Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


Rafinatsiyada  yog‘ni  yo‘qotilishi  va  chiqindilarni  me’yorlash



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Rafinatsiyada  yog‘ni  yo‘qotilishi  va  chiqindilarni  me’yorlash.    Yog‘-moy 
korxonalaridagi  yo‘qotishlar  va  chiqindilar  me’yorlari  yuqori  tashkilotlar tomonidan 
belgilab  beriladi  va  tasdiqlanadi.  Ular  qurilmalar,  texnologik  sxema  va  ish  rejimiga 
qarab hisobga olinadi.  
Rafinatsiya sexlarida me’yorlanishi lozim bo‘lgan asosiy hom ashyolar moy va 
yog‘lar  hisoblanadi.  Yordamchi  materiallarga  esa  ishqor,  limon  kislotasi,  oqlovchi 
tuproq,sulfat  kislota  va  boshqalar  kiradi.  Hom  ashyo  sarf  normasi  mahsulot  birligi, 
rafinatsiyalangan yog‘ tonnasiga qarab kilogrammlarda belgilanadi.  
Texnologik  yo‘qotishlar  va  chiqindilar  ishlab  chiqarish  jarayonidan  kelib 
chiqadi va bevosita unga bog‘liq bo‘ladi. Tashkil qilishga oid chiqindi va yo‘qotishlar 
texnologik  jarayonlarga  bog‘liq  emas.  Ular  qaytariladigan  chiqindilardan  to‘liq 
foydalanmaslik, hom ashyolarni saqlash va tashishdagi yo‘qotish, tabiiy yo‘qotishlar 
tufayli  yuzaga  keladi.  Hom  ashyo  sarf  me’yoriga  yaroqsiz  mahsulotlar,  shuningdek 
texnologik  rejimdan  chetlashishlar,  me’yordan  ko‘p  bo‘lgan  tabiiy  yo‘qotishlar, 
texnologik  qurilma  nosozligi  tufayli  hosil  bo‘ladigan  yo‘qotish  va  chiqindilar 
kiritilmaydi. 
Rafinatsiya  sexida  hom  ashyoni  ishlab  chiqarish  jarayoniga  ishlatish  uchun 
qaytarilmaydigan  qismi  chiqindi  hisoblanadi.  Yo‘qotishlarga  filtr  matolarda  qolgan 
yo‘qolishi,  qurilmaga  yopishib  qolgan,  yerga  to‘kilgan,  suv  va  oqlovchi  tuproqda 
qolgan, hamda dezodoratsiya va quritishda hosil bo‘lgan pogonlardagi yog‘lar kiradi. 
Rafinatsiyadagi chiqindilar miqdori yog‘ va moyni turi, sifati, qaysi maqsadda 
ishlatishga mo‘ljallanganligi, sifati, rafinatsiyalash usuli va jarayon rejimiga bog‘liq. 
Shuningdek chiqindi va yo‘qotishlar moyni gidratatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga 
ham bog‘liq bo‘ladi.  
Rafinatsiyaning  har  bir  bosqichida  yog‘  chiqindilari  miqdorini  aniqlash. 
Gidratlash.  Hisoblash  gidratlangan  va  rafinatsiyalanmagan  moy  tarkibidagi 
fosfatidlar miqdoriga asoslanib olib boriladi.  
 
 


 
51 
Moydagi  fosfatidlarning  miqdori  F  bilan  gidratlashdagi  chiqindilar 
gidratlanadigan  moy  massasiga  nisbatan  foizlarda  olingan  chiqindi  miqdori  Mg 
orasidagi bog‘liqlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.  
CH
g
 = K
g
 ∙ F. 
  
bu  yerda:  K
g
-moydagi  fosfatidlar  miqdoridan  chiqindi  miqdorini  necha  marta 
kattaligini  ko‘rsatuvchi  koeffitsient  bo‘lib,  qo‘llanilayotgan  fosfatidlarni  ajratish 
sxemasiga bog‘liq. 
 
K
g
  koeffitsienti  fosfatidlar  miqdoriga  qarab  yoki  hisoblash  yo‘li  bilan 
aniqlanishi  mumkin.  Fosfatid  konsentrati  olish  bilan  kungaboqar  va  soya  moylarini 
gidratlashda  belgilangan  chiqindi  miqdori  gidratlanmagan  moy  massasiga  nisbatan 
foiz  hisobida  quyidagicha  bo‘ladi.  Separatorlarni  qo‘llash  bilan  gidratlash  sxemasi 
uchun  1,7  F;  tindirgichni  qo‘llash  bilan  gidratlash  sxemasi  uchun  2  F  ga  teng.  Bu 
yerda 1,7 va 2 sxemaga mos keluvchi K
g
 koeffitsientlari. 
 
Neytrallash.  Soapstokdagi  yog‘  chiqindilarining  rafinatsiyalanmagan  moyga 
nisbatan foizdagi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.  
CH
yo
 = K ∙ X 
 
bu  yerda:  K-neytralash  koeffitsienti;  X-neytrallashga  kelayotgan  yog‘ning 
kislotaligi, %;  
 
Yuvish.  Yuvindi  suvdagi  chiqindilar  yig‘ilgan  yog‘  deb  nomlanuvchi  yog‘ 
tutkichda  ushlab  qolingan  yog‘dan  iborat.  Bunday  yog‘lar  tarkibida  emulsiyalovchi 
moddalar va boshqa aralashmalar bo‘ladi. Ularni rafinatsiyalangan moyga qo‘shilsa, 
texnologik  jarayonni  buzilishiga  va  chiqindining  ko‘payishiga  olib  keladi.  Shuning 
uchun  bunday  yog‘lar  yig‘iladi  va  alohida  rafinatsiyalanadi;  agar  ular  ko‘p  bo‘lsa, 
ular uchun alohida chiqindi va yo‘qotishlar me’yori belgilanadi. 
 
Oqlash. Chiqindilar ishlayotgan oqlovchi tuproqni moy sig‘imiga, miqdori va 
turiga, hamda moyni filtrlash sharoitiga bog‘liq. Chiqindilar (% da) quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlanadi.  
CH
0
 = MA/100 
 
bu  yerda  A-oqlovchi  tuproq  miqdori,  oqlanadigan  moy-massasiga  nisbatan  % 
da.  M-tuproqni  moy  sig‘imi  (ishlatiladigan  tuproqlar  o‘rtacha  moy  sig‘imi  40%  ni 
tashkil etadi). 
 
CHo‘kmani  mexanik  usulda  ajratib  olish  bilan  ishlatiladigan  filtrlarda 
cho‘kmani  yog‘sizlanishi kuzatilgani  uchun  chiqindi  miqdori oqlashdagiga nisbatan 
ikki barobar kam bo‘ladi  
CH

= MA/(2·100) 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish