43
intensiv aralashtirishni ta’minlaydi, o‘ta qizib ketishni kamaytiradi. Mayda pufakcha
ko‘rinishida haydalgan bug‘ yog‘ bilan bug‘ yog‘li ko‘pik holidagi aralashma hosil
qiladi. Shu sababli hidli moddalar yog‘ tomchisidan uning yuzasiga diffuziyalanadi
va suv bilan aralashadi. Natijada dezodoratsiya jarayoni tezlashadi va osonlashadi.
Ko‘pgina dezodoratorlarda hidli moddalarni yo‘qotish jarayoni plyonkali qatlamda
olib boriladi. Dezodoratsiyada bosimni kamayishi bilan hid beruvchi moddalarning
qaynash harorati va ochiq bug‘ sarfi kamayadi. Chuqur vakuum otilib chiqayotgan
bug‘ pufakchalarini maydalanish imkonini beradi; bunda pufakcha ishchi yuzasining
oshishi bilan uning hajmi kengayadi. Natijada bug‘lanish koeffitsienti oshadi.
Vakuum dezodoratsiyalash davomiyligiga, yog‘ sifatiga va bug‘ sarfiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Tayyor mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan boshqa omillardan biri
dezodoratsiya jarayonining borish sharoiti va qurilmani konstruksiyasi hisoblanadi.
Har bir moy va yog‘ turi uchun alohida optimal dezodoratsiyalash harorati mavjud.
Bu narsa hid beruvchi moddalar tarkibiga bog‘liq. Tarkibida past molekulyar massali
hid beruvchi moddalar bo‘lgan kokos, palma yadro va shunga o‘xshash moylarni
haydash harorati kungaboqar moyi, salomas va boshqa yog‘larnikiga nisbatan past
bo‘ladi.
Dezodoratorlar albatta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak, chunki hid beruvchi
moddalar bug‘lari kondensatsiyalanmasligi va dezodoratsiyalangan
moyga
qaytmasligi kerak. Yog‘larni oksidlanishini kamaytirish uchun dastlab yuqori
bo‘lmagan haroratda deaeratsiya qilinadi.
Dezodoratsiyalangan yog‘ni barqarorligini oshirish uchun unga anti-
oksidantlar yoki sinergistlar, asosan limon kislotasi qo‘shiladi. Ular metallarni
aktivligini kamaytiradi va katalizator kabi oksidlashini oldini oladi.
Ba’zi xollarda hid va ta’mni yog‘da qaytadan paydo bo‘lishi kuzatiladi. Agar
dezodoratsiya jarayoni texnologik rejimga to‘la rioya qilgan holda olib borilsa, hid va
ta’mni qaytadan paydo bo‘lishi yuz bermaydi. Barcha sharoitlar to‘g‘ri olib
borilganda dezodoratsiyalangan yog‘ benuqson organoleptik ko‘rsatkichlarga ega
bo‘ladi.
Yog‘lardagi individual uchuvchan moddalarning va erkin yog‘ kislotalarining
miqdori aniq bo‘lmaganligi uchun hisoblashda, suyuqlik fazasi (yog‘) ikkita
komponentdan tashkil topgan deb qabul qilinadi, ya’ni uchglitserid va erkin stearin
kislotasi. Shuning uchun stearin kislotaning kamayishi bo‘yicha dezodoratsiya
jarayoni nazorat qilinadi. Tajribaga qaraganda dezodoratsiya qilingan yog‘da stearin
kislotasini miqdori 0,02 % -gacha bo‘lsa, u holda yog‘ hidsizlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: