditor” va “kredit oluvchi”mng munosabatlarida namoyon boladi.

“Kreditor” va "kredit oluvchi” o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlaming asosida tovar-pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablaglaming mayjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir-biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir-biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish