Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Sovunni  yuvish  qobiliyati.  Moddalarning  yuvish  qobiliyatini  bilish  uchun  avvalo 
xo‘llanish  nimaligini  aniqlashimiz  kerak.    Yaxshi  xo‘llanishda  suyuqlik  qattiq 
jismning ustida tekis yoyiladi va uning yoriqlariga singadi. Yomon ho‘llanish simob 
donachalarini  oyna  ustidagi  harakati  shaklida  ko‘rinadi.  Simob  oyna  yuzasida  xech 
kanday  iz  qoldirmaydi.  Shuningdek  oleofil  (moyga  moyil)  yuzani  suv  yaxshi 
ho‘llamaydi. Bu sirt taranglik bilan tushuntiriladi. Ho‘llanishni yaxshilash uchun sirt 
taranglikni  kamaytirish  kerak.  Ma’lumki  suvga,  ayniksa  simobga  qaraganda  spirt  va 
kerosin  yuzani  yaxshi  ho‘llaydi.  Savol  tug‘iladi:  Sirt  tarangligi  yuqori,  demak, 
ho‘llash  qobiliyati  past  bo‘lgan  suvda  yuvish  qobiliyati  kanday  amalga  oshirish 
mumkin?  Sirt  taranglikni  kamaytirish  mumkinmi?  Mumkin:  harorat  20  dan  80 
0

ortganda  sirt  taranglik  73  dan  62  erg/sm

gacha  kamayadi.  Bu  xech  qancha  emas. 
Agar olein kislotasini natriyli sovunidan   0,1 % qo‘shilsa, suvni sirt tarangligini 26,5 
erg/sm
2
 gacha pasayadi. Shuning uchun sovunli eritma oleofil yuzada yaxshi yoyiladi 
va matoga yaxshi singadi.  
Suvni  sirt  tarangligini  kamaytiradigan  moddalar  sirt  faol  moddalar  deb 
aytiladi, yoki ikki jismning fazalararo tutashgan yuzasida to‘planish xususiyatiga ega 
bo‘lgan  vositachilar  sirt  faol  moddalar  deyiladi.  Sovunning  suvdagi  eritmasi  ham 
SFM  dir.  Mato  yuzasidan  kir  (qurum,  moy)  ni  ketkazishni  quyidagicha    tushinish 
mumkin. 
Sovunni  suvda  eritilgan  eritmasida  karboksil  guruh  (qalpoqcha)  qoladi, 
uglevodorod  guruhi  (tayoqcha)  esa  eritma  yuzasiga  siqib  chiqariladi.Agar  sovunni 
eritmasiga yog‘ tomchisi yoki boshqa qutbsiz modda tushib kolsa, unda molekulaning 
tayoqchasi  yog‘ga  sanchilib  kiradi.  Shunday  qilib,  sovun  suvda  erimaydigan  yog‘ 
moddalarini  eritma  bilan  bog‘laydi,  ya’ni  yog‘  tomchisi  atirofida,  suv  va  yog‘ni 
o‘zaro  tutashtirib,  yuzalarida  monomolekulyar  qavat  hosil  qiladi.  Eritmada  sovun 
molekulalari  ko‘p  bo‘lganligi  uchun,  ular  yog‘  tomchisi  atrofida  elastik  parda  hosil 
qiladi.  Mato  yuzasidan  yuvib  tashlanadigan  qattiq  moddalar  (kukun)  bilan  ham 
shunday  hodisa  sodir  bo‘ladi.  Sovunning  eritmasi  yuqori  xo‘llash  qobiliyatiga  ega, 
shuning  uchun  sovun  eritmaga  solingan  mato  yuzasiga  yaxshi  yoyiladi.  Bunda 
sovunning  molekulalari  o‘zlarining  tayoqcha  qismi  bilan  materialga  joylashishadi. 
Shuningdek sovun kir sirtiga yopishadi. 
Sovun 
molekulasining 
qutbli 
qismi 
suvli 
eritmada 
quyidagicha 
dissotsiatsiyalanadi: 
                                       RCOONa        RCOO
-
 + Na
+
 
Buning  natijasida  elektr  maydoni  hosil  bo‘ladi.  Xo‘llangan  material  va  kir  sirtining 
elektr zaryadi, bir xil va bir biridan itariladi. Shu tufayli kir, chirk materialdan ajraydi 


 
144 
va  eritmaga  o‘tadi  (47-rasm).  Xuddi  shu  zaryad  kirning  mato  yuzasiga  qayta 
cho‘kishiga va bir biri bilan birlashishiga to‘sqinlik qiladi. 
                         
 
 
 
 
 
47 – rasm. Yuvish jarayonini sxemasi: a-birinchi bosqich (mato va kirni 
ho‘llanishi), b-ikkinchi bosqich (kirni matodan uzilishi), v-uchinchi bosqich (kirni 
yuvuvchi eritmada turishi) 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
145 
Takrorlash uchun savollar. 
1.  Sovun o‘zi nima? Sovun ishlab chiqarishni axamiyati 
2.  Sovunlarning fizik kimyoviy xususiyatlari. 
3.  Sovun polimorfmizmi 
4.  Sovunli eritmaning fizik kimyoviy xossalari. 
5.  Mitsella hosil qilishni kritik konsentratsiyasi. 
6. Sovunlarni eruvchanligi. 
7. Sovunni elektr o‘tkazuvchanlik xossasi 
8. Sovunni gidrolizi 
9. Sovunlarning erituvchanlik qobiliyati (solyubilizatsiya) 
10. Sovunli eritmaning sirt aktivligi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar. 
 
1.  Sovun 
2.  Eruvchanlik 
3.  Elektr o‘tkazuvchanlik 
4.  Zichlik 
5.  Erish harorati 
6.  Gidroskopiklik 
7.  Sovun gidrolizi 
8.  Yopishqoqlik 
9.  Sovun polimorfizmi 
10. Sovun eritmasi tabiati 
11. Anion 
12. Kation 
13. Mitsella hosil qilish 
14. Solyubilizatsiya 
15. Sirt aktivlik 
16. Ko‘piklanish xususiyati 
17.  Maydalash-peptizatsiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
146 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish