Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
Xalqaro hisob-kitoblar - turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar natijasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlami tartibga solish usullaridir. Mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalaming asosiy hajmi xorijiy valyutalami ko‘chirish, ya’ni xalqaro hisob- kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklaming xorijiy mamlakatlardagi bolimlari yoki xorijiy
banklar bilan o‘matilgan vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik munosabatlari) foydalaniladi.
Korrespondent munosabatlarda “loro” (xorijiy banklaming mahalliy banklardagi), “nostro” (mahalliy banklaming xorijiy banklardagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarda qollaniladigan korrespondent hisobraqamlar ochilganda banklar o‘rtasida ushbu hisobraqamlar boyicha hisob- kitoblami amalga oshirish tartibi, komission tolovlaming miqdori, sarflangan mablaglami toldirish yollari va boshqa masalalami bajarish haqida o‘zaro kelishuv tuziladi.
Banklar xalqaro hisob-kitoblami o‘z vaqtida va toliq amalga oshirish maqsadida likvidli valyutalarda zarur miqdordagi valyuta pozitsiyalami taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e’tibor amalga oshiriladigan hisob- kitoblami belgilangan muddat va miqdorda to lab berishga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan malumki, xalqaro hisob- kitoblami amalga oshirayotgan banklar “nostro” hisobvaraqalari boyicha tegishli valyutada daromad olish, shuningdek, ushbu mablaglami jahon ssuda kapitali bozorlarida valyutali aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda banklaming faoliyati tegishli mahalliy va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi. Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari milliy valyutasi tolov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga qadar funt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trattallar) xalqaro hisob-kitoblar boyicha operatsiyalaming 80 foizini bajardi.
Mamlakatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va ulaming iqtisodiyotini rivojlanishida o‘zaro mutanosiblikning vujudga kelishi bois, angliya funt sterling! xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga, 1999 yilarning boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga etdi, 2000 yillaming boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki va boshqa etakchi mamlakatlar milliy valyu talari xalqaro tolov vositasi sifatida foydalanila boshlandi, natijada AQSh dollarining xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Takidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan ayrim hisob-kitoblarda 1970 yildan SDR (spetsialnie prav zaimstvo vaniya), 2000 yildan solig evro faol qollanila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitoblaming rivojlanishi natijasida oltinni tolov vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob- kitoblardan, balki xalqaro tolovlami amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standard eng rivojlangan davrda ham xalqaro hisob-kitoblarda undan tolov balansining passiv qoldiglni tolashda foydalanildi. Oltin standartining bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullami almashtirish toktatilgandan so‘ng xalqaro majburiyatlami oltinga to lash zaruriyati yo'qoldi.
Biroq, takidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga nisbatan ishonchning yo'qolishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarda oltindan foydalanish hollari amaliyotdan malum.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob- kitoblaming asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi davrda (1950 - 1958 yillarda) ayrim ko*p tomonlama hisob-kitoblar dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan tolangan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o‘zining tolov balansi barqarorligini ta’minlash maqsadida oltin zaxiralarini dunyoning etakchi valyutalariga sotadi. Bu o‘z- o‘zidan korinib turibdiki, oltin xalqaro hisob-kitoblarda to'glidan to'gli ishtirok etmasdan, oltin bozorlari orqali hisob-kitoblami amalga oshirishga erishmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblaming holati va rivojlanishiga qator omillar ta’sir etadi. Xususan, mamlakatlar ollasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va qoidalari, shuningdek, moliya-kredit tizimining rivojlanganlik darajasi shular jumlasidandir. Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari va valyuta
riski
Mamlakatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlar bo^icha oldi - sotdi operatsiyalarni amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarning quyidagi shakllari qollaniladi: