Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
Oltin quyma va oltin deviz standarti
(1926-1931 у.)
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta - pul tizimini yolga qoyish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O‘sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari oYtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bogliq ravishda qaytadan oYnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt sterling 4,86 dollarga teng bolgan oltin birligiga ayriboshlangan bolsa, urush soligida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlami pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo Isa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O‘z navbatida oltin standard amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bolishi kerak edi. Lekin bu borada mamlakatlaming bir to^tamga kelishi qiyin boldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta tikiash, balki funtning awal amalda bolgan 4,86 dollar darajadagi kursiga qaytarish edi.92
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bolgan Londonning obro‘sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya eng awalo pul taklifini kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4,86 dollarga tenglashgan holda Buyuk Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir koYsatar edi. Kasaba uyushmalari ta’sirining ortishi va davlat tomonidan ishsizlik uchun nafaqalami joriy qilinganligi pul taklifini kamaytirish imkonini bermas edi. Defly atsiyani amalga oshirish (pul taklifini kamaytirish bilan aholi nominal daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim “ijtimoiy kafolat”larni muzlatishi kerak edi. Buning o‘miga Buyuk Britkniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada orttirib bordi, o‘z navbatida inflyatsiya darajasi ham о‘sib bordi.
Yigirmanchi asming 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi koYidalang turgan edi. Shu maqsadda 1922 yili Genuya shahrida boUb o4gan konferensiyada Buyuk Britaniya yangi pul standard bolgan oltindeviz standartini taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standard saqlangan bolib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga otishdi. Unga ko‘ra Britaniya fund va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani ragtiatlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so‘ndirishda oltin bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yol bilan aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning asosini qisman funt bilan ta’minlangan Yevropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu “oltindeviz standard” deb ataldi, dollar va funt esa “tayanch valyutalar” hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin standard infly atsiyani cheklashga xizmat qilmay qoydi. Oltindeviz standard Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa davlatlari funtni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Yevropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi tobora chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollami chiqib ketishini oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga erishgan edi.
Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan chiqishi qochib bolmas haqiqat bolgan. AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterling! yiglldi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yigllgan funt sterling oYniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa banklarini bankrot bolishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb elon qildilar.