16 – rasm. Davriy dezodorator
A1-MND liniyasida uzluksiz dezodoratsiyalashni texnologik sxemasi (17-
rasm). Sig‘im(1)dan yog‘ (2) nasos bilan (4) deaeratorga beriladi, u yerda
deaeratsiyalanadi va dezodoratordan chiqayotgan issiq moy bilan isitiladi. Keyin esa
yog‘ (2) nasos bilan (7) issiqlik almashgich apparatiga uzatiladi, u yerda
hidsizlantirish haroratigacha (180-200
0
C) isitiladi va (9) filtr orqali (11)
dezodoratorga tushadi.
Dezodoratorga (10) o‘lchagich orqali limon kislotasi eritmasi beriladi.
Hidsizlangan yog‘ (2) nasos bilan (4) deaerator orqali sovutish uchun sovitgich (8)ga
yuboriladi. Sovigan yog‘ sig‘imga (5) keladi va iste’mol uchun chiqariladi.
Bug‘-gaz aralashmasini dezodoratordan (12) tomchitutgich orqali 5 bosqich-li
bug‘ejektori (6) vakuum-nasos bilan tortib olinadi, suv kondensatordan (3) quduqqa
tushadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati 3,3 t/soat.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |