Мавзу: KORXONANING TUZILISHI
(TIBBIYOT – PROFILAKTIKA KORXONALARI MISOLIDA)
Davolash va profilaktika muassasalari uchun mo‘ljallangan qurilishlar xususiy yoki davlatga qarashli bo'lishidan qat’iy nazar gigiyena talablariga to‘la javob berishi kerak. Chunki:
- bu yerda bemorlaming davolanishi uchun qulay sharoit bo‘lishi;
- davolash va kasalliklaming oldini olish tadbirlarini qo'Ilashga imkon yaratish;
- kasalxonada davolanuvchi bemorlar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- bemorlarni davolash va parvarish qilishda tibbiy xodimtar ilcliun qulayliklar bo‘lishi;
- bemorlaming tez vaqt ichida tuzalib ketishiga, isb1 qbbiliyatini qisqa muddatda tiklashga sharoit yaratilishi;
- tibbiy xodimlar bemorlami davolash va parvarish qilish uchun zarur asboblar bilan ta’minlanishi kerak.
Umumiy kasalxonalar davolash (terapevtik, jarrohlik, akusher-ginekologiya, bolalar va hokazo) bo‘limlaridan tashqari, tashxis (rentgen, laboratoriya va boshqalar), patologo-anatomik, xo‘jalik bo‘limlaridan hamda dorixonadan iborat bo‘ladi.
Davolash va profilaktika muassasalari amaldagi loyihalash me’yorlari va qoidalari asosida quriladi. Ixtisoslashgan kasalxonalar (sil, ruhiy, yuqumli kasalliklar va hokazo) asosan shahardan chetda, shovqin, chang kam, havosi toza, maysazor yerlarga quriladi. Umumiy kasalxonalar poliklinika bilan aholi yashaydigan mavzelar orasida bo‘lgani ma’qul, chunki qabul qilingan tavsiyanomalar bo‘yicha turar joylar bilan shu dahani qabul qiluvchi poliklinika orasi - 1,5 km dan uzoq bo‘lmasligi kerak.
Tug‘ruqxonalarga maslahatxonasi bilan, dispanserlarga, stomatologik poliklinikalarga, tez yordam stansiyalariga ham xuddi shunday talablar qo‘yiladi. Shikastlanishda yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan kasalxonalar sanoat korxonalari yaqiniga, yuqumli kasaliklar uchun quriladigan kasalxonalar esa poliklinika bilan bog‘liq bo‘lmaganligi sababli aholi yashaydigan joylardan uzoqroqda bo'lgani ma’qul.
Kasalxonaga ajratiladigan maydon sanitariya talablarigato‘lajavobberishi kerak, bunga:
- sanitariya korxonalaridan, temir yo‘llardan, shahaming asosiy shoh ko‘chalaridan, bozor, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, chiqindilami zararsizlantirish muassasalaridan, shovqin va chang hosil boiadigan joylardan yiroqda bo‘lishi kerak;
- ajratilgan maydonda kasalxona binosi kungay qilib qurilishi, ayni paytda kun issig‘ida juda isib ketmaydigan bo‘lishi lozim:
- janubiy tumanlarda kasalxonalar maysazorlar, daraxtzorlar yoniga joylashgani ma’qul;
- suv manbalariga (daryo, dengiz, ariq) yaqin, noqulay mikroiqlim sharoitlarida qurilmasligi;
- ichimlik suv, elektroenergiya, gaz bo‘lishi hamda chiqindilami olib chiqib ketish qulay bo‘lishini hisobga olish kerak.
Sanoat korxonalari bilan aholi yashaydigan joy orasidagi muhofaza oralig‘i sanoat korxonalarining atmosferaga chiqaradigan zaharli birikmalariga qarab CH 245 - 71 bo‘yicha 50 metrdan 1000 metrgacha bo‘lishi kerak.
Davolash binosi bilan patologo-anatomik bino hamda oshxonadan patologo anatomik binogacha bo‘lgan oraliq 25 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kasalxona maydoniga kamida ikki yo‘l bilan kirilishi kerak (davolash va xo‘jalik hovlisiga). Qurilish zichligi 12-15% daraxtzor va ko‘kalamzorlar umumiy maydonining kamida 60% i hisobida boMishi shart. Perimetri bo‘yicha yashil maysazor 15 metr kenglikda boMgani yaxshi (24-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |