Palataga kiraverishda 2,8 m balandlikka bakteritsid lampa o‘rnatiladi, palatada (har bir kravat boshiga) maxsus kislorod berish moslamasi o‘matiladi.
1 yoshdan oshgan bolalar bo‘limi 30 o‘rindan iborat bo'ladi. 1 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun har bir palatada ikkitadan, bir yoshdan katta bolalar uchun 4 tagacha kravat o‘matiladi.
Bolalar bo'limida yuqumsiz har bir kravatga 6 m2, yuqumli kasalning har bir kravatiga 6,5 m2, xona balandligi 3,3 m, kravatlar orasidagi о’rnini almashtirsa bo‘ladigan to‘siqlar (oynali, balandligi 1,8-2 m) bo‘lishi kerak.
Kichik va katta yoshdagi bolalar uchun bo‘limda o‘yin xonasi (1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun xona sathi 25 m2 boiishi kerak) yoki kunduzgi hordiq chiqarish xonasi bo‘ladi (7 va undan katta yoshdagi bolalar uchun 25 m2).
3 yoshdan katta bolalar uchun oshxona tashkil qilinadi, bundan tashqari, qish kunlari isitiladigan ayvon hamda kvars lampalari bilan nurlantirish va fizioterapevtik apparatlami saqlash uchun xonalar bo'lishi kerak.
Har bir bemorga havo hajmi 20-25 m3 (bir soatda havo ikki marta yangilanadigan) bo‘lishi maqsadga muvofiq. Havoning tozaligi muntazam nazorat qilib turiladi. Palatalar havosida uglerod (IV-oksid miqdori ko‘pi bilan 0,07-0,1% bo‘lishi, 1 m3 havoda ko‘pi bilan 3000-4000 mikrob, 15-20 ta gemolitik va ko‘karadigan streptokokklar bo'lishi, havoning oksidlanishi 1 m 3 5-6 mg/02 dan ortiq bo‘lmasligi havo sofligining sanitariya ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Qishda va fasl almashinuvi vaqtida ko‘pchilik bemorlar uchun eng ma qul harorat 19-22°C atrofida bo‘ladi, yozda 24°C gacha bo‘lishi mumkin. Bemorlar yalang‘och holatda bo‘ladigan xonalarda (jarrohlik xonasida, tug‘ruqxonada, vannaxonada) havo harorati 24-25°C, yara bog‘lash xonasida esa 22 С dan past bo‘lmasligi kerak. Intensiv terapiya palatalari, yurak-tomir kasalliklari bor palatalarga konditsioner qo‘yish kerak. Deraza oynasi sathining polga nisbati 1:5-1:7 bo‘lishi, TYoK - l%dan kam bo‘lmasligi kerak, bunga palatalar shamol oqimiga nisbatan joylashganda hamda iqlimiy tumanlarda janubga qaraganda erishiladi.
Palatalardagi cho‘g‘lanma lampalar kamida o‘ttiz lk va lyuminestsent (oq rangli) lampalar 100 lk yorug‘lik beradigan bo‘lishi lozim. Yorug‘likni qaytaradigan va yarim qaytaradigan yoritgichlar ham qo‘llaniladi. Yaxshisi har bir kravatning bosh tomoniga poldan 1,6-1,8 m balandlikda devorga yoritgichlar o‘matgan ma’qul. Yoritgichlar yuqori va pastki stahga yorug lik berishi kerak. Yorug‘likning pastga qaragan oqimi o‘qish va oddiy tibbiy muolajalar uchun zarur yorug‘lik (150-300 lk) berishi lozim.
Palataning eni (tashqi devor bilan ichki devor oralig‘i) 6 m dan oshmasligi, kengligi 2,4 m dam kam bo‘lmasligi kerak.
Bo‘limda palatadan tashqari bufet, oshxona, romli ayvon (bo'limdagi 50% bola hisobiga har bir bolaga, 2,5 m2 sath) muolaja xonasi, shifokor xonasi - kravatli xonalar (12 m2), sanitariya xonasi va hokazo bo‘lishi kerak. Bo‘limda bir nechta boks va yarim bokslar bo‘ladi.
Bemorlarning oshxonada ovqatlanishi ahvolining yaxshilanayotganini, ya’ni uning sog‘ayayotganini ko‘rsatadi. Oshxonada o‘tiradiganjoylar soni tug ruqdan keyin, teri-tanosil, sil, ruhiy kasalliklar bo‘limlaridagi kravatlar sonining 80% ini tashkil qilishi, qolganlarida esa bu ko‘rsatkich 60% dan kam bo’lmasligi kerak.
Jarrohlik bo‘limi o'ziga xos loyihalashtirishni talab qiladi. Jarrohlik bo‘limi ikki xilda tashkil qilinadi. Har bir jarrohlik bo‘limida operatsion blok yoki hamma jarrohlik bo‘limlari uchun markazlashgan operatsiya bo‘limi, amaliyot bo‘limi bo‘lishi kerak.
Shunda bemorlar ham, shifokorlar ham qiynalmaydi.
Jarrohlik xonasida bitta operatsiya stoli (boiimdagi 30 kravatga (1 ta stol), 36 m 2 dan kam bo‘lmagan, balandligi 3,5 m, jarrohlik xonasiga kirish oldida (dahliz) sathi 10-20 m2dan kam bo‘lmagan xona bo’lishi kerak.
Jarrohlik bo’limiga bir qancha qo‘shimcha xonalar, jumladan, zarur asboblami sterilizatsiya qilish, narkoz berish uchun - 15 m2, shifokor-jarroh uchun hamda tez tahlil qilish uchun laboratoriya (12 m2), gipslash va gips saqlanadigan xona, rentgenxona, omborxona, tibbiy xodimlaming kiyimlari saqlanadigan xona, katta jarrohlik hamshirasi, navbatchi xodim xonalari, jarrohlikdan keyingi palatalar, hojatxona, dushxona va boshqalar bo ‘ lishi kerak.
Yuqumli kasalligi bor bemorlar to‘ppa-to‘g‘ri qabul-ko‘ruv boksiga (sathi 16 m2) keltiriladi. 30-60 tagacha kravat - 2 boks bo‘limiga, 50-100 ta kravat - 3 boks bo‘limiga hamda 100 kravat - (3%) umumiy kravat hisobiga joylashtiriladi.
Bemorlar kasalining turiga qarab ajratib (bir xil kasali borlami bir guruhga) qo‘yiladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limining ikkita eshigi bo’lishi kerak. Bin kasallar uchun, ikkinchisi xodimlar va toza kiyimlami qabul qilish uchun. Kichik yuqumli kasalliklar bo’limini shunday loyihalash kerakki, unda kasallikning turiga qarab bir qancha boMimlar bo’lsin. Palatalar uncha katta bo’lmasligi (bitta yoki ikkita kravat), har bir palatada chig'anoq bo’lishi lozim.
Havo-tomchi kasalliklari bor bemorlar boks palatalarda davolanishi lozim.
Bunday boks palatalarda bir xil kasali bor bemorlar (bo‘g‘ma, qizilcha, qizamiq va hokazo) joylashtiriladi, u yerdan chiqish joyida maxsus to‘siqlar (shlyuz) o'matiladi.
Aniqlanmagan yuqiunli kasali bor shaxslar bitta kravatli palataga yotqiziladi (bitta kravatli palataning sathi 8-10 m2, chig'anog’i bo’lsa 12 m2 bo’lishi kerak), palatadan chiqish joyiga to‘siqlar qo‘yiladi. Bunday palatalar boks yoki yarimboks tipida bo’ladi, yarimboksdan boksning farqi shundaki, boksda (27- rasm) uning alohida chiqish eshigi va peshayvoni bo’ladi.
Bu bo’limda boks bo’lishining afzalligi shundaki, bemorlami bir-biridan ajratib qo‘yish oson bo’ladi (yuqumli kasallar bo’limi 15 ta kravatga mo’ljallangan bo’lsa, hammasi bir kravatli bokslardan, 30 ta kravat bo’lsa, yarmi 1 kravatli va ikkinchi yarmi 2 kravatli bokslardan qurilgani ma’qul). Palatalardan va bokslardan tashqari har bir bo‘limda bufet, xodimlar uchun sanitariya ko‘ruv xonasi, kasallar uchun alohida, xodimlar uchun alohida hojatxona, shifokor xonasi (10 m2), xo‘jalik hamshirasi xonasi hamda sanitariya xonasi bo'lishi kerak.
Tug‘ruqxona loyihasi murakkab boiadi, chunki u yerda fiziologiya bo'limi observatsiya bo‘limidan ajratiladi, tug‘uvchi ayollaming yo‘nalish harakati, tuqqandan keyingi davri, xodimlar hamda tug‘ruqxonaga qatnovchilaming keldikettisi tug‘ruqxonani alohida o‘ziga xos bunoga joylashtirilishini taqozo qiladi.
Tug‘ruqxonaning fiziologiya bo‘limida tug‘ruqdan oldin 2-3 ta kravatli palata, tug‘ruq xonasi (15-18 m2), operatsiya xonasi (20-30 m2), operatsiya xonasidan oldingi xona, sterilizatsiya xonasi va yuvish xonasi bo‘lishi kerak.
4-rasm. To'liq boks.
A-tamburko 'chaga chiqadigan eshigi bilan, B-sanitariya uzeli, V-palata, G-koridorga kirish shlyuzi. 1-kravat, 2-kravat oldiga qo ‘yiladigan stolcha, 3-kursi, 4-shifokor xalati uchun ilgak, 5-tortma ventilyatsion kanal, 6-ovqatni boksga o ’tkazish uchun shkaf, 7-supurishsidirish ashyolari uchun shkaf, 8-chig'anoq, 9-vanna, 10-unitaz.
Keyingi bo‘limda - tuqqan xotinlar palatasi, yangi tug'ilgan chaqaloqlar palatasi va qo‘shimcha xonalar bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolalar xonasida (bu yerga joylashtirilgan kravatlaming soni tug‘ilgandan keyingi kravatlarga nisbatan 110% ni tashkil qilishi kerak.
Eklampsiya kasali bor ayollaming har biriga - 15 m2, yangi tug‘ilgan bitta bola uchun palatada - 9 m2, ikkita bola uchun -10 m2 joy ajratiladi. Palatada ko‘pi bilan 2-4 ta kravat bo‘lgani ma’qul.
Kasalxonaning ginekologiya bo‘limida bemorlar jarrohlik hamda konservativ yo‘l bilan davolanadilar. Bo‘limda bitta 18 m2 muolaja qabulxonasi, operatsiya va operatsiya xonasidan oldingi xona bo‘lishi lozim.
Navbatchi hamshiraning xizmat o‘rni. Muolajalar xonasi va shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar bir o‘rinli palatalarga yaqin joylashtiriladi. Hamshiraning xizmat o‘midan yo‘lak, palatalar va yordamchi xonalar eshiklari ko‘rinib turishi uchun orasidagi masofa 15 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Unda zarur jihozlar: stol, shkaf, sterilizator, termometr, bir martalik shpritslar, muzlatgich, chig‘anoq, telefon, palatada turib tibbiyot xodimini chaqirish moslamalaridan iborat signalizatsiyali blok bo‘lishi kerak. Anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi bemoming funksional holatini masofadan turib kuzatish uchun apparatlar (kardiomonitor, kardiokompleks va hokazo) bilan jihozlanadi. Navbatchi hamshira xizmat o‘miga ko'chma "Ritm va trevoga signalizatori" o'matiladi.
Ambulatoriya tipidagi muassasalar. Poliklinikalar va ambulatoriya tipidagi boshqa muassasalar asosan kutish xonalaridan, shifokorlik va davolash tashxis xonalaridan tashkil topgan. Poliklinikaning asosiy eshigidan keyin bevosita ro'yxat qiluvchi (registratura) va kiyim yechiladigan xona bilan bog‘langan dahlizga kiriladi. Kutish uchun 2-3 metrgacha kengaytirilgan dahlizdan foydalanish mumkin. U yaxshi shamollatilishi va yoritilishi lozim. Poliklinikalar ishi to‘g‘ri uyushtirilsa, ko‘p bemorlar to‘planishining oldi olinadi, bir-biridan yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mikroblar o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar bo‘limi kattalar bo‘limidan butunlay alohida bo‘ladi. Bolalar bo'limiga filtr orqali kirish mumkin, bu yerda tibbiy hamshira bola to‘g‘risida ota-onalardan so‘rab-surishtiradi, bemor bola kelgan zahoti ko‘rib, haroratini o‘lchaydi. Isitmalayotgan, yuqori nafas yo'llari yalligMangan, terisiga toshma toshgan yoki boshqa yuqumli kasallik alomatlari bo'lgan bolalar (alohida eshikli) ko‘rish boksiga yotqiziladi. Bolalar bo‘limlarida hojatxonadan tashqari go‘dak bolalar uchun tuvaklar turadigan xona, unitaz, yuvish va dezinfeksiya qilish uchun maxsus jihozlar bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |