TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
SHAHRISABZ FILIALI
19-20-Ma’ruza: Oziq-ovqat lipidlari va ularni tahlil qilish
Reja:
1.
Moyli urug’lar va moy kuli tarkibini o’rganish
2.
Moylar taxlilida kolorimetriyaning qo’llanilishi
3.
Qog’ozli xromatografiya
4.
Moylarning glitserid tarkibi
O’simlik moylarida mikroelementlar bo’lib, ular gliseridlar va vitaminlarning
oksidlanishini katalizlab, moy sifatiga ta’sir qiladilar. Moy sifatiga sezilarli ta’sir
qiluvchi
mikroelementlar bu temir, mis va allyuminiydir. Turli moylarda
alyuminiy va temirning miqdori 1*10
-3
dan 1*10
-5
% gacha uchrasa,
misning
miqdori 1* 10"
4
- 1*10
-6
%
. Shuning uchun mikroelementlarni to’g’ridan to’g’ri
aniqlash juda qiyin. Mikroelementlarni aniqlash uchun ularning namunadagi
miqdorini oshirish maqsadida moy yoki urug’ kulga aylantirilib taxlil qilinadi.
Moyli urug’lar va moy kuli tarkibini taxlil qilish turli fizik-kimyoviy
usullarda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan lipidlar va moyli urug’lar
tadqiqotida alangali fotometriya va emission spektroskopiya
usullari ular
tarkibidagi mikroelementlar miqdorini aniqlashda qo’llanilib, taxlil uchun kul
tayyorlash usuli ham mavjud. Kul tayyorlash uchun maxsus pireks shishasidan
tayyorlangan tigellardan
foydalaniladi chunki, farfor tigellardan kul tarkibiga
ayrim mikroelementlar o’tib qolishi mumkin. Mufel pechkalarida 20 soatgacha
kuydirib xosil qilingan kul va maxsus agatdan
ishlangan xavonchalarda
maydalanadi.
Л
=2500 - 3300 A to’liq uzunligida moy kuli tarkibidagi Zn, Cu, Al, Ba, Ni,
Fe, Si, Mg, P elementlari ko’rinadi. Taxlil usuli kul spektrini xosil qilib, undagi
aniqlanayotgan elementlar chiziqlarini namunaga kiritilgan ichki standart chizig’i
bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Temir, mis va alyuminiyni aniqlaganda
ichki standart sifatida germaniyni ishlatish qulay hisoblanadi. Taxlil natijasija
xosil
qilingan spektrlarda germaniyga A-3039,lA ; alyuminiyga
Л
-3082,7A ; temirga
Л
-3020,6A va misga
Л
-3279,9A analitik chiziqlari olinadi
Qo’yilgan maqsaddan va taxlil qilinayotgan namunalarning xususiyatlaridan
kelib chiqqan xolda moylar va moyli urug’lar tarkibidagi mikroelementlarni
aniqlash uchun emission spektral taxlil usuli eng qulay hisoblanadi.
Bunda
spektrlarni hosil qilishda ishqoriy va ishqoriy-yer elementlarni aniqlash uchun
alangali fotometriya uslubidan yoki og’ir metallarni aniqlash uchun ko’mirli
elektrodlar kamalagidan foydalanilgan.
Spektrofotometrlar fotometrlarga nisbatan ancha sezuvchan bo’lganligi uchun
ko’proq elementlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Taxlil uchun olingan moy yoki
moyli urug’ kulidan tayyorlangan kul 50-100ml eritmaga o’tkaziladi. Agar modda
suvda erimasa u ishqor yoki kislotalar bilan ishlanadi. Ishqoriy elementlar taxlil
qilinsa, eritmani maxsus tayyorlashning xojati bo’lmasa,
ishqoriy yer metallari
aniqlanganda bir qator so’ndirish xususiyatga ega bo’lgan elementlarni
(alyuminatlar, fosfatlar) yo’qotish kerak.