Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar


Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968-1971 y.)



Download 2,71 Mb.
bet136/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Bretton Vuds tizimining barham topishi
(1968-1971 y.)


Yevropada dollar massasining ortib borishi va AQShda oltin zaxiralarini kamayishi, London va Syurixdagi erkin oltin bozorlarida oltinrring unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish AQShga qiyinchiliklar tug'dira boshladi. Mamlakatlar oYtasida Bretton - Vuds tizimining qoidalari kelishilganda ushbu narx (oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil etgan.

Amerika fuqarolariga 1934 yilda oltinga egalik qilish ta’qiqlangan bolib, boshqa davlat fuqarolari oltin quyma va oltin tangalarga qonuniy egalik qilishi mumkin bolgan. Ulaming dollami oltin bilan soYidirish imkoniyati faqat erkin bozorda 35 dollarga sotish orqali amalga oshirilgan. Amerikadagi inflyatsiya darajasining o‘sishi, dollaming yanada qadrsizlanishi natijasida AQSh tolov balansidagi

kamomad o‘sdi, oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin bozorda faol ravishda oltin xarid qilar edi. O‘z navbatida AQSh, London va Syurix erkin oltin bozorlaridagi oltin narxini belgilangan miqdorda ushlab turish uchun qisqarib borayotgan oltin zaxirasidan berishga majbur boldi.

Erkin oltin bozoridagi dollarga bolgan ishonchsizlik, 1968 yilning mart oyida AQSh tomonidan mayjud pul tizimga o‘zgartirishlar kiritishiga olib keldi. Ya’ni, amaldagi tizimni saqlab qolish maqsadida, oltinni erkin bozordagi faoliyatini to^tatish zarur degan xulosaga keldi. Shunday qilib, “ikki pog‘onali oltin bozori”: oltinni erkin bozori - mustaqil va mamlakatlar Markaziy banklarining oltin hisob-kitoblari - mustaqil faoliyat yurita boshladi. AQSh taklifiga binoan oltinning erkin bozor bahosini belgilangan 35 dollar miqdorida xarid qilinishi rad etildi. Shu bilan birga, barcha davlatlar oltin unsiyasi uchun 35 dollar miqdomi abadiy belgilangan narxda bolishiga kelishib oldi.

Mamlakat Markaziy banklari va Hukumatlari “tashqi” (erkin) bozordan oltinni sotish va sotib olishdan bosh tortdi, natijada oltin Markaziy banklar o‘rtasidagi hisob- kitoblarda hisob birligi (1 unsiya = 35 doll) sifatida qollanila boshladi. Oltinning erkin bozori ham umumiy pul tizimiga aloqasi bolmagan holda rivojlandi.

Ikki pog‘onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, AQShni yangi zaxira qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi fikrini ilgari surdi va maxsus huquq beruvchi birlik (SDR)ni muomalaga kiritish masalasi ko‘rildi.94

Amerika bunday birlikni kiritish orqali oltinning о‘mini bosuvchi yangi qog‘oz pul shaklidagi jahon valyutasini joriy etish bolgan. SDRni amaliyotga joriy etish va uni emissiya qilish huquqini Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va uni jahon valyutasiga aylantirish xususida, ilgari surilgan tizimni barpo etish orqali AQSh boshqa davlatlar bilan birlashgan holda pul taklifini yanada oshirish imkoniyatiga ega bolar edi. Bu tizimni joriy etish, albatta dunyo iqtisodiyotining izdan chiqishiga jiddiy xavf tug‘dirdi.




94

Special drawing rights.



SDR amaliyotini tarqalishiga qarshilik koYsatayotgan G'arbiy Yevropa va qattiq valyutaga ega bolgan mamlakatlar AQSh valyuta zaxiralarining sezilarsiz miqdorini tashkil etgan.

Qog‘oz pullar nazariyasini qollab-quwatlagan Milton Fridman ham o‘z qarashlarida jahon valyuta tizimidan oltinni butunlay bekor bolishini ilgari surgan. Ya’ni, Bretton - Vuds tizimi joriy etilganda, AQShning yetakchi ekspertlari sanoatda dollarga talab ortishi natijasida oltin narxini 10 dollargacha pasayishini taxmin qilishgan. Lekin, ushbu tizimni mukammal ishlashi uchun dollar inflyatsiyasini belgilangan me’yor da saqlash lozim edi. 1973 yilning boshlariga kelib, oltinning bir unsiyasi 125 dollargacha kolarildi.

Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQShning taklifiga asosan ikki pog'onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton - Vuds tizimining faoliyat yuritish muddatini bir necha yilga cho‘zishga xizmat qildi. Chunki, inflyatsiyaning o‘sishi oqibatida Amerikaning tolov balansi kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib bordi. Yevropa Markaziy banklari hisobvaraqlarida esa, “yevrodollar”lar miqdori ortib bordi. O‘z navbatida erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin narxini ortishiga va dollarga bolgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. Endilikda, oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan edi. Bu o‘z navbatida awaliga erkin oltin bozori faoliyatini, keyinchalik Bretton - Vuds tizimini batamom to'xtashiga olib keldi.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish